Архив постов: Mart 2023

29-mart kuni dastlabki saralashdan o‘tgan jamoalar uchun C.A.T. Science Accelerator 5.0 akseleratoriga saralash suhbatlari boshlandi.

Mart 30, 2023

29-mart kuni dastlabki saralashdan o‘tgan jamoalar uchun C.A.T. Science Accelerator 5.0 akseleratoriga saralash suhbatlari boshlandi.

Toshkent jamoalari bilan suhbat 29-30 mart kunlari Ilg‘or texnologiyalar markazida o‘tkazilmoqda, hududlardagi jamoalar bilan suhbat esa 31-mart va 1-aprel kunlari o‘tkaziladi.

Ekspert komissiyasi 7-aprelga qadar qaror chiqaradi. Natijalar ijtimoiy tarmoqlarda va akselerator saytida e’lon qilinadi!

Hammaga omad! Yangiliklarni kuzatib boring!

 

C.A.T. Science Accelerator 5.0 akseleratoriga arizalar qabul qilish to‘xtadi!

Mart 16, 2023

Ariza beruvchilarning hammasiga birinchi saralash bosqichidan o‘tgani yoki o‘tmagani haqidagi xabarnoma email’ga yuboriladi.

Arizalari dastlabki saralashdan o‘tgan jamoalar keyingi haftada suhbatga chaqiriladi.

Toshkent jamoalari bilan suhbat Ilg‘or Texnologiyalar Markazida, hududlardagi jamoalar bilan suhbat esa onlayn o‘tkaziladi.

Iltimos, ro‘yxatdan o‘tayotgan paytingizda ko‘rsatgan kontaktlar bo‘yicha aloqada bo‘ling! Elektron pochtangizni tekshirib turing. Siz bilan 21-martdan keyin bog‘lanamiz!

C.A.T. Science Accelerator 5.0 dasturining muhim yangiligi!

Mart 9, 2023

C.A.T. Science Accelerator 5.0 dasturining muhim yangiligi!

⏰ Biz arizalarni qabul qilish muddatini 15-martgacha uzaytiryapmiz! 100 mln so‘m miqdoridagi moliya mablag‘larini olish, akseleratsiya dasturidan o‘tganlik haqidagi sertifikatni hamda Innovatsion rivojlanish agentligining grant jamg‘armasi doirasida startaplar tanloviga biznes-reja taqdim etish imkoniyatini qo‘ldan chiqarmang!

🔬Arizalar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qabul qilinadi:
• biotexnologiyalar;
• «yashil» texnologiyalar;
• diagnostika va biotibbiyot;
• muqobil energiya manbalari;
• yangi materiallar;
• ilm-fan sohasida IT va raqamli texnologiyalar;
• oziq-ovqat texnologiyalari.

Akseleratorda qatnashish bepul, arizani www.cat-sa.uz saytida berish mumkin.

✅O‘z biznes-g‘oyangizni hayotga tatbiq etish imkoniyatini qo‘ldan chiqarmang!

C.A.T. Science Accelerator ilmiy akseleratorining aziz ishtirokchilari! Sizlarni xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin dildan tabriklaymiz!

Mart 8, 2023

C.A.T. Science Accelerator ilmiy akseleratorining aziz ishtirokchilari! Sizlarni xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin dildan tabriklaymiz!🌸

Sizlarning ilmiy va startap-loyihalardagi ishtirokingiz boshqalarni ham ilhomlantiradi va ayollar ham ilmiy hamjamiyatda teng imkoniyatlarga ega ekanligidan va ular ham yuksak cho‘qqilarga erishishi mumkinligidan dalolat beradi🎯

Sizlarga ilmiy izlanishlaringizda muvaffaqiyat, startap-loyihalaringizga rivoj va barcha rejalaringizning ro‘yobini tilab qolamiz. Bayram muborak! 🌷

  • Yangi maqolalar

  • Yangi sharhlar

  • Arxivlar

  • Bo’limlar

  • Meta