Архив постов: Avgust 2022

Akselerator trekerlari bilan individual sessiyalar

Avgust 29, 2022

Dushanba va seshanba kunlari (29-30 avgust) biznes-reja bo’yicha individual mentorlik sesssiyalarini o’tkazamiz.

Shartlar:

1) Toshkentdagi jamoalar oflayn kelishlari kerak (29 yoki 30 avgust kuni, ertalab).

2) hududlardagi jamoalar – onlayn, 29 avgust kuni, tushlikdan keyin;

3) barcha jamoalar moliyaviy hisob-kitoblar bilan to’liq biznes-rejani tayyorlashlari va veb-saytdagi biznes-reja bo’yicha 6-sonli topshiriqni bajarishlari kerak;

4) Toshkentdagi jamoalar uchun ketma-ket 2 ta mentorlik sessiyalari o‘tkaziladi: dastlab Aleksandr 30 daqiqa davomida biznes-reja bo‘yicha sharhlar beradi, keyin esa jamoalar 20 daqiqa davomida akselerator mentorlari bilan muloqot qiladi;

5.) Biznes-reja bo’yicha savollar tayyorlang.

Oflayn uchrashuv Ilg’or texnologiyalar markazida, onlayn esa Zoom platformasida o‘tkaziladi.

Avgust 29, 2022

Biznes-reja boʻyicha individual mentorlik sessiyalari

Raqobatchilarni qanday qilib «surish» mumkin

Avgust 25, 2022

27 avgust kuni Ilg’or texnologiyalar markazida akselerator jamoalari uchun navbatdagi seminarimiz bo’lib o’tadi

Mavzu: Raqobatchilarni qanday qilib «surish» mumkin
Spiker: Diyas Mutalov, СЕО Young Business Club

Diyas raqobatchilarni qanday tahlil qilish kerakligi, ularning harakatlarini qanday qilib oldindan koʼra bilish va har doim oldinda boʼlish mumkinligi haqida gapirib beradi.

Sana: 27-avgust (shanba)
Vaqt: 11:00
O’tkazilish joyi: Ilg’or texnologiyalar markazi, Toshkent

Toshkent shahri va Toshkent viloyatining barcha jamoalari oflayn ishtirok etishi shart. Boshqa viloyatlardagi jamoalar uchun Zoom’da onlayn translyatsiya mavjud bo’ladi.

Avgust 25, 2022

Seminar: Raqobatchilarni qanday qilib «surish» mumkin

Shanba, 11:00

“Grapes Garden” jamoasi bilan intervyu

Avgust 24, 2022

Biz intervyular turkumini davom ettiramiz va qushlarni haydash uchun sun’iy intellekt asosida qurilma ishlab chiqqan «Grapes Garden» jamoasi bilan tanishamiz.

1. Bizga loyihangiz haqida so’zlab bering. Nima ishlab chiqarishni rejalashtiryapsiz?

“Grapes Garden” loyihasi uzumzorlarni qushlardan avtomatik tarzda himoya qiladi, bundan tashqari, odamlarning vaqtini sezilarli darajada tejaydi va hosilning kamayishini oldini oladi.

Biz uzumzorlarni inson ishtirokisiz himoya qilishni maqsad qilib qo‘yganmiz. Jamoamiz mamlakatimizda uzumzorlar ko‘pligini hisobga olib, mahalliy fermerlarning muammo va takliflarini tinglab, «Grapes Garden» loyihasiga asos soldi.

2. Jamoangiz qanday mutaxassislardan iborat?

Jamoamizda 5 nafar mutaxassis ishlaydi. Ayni paytda barchamiz “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida tahsil olmoqdamiz.

– Guruh sardori va dasturchi: Mansurov Bekzod, TIQXMMI(MTU) 3-kurs talabasi

– Marketolog: Jumaqulov Pirimbek, TIQXMMI(MTU) 2-kurs talabasi

– Elektromexanik: Xakimboyev Jasurbek, TIQXMMI(MTU) 3-kurs talabasi

– Dizayner: Sirojova Husniya, TIQXMMI(MTU) 3-kurs talabasi

– Ish faoliatini o’rganuvchi nazoratchi: Sardor Negmatov, TIQXMMI(MTU) 3-kurs talabasi.

3. Qurilmangizning ishlash printsipi va harakat radiusi haqida bizga so’zlab bering.

«Grapes Garden» qurilmasi 1 gektar uzumzorni qushlardan himoya qilishga qodir. Biz uzumzorga videokamera o‘rnatamiz va sun’iy intellekt yordamida u shu hududda uchib o‘tayotgan barcha qushlarni aniqlaydi, ularni baland ovoz bilan haydab chiqaradi, shuningdek, boshqa ehtimoliy havflardan himoya qiladi.

4. Sizning yechimingizning yangiligi nimada?

Bizning yechimimizning yangiligi shundaki, hozirda O‘zbekistonda bunday qurilma yo‘q va u xorijiy mamlakatlardagi qurilmalarga nisbatan ancha arzon va ishonchli.

5. Qurilmani dehqonlar bilan dalalarda sinab ko‘rdingizmi? Test natijalari haqida bizga xabar bering.

Qurilmamizni bir nechta klasterlarda sinab ko‘rdik va natija biz kutgandek ijobiy bo‘ldi: u uzumzorlarni qushlardan himoya qila oldi.

6. Ushbu qurilma nafaqat qushlarga, balki boshqa zararkunandalarga ham ta’sir qila oladimi?

Uzumzorlar asosan qushlar tomonidan zarar ko’radi, ammo bizning qurilmamiz qushlar va odamlar tahdidlarini va yuqoridan tahdid solishi mumkin bo’lgan barcha narsalarni aniqlay oladi.

7. Ushbu qurilma odamlar va uy hayvonlari uchun xavfsizmi?

Bizning qurilmamiz mutlaqo xavfsiz va odamlar va atrof-muhit uchun zararsizdir. U ortiqcha elektr va zaryadsiz ishlaydi va mukammal himoya qurilmasidir.

8. Ilg‘or texnologiyalar markazi laboratoriyalaridan qanday foydalanishni rejalashtiryapsiz?

Ilgor texnologiyalar markazidan qurulmamizni dasturiy taminoti va ishlash faoliyatini nazorat qilishda kerak boladigan jihozlar va kompyuter qurilmalaridan foydalanish rejalashtirilgan.

Avgust 23, 2022

HUDUDLARDAGI JAMOALAR uchun C.A.T. Science Accelerator 4.0 mentorlik sessiyalari

Chorshanba, 15:00-17:00

Avgust 19, 2022

Seminar: Startap: moliya. Nimadan boshlash kerak?

Shanba, 11:00

Startap: moliya. Nimadan boshlash kerak?

Avgust 18, 2022

20-avgust soat 11:00 da Laylo Xasanova bilan vebinar bo’lib o’tadi

Mavzu: Startap: moliya. Nimadan boshlash kerak?

Spiker: Laylo Xasanova, moliyaviy tahlilchi

Spiker haqida:
✓ korporativ moliya sohasida 7 yillik tajribaga ega;
✓ iqtisodiyotning 7 dan ortiq sohalarida ishlaydi: oziq-ovqat ishlab chiqarish, maishiy texnika, elektron tijorat, logistika, sug’urta, ulgurji savdo, IT-texnologiyalar, valyuta bozori va Trading (Forex), qurilish va boshqalar.
✓ 10 dan ortiq loyihalar ustida ish oborgan.

Vebinar davomida biz quyidagilarni muhokama qilamiz:
✓  Startapda moliyaviy jarayonlarni qanday tashkil qilish, tayyorgarlik bosqichidagi dastlabki qadamlar.
✓  asosiy moliyaviy tushunchalar: daromad, tannarx, davr xarajatlari, soliqqa tortish;
✓  P&L, Cash flow, Balance sheet hisobotlari bilan tanishish.

Sana: 20-avgust (shanba)
Vaqt: 11:00
O’tkaziladigan joy: Ilg’or texnologiyalar markazi, Toshkent sh.

«Doc-Soap» jamoasi bilan intervyu

Avgust 17, 2022

Biz akselerator jamoalari bilan intervyular turkumini davom ettiramiz va bugun «Doc-Soap» jamoasi, foydali va shifobaxsh xususiyatlarga ega sovun ishlab chiqaruvchi, o‘zlarining startap loyihasi haqida gapirib beradi.

1. Bizga loyihangiz haqida so’zlab bering. Nima ishlab chiqarishni rejalashtiryapsiz?

Loyihamiz tibbiyot sovunlarini ishlab chiqish bilan bog’liq bo’lib asosan mahalliy qo’llash va dermatologik, ginekologik  kasalliklar uchun mo’ljallangan. Tarkibida flukanazol faol moddasini saqlagan tibbiyot sovunlari ayollarda uchraydigan vaginal kandidoz kasalligini davolashda tavsiya etiladi. Hozirgi kunda xalq tilida «molochnitsa» deb nomlangan kasallik ekologik, tashqi omillar va antibiotiklar bilan davolanganda kuzatiladigan kasallik bo’lib uni kompleks davolashda tez ta’sir ko’rsatishi, arzon va foydalanishga qulay bo’lganligi ahamiyatga molik.

Bundan tashqari startap loyihamiz tarkibida husnbuzarlarga, dermatologik kasalliklarga qarshi ishlatiladigan maxsus turkumi sovunlar ham mavjud. O’smirlar orasida juda ko’p uchraydigan husnbuzarlarni davolashda tarkibida salitsil kislota va rux oksidi saqlagan tibbiyot sovunini ishlatishni biz tavsiya qilamiz.

2. Jamoangiz qanday mutaxassislardan iborat?

Jamoamiz 2kishidan iborat:

Loyiha rahbari: Ramazonova Kamola Ramazon qizi. Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti assistenti

Yordamchi texnolog: Ergasheva Shahzoda Baxtiyor qizi

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti 2 bosqich talabasi

3. Sizning mahsulotingiz hozirda do‘kon va dorixonalarda sotilayotgan boshqa markali sovunlardan qanday farq qiladi?

Bizning mahsulotimiz hozirda do’kon va dorixonalarda sotilayotgan boshqa markali sovunlardan tarkibida ta’sir etuvchi faol moddalar saqlaganligi va dorivor xususiyatga ega ekanligi bilan farq qiladi. Nafaqat antibakterial xususiyat balki ginekologik(vaginal kandidoz) va dermatologik(husnbuzarlar) davolashga mo’ljallangan.

4. Mahsulotingiz tarkibiga qanday komponentlar/moddalar kiradi?

Mahsulotimiz 3xil tarkibda ishlab chiqiladi. Birinchi tarkib vaginal kandidoz kasalligida qo’llash uchun  bo’lib, tarkibi: sovun asosi palma yog’i, flukanazol faol moddasi va xushbo’ylantiruvchi konservantlar. Ikkinchi tarkib husnbuzarlarga qarshi ishlatilib tarkibida sovun asosi va rux oksidi, salitsil kislota saqlaydi. Uchinchi tarkib ulitka tuxumlaridan tayyorlangan bo’lib, yuzni tiniqlashtirish, oqartirish, dermatit kasalliklariga qarshi va qarish hujayralar faoliyatini sekinlashtirish xususiyatiga ega.

5. Loyihangizning maqsadli auditoriyasini qanday baholayapsiz? Sizning iste’molchingiz necha yoshda?

Vaginal kandidoz kasalligi asosan 18 yoshdan 60 yoshgacha boʻlgan ayollarda uchraydi. Flukanazolli sovunimiz maqsadli auditoriyasi 18-60 yoshgacha ayollar. Husnbuzarlar asosan 13 yoshdan 25 yoshgacha bo’lgan o’smirlar va homilador ayollarda, shuningdek teri kasalliklari bor boʻlgan bemorlarda uchrab, antifungal sovunlar 13-40 yoshgacha bo’lgan auditoriyaga ega.

6. Dorivor sovuningizning saqlash muddati qancha?

Sovunlarning saqlash muddati 2yil.

7. Sizning hisob-kitoblaringiz bo’yicha, mahsulotingizning narxi analoglardan qancha farq qiladi?

Bizning mahsulotlarimiz flukanazolli sovun tarkibida flukanazol saqlagan dori preparatlaridan 2 barobar arzon hisoblanadi.

8. Xalqaro bozorga chiqish rejalaringiz bormi?

Sovunlarga bo’lgan talabdan kelib chiqqan holda xalqaro bozorga chiqish rejamiz albatta bor. Hozirda buni ustida izlanishlar olib bormoqdamiz.

9. Ilg‘or texnologiyalar markazi laboratoriyalaridan qanday foydalanishni rejalashtiryapsiz?

Sovunlarning klinik oldi amaliyotlarini olib borish uchun amaliy yordam olmoqchimiz. Sotuvga chiqadigan sovunlarni oldin hayvonlarda sinab ko’rib ularning toksikologik xususiyatlarini aniqlashimiz zarur.

 

(Русский) Отчет о деятельности C.A.T. Science Accelerator за период 2018-2022гг.

Avgust 16, 2022

Извините, этот техт доступен только в “Ruscha”.

  • Yangi maqolalar

  • Yangi sharhlar

  • Arxivlar

  • Bo’limlar

  • Meta