Архив постов: Sentyabr 2020

Wound Care Lab

Sentyabr 30, 2020

Akselerator treninglari ilmiy g‘oyadan biznes kontseptsiyagacha rivojlanishga yordam berdi. Mentorlar bizni tadbirkorlik asoslariga o‘rgatdi, kamchiliklarimizni ko‘rsatdi hamda o‘z maslahatlari va tavsiyalari bilan o‘rtoqlashishdi.

Trenerlar va instruktorlardan iborat ajoyib jamoa. Juda zo‘r mahalliy va taklif etilgan trenerlar, xorijdan tashrif buyurgan spikerlar bo‘ldi. Hozirjavobligi uchun Yelenaga katta minnatdorchilik bildiramiz, u doim yordam berishga tayyor turdi.

VitaDent

Sentyabr 30, 2020

Akselerator biznesni qanday qurish va uni qay tarzda to‘g‘ri rivojlantirish kerakligini tushunishga, bozorni va mijozlarning ehtiyojlarini o‘rganishga yordam berdi. 

Akseleratorning juda yaxshi va hozirjavob mentorlari va koordinatorlari zarur maslahatlarni berib turishdi va bizni akselerator faoliyati davomida qo‘llab-quvvatlashdi

Defuse-IT

Sentyabr 29, 2020

Aksederator tashkiliy ishlarda va loyihamiz boshida, g‘oyani real tayyor mahsulotgacha rivojlantirishga yordam berdi, bizga nafaqat biznes, amalga oshirish ishlari bo‘yicha, balki ilmiy fikrni rivojlantirish bo‘yicha ham maslahatlar berishdi. 

Bu men qatnashgan platformalardan eng yaxshisi. Mentorlar Alisher Yusupov, Vladimir Soy, Saida Yusupova, Yelena Seleznyova va Aleksandr Yudakovlar yuqori malakali ekspertlar bo‘lib, ular amalda va bozorda haqiqatdan ham ishlaydigan maslahatlar bilan yordam berishdi. Ularning nasihatlari tufayli Defuse-IT jamoasi o‘zining ilk savdolarini amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Xalqaro ekspertlarning jadal mashqlari va treninglari tufayli Defuse-IT loyihasi Climatelaunchpad xalqaro platformasining mintaqaviy bosqichi finalchisiga, YeI Taraqqiyot dasturi tomonidan tashkil qilingan ideachallange 2020 finalchisiga aylandi. Loyiha dadillik bilan moliyalashtirish bosqichi tomon boryapti, bularning barchasi akselerator va ajoyib ekspertlar tufayli, hammaga tashakkur!

«Innocens Bio»

Sentyabr 29, 2020

Birinchi navbatda akselerator loyiha odamlarga kerak-kerak emasligini tushunishimizga, mentorlar va mutaxassislar ko‘magida statistikadan tortib to biznes-rejagacha bo‘lgan barcha hisob-kitoblarni amalga oshirishimizga, tijoratlashtirish rejasini bosqichma-bosqich batafsil ko‘rib chiqishimizga yordam berdi. Loyihamizga turli burchaklardan nazar tashlashimizga va eng keraklisini to‘plashimizga, loyihani qanday qilib to‘g‘ri taqdim etishimiz va muammoning hal etilish darajasini hisobga olgan holda oldimizga vazifani qanday qilib to‘g‘ri qo‘yishimiz kerakligini tushunishimizga ko‘maklashdi.

Akselerator startaplar uchun qulaylik zonasidan chiqishga va g‘oyaga begonalarning ko‘zi bilan qarashga, olamda yuz berayotgan voqealarni ko‘rish va ularni o‘rganishga majbur etadigan real platforma. Akseleratordagi ishtirokimiz davrida biz bilimlarni yangi formatda oldik. Mahsulot juda zo‘r, juda kerakli va innovatsion bo‘lsa ham, uni odamlarga to‘g‘ri yetkazish katta mehnatni va bilimni talab qilar ekan. Biz tafsilotda aynan muammoli nuqtaga tushadigan tafsilotni izlashni o‘rgandik. Biz bilan individual ishlagan, o‘z bilimlarini biz bilan baham ko‘rgan va ajoyib vebinarlarni tashkillashtirgan mentorlarning ishini alohida qayd etishni istardik. Bu yil hammasi onlayn o‘tgan bo‘lsa-da, akseleratorda qatnashganimizdan juda mamnunmiz – juda ko‘plab yangi va zamonaviy bilimlarga va ko‘nikmalarga ega bo‘ldik. Ilg‘or texnologiyalar markaziga va barcha tashkilotlarga minnatdorchilik bildiramiz!

Safe Food

Sentyabr 29, 2020

Tanlagan yo’nalishim bo’yicha bilimlarimni yanada oshirishga va biznes model va reja tuzishga yordam berdi. Juda ham ajoyib va qiziqarli, doim yordamga shay bo’lgan mentorlar bor. Albatta barchaga tavsiya qilaman.

 

Effect Organic Milk

Sentyabr 29, 2020

Akselerator bizga jamoa bilan ishlash, muammoning mohiyatini anglab yetishga; loyihani ilgari surish, taqdimotni amalga oshirishga; metrikalar, g‘oyani loyihaga aylantirish va mahsulot MVP sigacha yetkazishga yordam berdi.

Hammasi juda zo‘r bo‘ldi — mentorlar va trekerlar jamoalar bilan individual tarzda ishlashdi. Mehnatingiz va sa’y-harakatlaringiz uchun juda minnatdormiz. Taklif qilingan mutaxassislarga ham tashakkur aytamiz! Akseleratorsiz loyiha ham bo‘lmasdi.

AiCo

Sentyabr 29, 2020

C.A.T. Science Accelerator gipotezalarimizni teshirishga va mijozlar bilan qimmatli teskari aloqaga ega bo‘lish uchun “ofisdan tashqariga chiqishimizga” yordam berdi, bu, o‘z navbatida, mahsulot ustida ishlash tsiklini va birlamchi moliyaviy xarajatlarni qisqartirdi. 

G‘oyalarni tez testdan o‘tkazish va biznes-modelni tanlash uchun “Tejamkor startap” akseleratsiya metodi to‘g‘ri tanlandi. Startaplar ushbu yondashuvdan foydalangan holda mijozlarning umidlari va ehtiyojlariga muvofiq keladigan mahsulotlar va xizmatlarni loyihalashtirishlari mumkin bo‘ldi.

C.A.T. SCIENCE ACCELERATOR 2.0 DEMO-KUNI QANDAY O‘TDI

Sentyabr 28, 2020

C.A.T. Science Accelerator 2.0 demo-kuni qanday o‘tgani haqida bizning videodan bilib olishingiz mumkin.

Akseleratorda qatnashayotgan barcha loyihalarning pitchlarini tomosha qiling!

C.A.T. Science Accelerator demo-kuni haqida O‘zbekiston 24 kanalining reportaji

Sentyabr 28, 2020

TumorOnTarget

Sentyabr 28, 2020

C.A.T. Science Accelerator  bizga tadqiqotlarimiz natijalarini biznesga aylantirishga yordam berdi. Bizni taslim bo‘lmaslikka va turli vaziyatlarda har doim yo‘l topishni (qayishqoq bo‘lishni) o‘rgatgan ajoyib insonlar bilan tanishtirdi.

Akselerator juda yaxshi ishladi, pandemiya va karantin sababli barcha rejalar chippakka chiqayotganida, mentorlar akseleratorning turli bosqichlarida har xil vaziyatlarda munosib yechimni topa olishdi. Senorlarning hammasiga katta rahmat! Bizga bergan bilimlaringiz uchun sizlarga tashakkur aytamiz! Ajoyib ilmiy akseleratori uchun Shaxlo Utkurovnaga alohida minnatdorchilik bildiramiz!

  • Yangi maqolalar

  • Yangi sharhlar

  • Arxivlar

  • Bo’limlar

  • Meta