
C.A.T. Science Accelerator 5.0 akseleratoriga arizalar qabul qilish
Nimalar qilindiC.A.T. Science Accelerator стартаплари
Ariza bering va biz sizga g’oyadan harakatga o’tishda yordam beramiz
26-noyabr kuni Ilg‘or Texnologiyalar Markazida C.A.T. Science Accelerator 4.0 ilmiy startaplar akseleratorining Demo Kuni o‘tkazildi.
Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari Shahlo O‘tkurovna Turdiqulova ochib berdi.
Akselerator 4 yildan beri o‘tkazib kelinadi, shanba kuni ham 13 ta startap o‘z loyihalarini taqdim etdi. Har bir jamoaga taqdimot uchun 5 daqiqa va hay’at a’zolarining savollariga javob berish uchun 5 daqiqa berildi. Shuningdek jamoalarning ko‘pchiligi o‘z ishlanmalarining prototiplarini ham taqdim etdi.
Akselerator an’anasiga ko‘ra, biz sovrinlarni ikki nominatsiya bo‘yicha topshirdik:
— hakamlar hay’atining versiyasi bo‘yicha eng yaxshi loyihalar;
— akselerator mentorlari va akseleratsiya platformasining versiyasi bo‘yicha eng yaxshi loyihalar.
G‘oliblarni tabriklaymiz!
Hakamlar hay’atining versiyasi bo‘yicha eng yaxshi loyihalar:
1 Eko Bubble —kir yuvish kukunini organik komponentlardan ishlab chiqarish
2 Lucky Step: Diabetic Shoes — diabetik oyoq kaftiga ega patsientlar uchun tabiiy materiallardan tayyorlangan ortopedik poyabzal
3 Doc-Soap — shifobaxsh xususiyatlarga ega sovunni ishlab chiqarish.
Ushbu g‘olib loyihalarning har biri 100 mln so‘mdan mablag‘ oladi.
Akselerator mentorlarining versiyasi bo‘yicha eng yaxshi loyihalar:
1 Lucky Step: Diabetic Shoes — diabetik oyoq kaftiga ega patsientlar uchun tabiiy materiallardan tayyorlangan ortopedik poyabzal
2 Star&Coch — koxlear implantlar, eshitish va nutq qobiliyati buzilgan bolalar uchun dasturiy ta’minotni ishlab chiqish
3 Tile MosaiC — qayta ishlangan plastikdan plitkalar ishlab chiqarish
Jamoalarning loyihalarini baholagani va sharhlar bergani uchun hakamlar hay’atiga minnatdorchilik bildiramiz!
1 Shaxlo Utkurovna Turdikulova, O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari;
2 Dilbar Akbarovna Dalimova, Ilg‘or Texnologiyalar Markazi direktorining ilm-fan bo‘yicha o‘rinbosari;
3 Alisher Abdumavlonovich Abdullaev, Ilg‘or Texnologiyalar markazi direktorining tijoratlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari;
4 Usmon Raximjonov, «Startap-tashabbuslar» ko‘mak dasturining koordinatori;
5 Zilola Mo‘minjonova, Paradise Flora startapining rahbari (C.A.T. Science Accelerator 2.0 finalchi-loyihasi);
6 Firdavs Ne’matzoda, Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi iqtidorli yoshlar bilan ishlash boshqarmasining boshlig‘i;
7 Azizbek Ilhomov, Innovatsion rivojlanish vazirligining startap-ekotizimlarni shakllantirish va rivojlantirish boshqarmasining boshlig‘i.
Akselerator finaligacha yetib kelgan 13 ta jamoaning hammasini tabriklaymiz va ular o‘z loyihalarini davom ettirishlariga hamda barqaror biznesni yaratib, uni ko‘lamlashtirishiga umid qilamiz!
Qayd etib o‘tamiz, har bir finalchi-loyiha Innovatsion rivojlanish vazirligining startaplar uchun grantlar tanloviga ariza berishni rejalashtirmoqda. Bitiruvchilarimizga omad tilaymiz!

Lucky step – Diabetic Shoes

IMRaDiS

Ideal polimer

Oral Plast

Toza suv (Pure Water)

BARKHAN BIOTECH

IZOFULL

ImmunoTea

BIONOVATIC FOOD

Biocentric

Wound Care Lab

VitaDent

Defuse-IT

«Innocens Bio»

Safe Food

Effect Organic Milk

AiCo

TumorOnTarget

LOGOS

VR-Cerebri

«Зубные феи»

BIZ USHBU SOHALARDAGI MUAMMOLARNI HAL ETADIGAN G‘OYALAR / LOYIHALARNI IZLAYAPMIZ
![]() |
YASHIL TEXNOLOGIYALAR | |||
![]() Atrof-muhitni, resurslarni diagnostika qilish vositalari |
![]() Energiyani tejash |
![]() Havoni baholash, monitoring qilish va tozalash vositalari |
![]() Karbonat angidrid gazini qayta ishlash texnologiyalari |
![]() Suvni tozalash va qayta ishlash |
![]() |
DIAGNOSTIKA VA BIOTIBBIYOT | |
![]() |
Kasalliklarni diagnostika qilish va hayotiy ko‘rsatkichlarni monitoring qilish vositalari |
![]() |
YANGI MATERIALLAR | |
![]() |
Biologik parchalanadigan materiallar |
![]() |
MUQOBIL ENERGIYA MANBALARI | |
![]() |
Energiya samarali quyosh va shamol panellari | |
![]() |
Energiyani saqlash tizimlari | |
![]() |
Bioyonilg‘i texnologiyalari |
![]() |
IT+Science Startups | ||||
![]() Ilmiy muammolarni hal etish uchun sun’iy intellekt |
![]() Sog‘liqni yaxshilash va ta’lim ko‘nikmalari uchun raqamli texnologiyalar |
![]() |
Food technologies | ||||
![]() Ozuqadan nooqilona foydalanishning oldini olish texnologiyalari |
![]() Muqobil ozuqa manbalari |
STARTAPLAR NIMALARGA EGA BO‘LADI

![]() |
![]() |
![]() |
Ilg‘or Texnologiyalar Markazining noyob ilmiy quvvatlari
|
4 ta yo‘nalish bo‘yicha laboratoriyalar: Biologiya / Fizika / Kimyo / Geologiya |
Shaxsiy mentorlar (har bir jamoa uchun 2 tadan mentor) |
![]() |
![]() |
![]() |
Akseleratsiyaning puxta o‘ylangan dasturi 5 oyga mo‘ljallangan (fan va biznes kesishmasida startapni qanday ishga tushirish mumkin) |
Central Asia Women in Tech & Science Week (ilm-fan sohalarida faoliyat ko‘rsatuvchi ayollar uchun konferensiya) |
Lean Startup, Customer Development, Business Model Canvas metodologiyalari. Biznes-reja yaratish |
![]() |
![]() |
![]() |
Akselerator loyihalarini digital-ilgari surish va ularning PR |
Investorlar va OAV uchun demo-kun. | Barcha loyihalar uchun mo‘ljallangan Innovatsion Rivojlanish Vazirligining tanlovi doirasida muvaffaqiyatli loyihalarga investitsiyalar. |
BU QANDAY BO‘LADI
1Qatnashish uchun ariza berish | ![]() |
Taqdimotga tayyorgarlik bo‘yicha IdeyaTon / ScienceThon 2 | ![]() |
Ekspertlar kengashi loyihalarni tanlab oladi 3 | ![]() |
Besh oylik faoliyat, treninglar4 | ![]() |
![]() |
Accelerate Platform onlayn-platformasi orqali ishlash5 | ![]() |
Ekvator (3 oylik faoliyatdan so‘ng ishlamayotgan loyihalarni ajratib olish) 6 |
![]() |
Ekspertlar bilan mentorlik sessiyalari 7 |
![]() |
Central Asia Women in Tech & Science Week – 2023 8 |
![]() |
Grantlar tanlovi uchun biznes-reja yozish9 | ![]() |
Investorlar va OAV uchun demo-kun10 | ![]() |
Innovatsion rivojlanish vazirligining grantlar tanlovida qatnashish 11 |
Ilg‘or Texonlogiyalar Markazi jamoasi
Trekerlar

MARKAZIY OSIYO MAMLAKATLARIDAN ARIZALAR QABUL QILAMIZ!
Akseleratorimizga O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistondan ilmiy startaplarni taklif qilamiz.
Markaziy Osiyo ilmiy startaplariga O‘zbekiston bozoriga chiqishga yordam beramiz! Siz onlayn qatnashishingiz ham mumkin, biz akseleratsiya onlayn-platformasi orqali ishlaymiz.

Qozog’iston

Qirg’iziston

O’zbekiston

Tojikiston