C.A.T. Science Acceletator стартаплари

Ўзбекистонда илмий акселератор ишга туширилиши. Лойиҳаларнинг тавсифи, таъсисчининг алоқалари

Каталогга ўтинг

Akseleratorimiz haqida

 

C.A.T. Science Accelerator for Central Asia  — “ilmiy” loyihalar va ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish uchun O‘zbekiston va Markaziy Osiyodagi birinchi akselerator.

Akseleratorga birinchi qabul 2019-yilda o‘tkazildi. Akseleratorning 3 ta startap-loyihasi O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkazilgan tanlov doirasida umumiy qiymati $200 000 miqdorida investitsiyaga ega bo‘ldi.

________________________________

Biz akseleratorning 2-qabulini e’lon qilyapmiz. Unga nafaqat O‘zbekistondan, balki boshqa Markaziy Osiyo mamlakatlaridan loyihalarni taklif qilamiz. Agar siz Qozog‘istonda, Qirg‘izistonda yoki Tojikistonda ishlasangiz va o‘z ilmiy startapingiz bilan O‘zbekiston bozoriga chiqishni istasangiz, akseleratorimizda qatnashish, bu aloqalarni yo‘lga qo‘yish va bozorni o‘rganish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Siz akseleratorda onlayn tarzda ham qatnashishingiz mumkin, biz akseleratsiya onlayn-platformasi orqali ham ishlaymiz (ammo saralash bosqichiga (fevralda) va akselerator demo-kuniga (iyun – 2020) Toshkentga kelish zarur bo‘ladi, safaringiz tashkilotchilar tomonidan moliyalashtirilmaydi).

________________________________

C.A.T. Science Accelerator for Central Asia ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish va olimlarning biznes bilan aloqasini yo‘lga qo‘yishga yordam beradi. Akseleratorda qatnashish bepul! Akseleratorimiz sizga nimalar bilan yordam beradi:

  • 1. Loyihangiz g‘oyasini tuzilmalash/uning konstruktiv tanqidi
  • 2. Ilg‘or Texnologiyalar Markazining laboratoriyalari va reaktivlari (ilmiy tajribalarni o‘tkazish uchun maydon)
  • 3. Ekspertlar va mentorlar (ilm-fan, biznes sohasida, loyihalarni ishga tushirish, soliqqa tortish, moliya sohasida). Mahalliy va AQSh, Buyuk Britaniya, Finlyandiyadan tashrif buyuradigan xalqaro mentorlar, Markaziy Osiyo mentorlik platformasidan foydalanish
  • 4. MVP (loyihangizning minimal ishchi versiyasi)ni ishga tushirishda yordam berish
  • 5. O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligidan investitsiyalar olish imkoniyati (Innovatsion rivojlanish vazirligining grantlar fondi doirasida akselerator finalchilari biznes-reja tayyorlaydilar va startaplar tanloviga ariza beradilar)
  • 6. Ta’lim dasturi (Accelerate Platform akseleratsiya onlayn-platformasi orqali). Akseleratorda 5 oyga mo‘ljallangan yaxlit dastur mavjud.
  • 7. Konsalting ko‘magi
  • 8. Sohalaringizda faoliyat ko‘rsatuvchi korporatsiyalar va kompaniyalar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish
  • 9. Loyihangiz PR
  • 10. C.A.T. Science accelerator akseleratori GIST Network xalqaro tarmog‘iga kiradi, shu bois GIST ekspertlari loyihalarimiz uchun ham sessiya o‘tkazadi.

 

Agar sizda ilmiy g‘oya bo‘lsa yoki siz ilmiy startapni rivojlantirishda qatnashishni istasangiz – bizga keling. Biz bitta olimlar, marketologlar, huquqshunoslar, iqtisodchilar jamoasiga birlashamiz va birgalikda loyihalarimiz ustida ishlaymiz!

Akseleratsiya dasturiga arizalarni qabul qilish 2020-yilning 17-yanvaridan boshlangan bo‘lib, 2020-yilning 20-fevraligacha (ushbu sanani ham o‘z ichiga olgan holda) davom etadi.

Biz 21-fevralgacha finalchilarni tanlab olamiz va akseleratorning ekspert kengashi oldida loyihalar taqdimotini o‘tkazamiz. Dasturning o‘zi 2020-yilning 27-fevralida boshlanadi.

 

 

Ariza berish

 

 

Loyiha tashkilotchisi: Ilg‘or Texnologiyalar Markazi StartupFactory.uz va Green Business Innovation kompaniyalari bilan hamkorlikda, va O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion Rivojlanish vazirligining ko‘magida.

 

 

 

 

 

 

 

  C.A.T. Science Accelerator for Central Asia  — “ilmiy” loyihalar...

BIZ USHBU SOHALARDAGI MUAMMOLARNI HAL ETADIGAN G‘OYALAR / LOYIHALARNI IZLAYAPMIZ

YASHIL TEXNOLOGIYALAR

Atrof-muhitni, resurslarni diagnostika qilish vositalari

Energiyani tejash

Havoni baholash, monitoring qilish va tozalash vositalari

Karbonat angidrid gazini qayta ishlash texnologiyalari

Suvni tozalash va qayta ishlash
DIAGNOSTIKA VA BIOTIBBIYOT
Kasalliklarni diagnostika qilish va hayotiy ko‘rsatkichlarni monitoring qilish vositalari
YANGI MATERIALLAR
Biologik parchalanadigan materiallar
MUQOBIL ENERGIYA MANBALARI
Energiya samarali quyosh va shamol panellari
Energiyani saqlash tizimlari
Bioyonilg‘i texnologiyalari
IT+Science Startups

Ilmiy muammolarni hal etish uchun sun’iy intellekt

Sog‘liqni yaxshilash va ta’lim ko‘nikmalari uchun raqamli texnologiyalar
Food technologies

Ozuqadan nooqilona foydalanishning oldini olish texnologiyalari

Muqobil ozuqa manbalari
Diqqat! Barcha loyihalar ilmiy + biznes komponentiga ega bo'lishi kerak!

STARTAPLAR NIMALARGA EGA BO‘LADI

idea1 idea2 idea3

Ilg‘or Texnologiyalar Markazining noyob ilmiy quvvatlari

 

4 ta yo‘nalish bo‘yicha laboratoriyalar:
Biologiya / Fizika / Kimyo / Geologiya

 

Markaziy Osiyo Mentorlik Platformasidan foydalanish
(AQSh, Buyuk Britaniya, Markaziy Osiyodan tashrif buyuradigan mentorlar)

 

idea4 idea5 idea6

GIST Network xalqaro
trenerlarining sessiyalari 

 

Akseleratsiyaning yaxshi o‘ylangan dasturi 5 oyga mo‘ljallangan
(fan va biznes kesishmasidagi startaplarni ishga tushirish)

 

Lean Startup, Customer Development,
Business Model Canvas metodologiyalari

 

megafon idea8 idea9

Akselerator loyihalarini Digital-ilgari surish va PR qo‘llab-quvvatlash

 

Investorlar va OAV uchun demo-kun

 

Innovatsion rivojlanish vazirligining tanlovi doirasida muvaffaqiyatli loyihalarga investitsiyalar  

 

Bu qanday ishlaydi

1Qatnashishga
ariza berish

Hindistonlik ekspert ishtirokida
IdeyaTon / ScienceThon

2

Ekspertlar kengashi
loyihalarni saralab oladi

3

Besh oylik
faoliyat, treninglar

4

Finlyandiya, Buyuk Britaniya, AQSh, Qozog‘istondan
tashrif buyuradigan ekspertlar ishtirokida mentorlik sessiyalari

5

Accelerate Platform
onlayn-platformasi orqali ishlash

6

GIST Network
ekspertlarining treninglari

7

Science & IT
& Digital xakaton

8

Central Asia Women in Tech
& Science Week – 2020’da mentorlik sessiyalari

9

Investorlar va OAV uchun demo-kun
OAV uchun demo-kun

10

Innovatsion rivojlanish vazirligining
grantlar tanlovida qatnashish

11
Ariza berish

Ilg‘or Texonlogiyalar Markazi jamoasi

Trekerlar

MARKAZIY OSIYO MAMLAKATLARIDAN ARIZALAR QABUL QILAMIZ!

Akseleratorimizga O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistondan ilmiy startaplarni taklif qilamiz.

Markaziy Osiyo ilmiy startaplariga O‘zbekiston bozoriga chiqishga yordam beramiz! Siz onlayn qatnashishingiz ham mumkin, biz akseleratsiya onlayn-platformasi orqali ishlaymiz.

Qozog’iston

Qirg’iziston

O’zbekiston

Tojikiston

TASHKILOTCHILAR VA HAMKORLAR