Архив постов: Oktyabr 2022

“Demo” kuni oldidan yakuniy repetitsiya

Oktyabr 10, 2022

Barcha jamoalarni 15-oktabr, shanba kuni “Demo” kuni oldidan yakuniy repetitsiyaga Ilg’or texnologiyalar markaziga taklif qilamiz!

Ushbu muhim yakuniy tadbirga barcha finalchilar yaxshi tayyorgarlik ko’rishlari kerak.

15-oktabrda taqdimot va notiqlik mahoratingizni oshirish uchun mentorlar va loyiha koordinatorlari bilan suhbatlashish imkoniyatini boy bermang. Demo kunidagi muvaffaqiyatingiz taqdimotingiz sifatiga bog’liq!

Saytga Loyihasini (video pitch + taqdimot) yuborgan barcha startaplarni shanba kuni kutamiz!

Sana: 15 oktyabr, shanba
Vaqt: 11:00
O’tkazish joyi: Ilg’or texnologiyalar markazi, Toshkent

Eslatib oʻtamiz, Demo kunida qatnashish faqat yakuniy vazifani yuborgan jamoalarga ruxsat etiladi. Barcha loyihalar bo’yicha 7 ta mentorlar sizga chorshanba kunigacha o’z sharhlari va baholarini yuboradi.

Oktyabr 10, 2022

Seminar: Akselerator jamoalarining taqdimotlarini yakuniy tinglash

Shanba, 11:00

C.A.T. Science Accelerator 4.0 dasturining finalchilari

Oktyabr 5, 2022

C.A.T Science Accelerator 4.0 akselerator dasturining finalchilari aniqlandi

6 oylik faol ishlardan so’ng jamoalarimiz yakuniy tadbir – Demo Day’ga tayyorgarlik ko’rmoqda!

Demo kunida startap loyihalarini taqdim etadigan loyihalar roʻyxatini eʼlon qilamiz:

1) «Eko Bubble» – organik komponentlardan kukun ishlab chiqish;
2) «Lucky Step – Diabetic Shoes» – diabetik oyoqli bemorlar uchun ortopedik poyabzal;
3) «Stile MosaiC» – qayta ishlangan plastmassadan plitkalar ishlab chiqarish;
4) «Smart Bunker» – IT texnologiyalaridan foydalangan holda qishloq xo’jaligi uchun mo’ljallangan aqlli urug’ sepuvchi;
5) «HEALTHYPERS» – shifobaxsh xususiyatiga ega tagliklar ishlab chiqarish;
6) «Star&Coch» – koxlear implantlar, eshitish va nutq qobiliyati og’ir bolalar uchun dasturiy ta’minot va qurilmalar yaratish;
7) «Feather Protein» – parrandachilik xo’jaliklarida ekologik chiqindilar hisoblangan patlarni chiqindisiz qayta ishlash texnologiyasini yaratish orqali oqsil olish;
8) «HEMO DENT» – gemostatik gel preparatlarini ishlab chiqarish;
9) «Doc-Soap» – foydali va shifobaxsh xususiyatlarga ega sovun ishlab chiqarish;
10) «Grapes Garden» – qushlarni qo’rqitish uchun sun’iy intellekt asosidagi qurilma ishlab chiqish;
11) «GEOMEMBRANA» – mahalliy xomashyodan binolarning poydevori va tomlari uchun geomembranalar ishlab chiqarish;
12) «Milk Silk» – sut oqsilidan (kazeindan) tolalar/mato ishlab chiqarish;
13) «GIDROGEL» – gidrogel yordamida tuproq sho’rlanishining oldini olish va bartaraf etish texnologiyasini ishlab chiqish;
14) «SIRZUMIT» – buyrak va siydik yo’llari kasalliklariga qarshi tabiiy oʻsimliklardan yigʻma va suyuq ekstrakt ishlab chiqarish.

Barcha jamoalarni tabriklaymiz va ularga omad tilaymiz! Demo kunining sanasi yaqin kunlarda e’lon qilinadi.

Yangiliklarimizni kuzatib boring!

«SIRZUMIT» jamoasi bilan intervyu

Oktyabr 4, 2022

Intervyularimiz turkumini davom ettiramiz. Bugun «SIRZUMIT» jamoasining ishi bilan tanishamiz.

1. Loyihangiz haqida bizga soʻzlab bering. Nima ustida ishlayapsiz?

Bizning SIRZUMIT loyihamiz buyrak va siydik yo’llari kasalliklariga qarshi tabiiy oʻsimliklardan yigʻma va suyuq ekstrakt ishlab chiqarishdan iborat.

Yurtimzning ko’plab aholisida ushbu kasalik uchraydi va biz oʻzimizning tabiiy mahsulotlardan tayyorlangan va import mahsulotlarni oʻrnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarmoqchimiz

2. Jamoangiz qanday mutaxassislardan iborat?

Jamoamizda 5 nafar mutaxassis ishlaydi:

— loyiha asoschisi: Abdiqodirov Ilxomjon Ikromjon o‘g‘li, Toshkent farmatsevtika institutining farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi 5-kurs talabasi, “O‘zbekiston uchun 100 g‘oya” va “Mirzo Ulug‘bek Vorislari” respublika ko‘rik-tanlovlari finalchisi, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi “Yashnobod biznes incubator” bitiruvchisi va Demo-Day finalchisi;

— ilmiy rahbar, Ilmiy maslahatchi: Yunusxodjayeva Nodira Abdulhamidovna, Toshkent farmatsevtika instituti, Farmatsevtika ishlab chiqarishni tashkil qilish va sifat menejmenti kafedrasi mudiri, farmatsevtika fanlari doktori, dotsent, “Gemostat geli” loyihasiga O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 1,2 mlrd.so‘m miqdoridagi grantini qo‘lga kiritdi;

— sotuv menejeri: Iskandarov Ilhomjon, Toshkent farmatsevtika instituti Farmakologiya va klinik farmatsiya fakulteti 5-kurs talabasi, “Iskandar Grand Pharm” dorixonasi asoschisi va boshqaruvchisi;

— sotuv menejeri, farmakologiya bo‘yicha maslahatchi: Umirov Sultonbek, Toshkent farmatsevtika instituti Farmakologiya va klinik farmatsiya fakulteti 5-kurs talabasi, 2 yillik tajribaga ega dorixona boshqaruvchisi;

— sotuv menejeri: Sotiboldiyev Abbosbek, Toshkent farmatsevtika instituti Farmakologiya va klinik farmatsiya fakulteti 5-kurs talabasi, 4 yillik tajribaga ega dorixona ishchisi.

3. Nima uchun BFQ ishlab chiqarish bilan shug’ullanishga qaror qildingiz?

BFQ – bu biologik faol qoʻshimchalar boʻlib bularga oʻsimliklardan tayyorlangan mahsulotlar ham kiradi. Bizning mahsulotimiz ham tabiiy oʻsimliklardan tayyorlangni uchun BFQlarga kiradi. Hozirgi kunda BFQ larni ishlab chiqarishda ancha qulayliklar berilgan va ularni sotishda litsenziya talab qilinmaydi. Biz start up boʻlganimiz uchun, shu qulay yoʻnalishdan ketayapmiz. Kelajakda bu oʻsimliklardan taʼsir qiluvchi moddasini aniqlab dori moddalar ham ishlab chiqaramiz

4. Buyrak kasalliklarini davolashda BFQ qanchalik samarali? Mahsulotingiz qanday sinovdan o’tkazilgani haqida bizga xabar bering, iltimos.

Hozirda buyrak tosh kasaliklarini davolshda tabiiy oʻsimliklardan tayyorlang mahsulotlar ishlatilmoqda va yahshi samara bermoqda

Ekstraktimizning zaharliligi boʻyicha labaratoriya kalamushlarda sinov oʻtkazilgan va ularda hech qanday zaxarlanish holatlari kuzatilmadi

5. Mahsulotingiz bozorga chiqish uchun qanday yo’lni bosib o’tishi kerak? BFQ’ni ro’yxatdan o’tkazish uchun hozirgi talablar qanday?

Mahsulotimiz bozorga chiqishi uchun bir necha bosqichlardan oʻtishi kerak boʻladi. Mahsulot uchun ТИ(Техник инструкция/ Texnik yo’riqnoma) va TC(Технические условия/ Texnik shartlar) hujatlari beriladi va bu hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya va epidemiologiya ximati davlat markazidan ekspertizadan oʻtadi va mahsulotni zaharliligi va taʼsiri boʻyicha labaratoriya xulosalari olinadi, shuningdek, mahsulotni ishlab chiqarish uchun gigiyenik sertifikat olinadi.

6. Yakuniy mahsulotni ishlab chiqarishda siz uchun eng qiyin va vaqt talab qiladigan jarayon qaysi?

Biz uchun  koʻp vaqt talab qiladigon jarayon mahsulotni hujjatlashtirish va labaratoriya ishlari boʻladi

7. Loyihangiz qanchalik raqobatbardosh? O’zbekistonda uning analoglari bormi?

Mahsulotimiz ancha raqobatdosh boʻladi, chunki biz foydalanadigan oʻsimliklarning hammasi oʻzimizning diyorimizda oʻsadi. Raqobatchilarga keladigon boʻlsak asosan import mahsulotlar boʻlib asosiy raqobatchilar Blemaren tabletkasi, Tutukon Neo siropi va ikkinchi darajali raqobatchilar – Siston, Kanefron tabletkasi, Fitolizin pastasi.

8. Ilg‘or texnologiyalar markazi laboratoriyalaridan foydalanishni qanday rejalashtiryapsiz?

Hozirda oʻzimizning institutimiz labaratoriyasidan foydalanmoqdamiz va Ilgʻor texnologiyalari markazidan labaratoriyada kerakli reaktivlarni olishni maqsad qilganmiz.

 

“SIRZUMIT” jamoasiga intervyu uchun minnatdorchilik bildiramiz va loyihani rivojlantirishda muvaffaqiyatlar tilaymiz!

  • Yangi maqolalar

  • Yangi sharhlar

  • Arxivlar

  • Bo’limlar

  • Meta