Архив постов: Iyun 2022

Iyun 30, 2022

Seminar: Branding Shmrending

Shanba, 11:00

Branding Shmrending

Iyun 30, 2022

2-iyul kuni Ilg’or texnologiyalar markazida navbatdagi amaliy seminarimiz bo’lib o’tadi.

Mavzu: Branding Shmrending

Biz brending nima ekanligini, nima uchun muhimligini, brendni boshqarish jarayoni nimani o’z ichiga olishi va yana ko’p narsalarni muhokama qilamiz. To’g’ri brending ko’nikmalari va strategiyalari bilan mahsulotingiz/xizmatingiz noyob bo’lib, daromadning oshishiga olib kelishi mumkin.

Spiker: Azamat Shamuzafarov
– Click kompaniyasining UX (foydalanuvchi tajribasi boʻyicha) mutaxassisi;
– dizayner, art direktor;
– «Azamat Today» telegram kanalining muallifi;
– IT bo’yicha mutaxassis;
– Gazeta.uz muxbiri.

Sana: 2-iyul, shanba
Vaqt: 11:00
Oʻtkazilish joyi: Ilgʻor texnologiyalar markazi, Toshkent sh.

Toshkent shahri va Toshkent viloyatining barcha jamoalari ishtirok etishi shart!
Hududlardagi jamoalar uchun Zoom’da onlayn translyatsiya mavjud bo’ladi.

C.A.T. Science Accelerator 4.0. mentorlik sessiyalari

Iyun 28, 2022

Shu chorshanba, 29-iyun kuni HUDUDLARDAGI jamoalar uchun akseleratorning mentorlari bilan individual onlayn uchrashuvlar tashkil qilamiz, Toshkent shahridagi jamoalar uchun esa – boshqa kuni.

Mentorlik sessiyalari 15:40 dan 18:20 gacha o’tkaziladi. Har bir jamoa o‘zi uchun qulay vaqtni tanlashi va uchrashuvga yozilishi kerak.

Mentorlik uchrashuviga jamoalar quyidagi masalalar bo’yicha oldindan tayyorgarlik ko’rishlari kerak:
– akselerator koordinatorlariga savollar;
– qanday qiyinchiliklarga duch kelyapsiz;
– loyiha qanday MVPga ega / uni amalga oshirish rejalashtirilganmi;
– Jamoaning iyul oyi uchun rejalari.

Onlayn uchrashuv Zoom da bo’lib o’tadi, havola boshlanishidan bir soat oldin guruhga yuboriladi.

«TUMOR ON TARGET» MChJ faoliyati haqida video

Iyun 27, 2022

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi  «TUMOR ON TARGET» MChJ faoliyati haqidagi video bilan bo‘lishdi.

Startap loyihasi asoschilari C.A.T. Science Accelerator 2.0. bitiruvchilari va Innovatsion rivojlanish vazirligining 907,4 million so‘m miqdoridagi granti sohiblaridir.

Korxona Namangan viloyatida faoliyat yuritadi va saraton kasalligiga chalingan bemorlarda HER2 onkomarkeri statusini aniqlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi.

Hozirgi kunda korxonada 4 ta yangi ish oʼrni yaratilgan hamda oyiga 32 mln soʼmdan ortiq daromad hajmiga erishgan.

Tafsilotlar videoda:

 

Iyun 27, 2022

Hududlardagi jamoalar bilan individual mentorlik sessiyalari

Chorshanba, 15:40 dan 19:00 gacha

«Stile MosaiC» jamoasi bilan intervyu

Iyun 24, 2022

Biz intervyular seriyasini davom ettiramiz va qayta ishlangan plastmassadan plitkalar ishlab chiqaradigan «Stile MosaiC» jamoasi bilan tanishamiz.

1. Sizning startapingiz g’oyasi qachon paydo bo’lgan va qanday mahsulotlarni ishlab chiqaryapsiz?

Ushbu g’oya jamoamiz a’zolaridan biri Kushbakov O’tkir Baxromovichda 2019 yilda paydo bo’lgan. Kushbakov O’tkir Baxromovich bank sohasida faoliyat yuritayotgan davrda turli xil soha va biznes vakillarining bankda mijoz sifatida aloqalari bo’lganligi uchun, ular qilayotgan ishlardan ta’sirlanib ushbu go’ya paydo bo’lgan. Hozirgi kunda “Stile MosaiC” brendi ostida plastik kafellar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yganmiz.

2. Jamoangizda qanday mutaxassislar bor?

Bizning jamoa loyihamiz uchun zarur bo’lgan tajriba va yo’nalishga ega bo’lgan 3 mutaxassisdan iborat:

–  Kushbakov O’tkir Baxromovich — iqtisodchi;

–  Kushbakov Kamoliddin Baxromovich — sotsiolog, IT bo’yicha mutaxassis, san’atkor;

–  Norqulov Zafarbek Nasriddin o’g’li — ximik, xirurg.

3. Ushbu sohada ishlashni boshlashingizga nima turtki bo’ldi?

Birinchidan, bajarish va amalda qo’llash mumkin bo’lgan g’oyani joriy etishda o’zimning tajribamni sinash. Ikkinchidan, tajribamni biznes sohasida qo’llash va natijasini amaliy ifoda etishdir.

4. Plitkalaringizning analoglar bilan solishtirganda samaradorligi qanday? Ular qanchalik mustahkam?

Plitkamizning analoglarining aksari sinuvchchan va qimmat. Bizning plitkalarimiz sinmaydi va arzon.

5. Plitkalarni qayta ishlash mumkinmi?

Mumkin, ularni boshqacha shaklda kerak bo’lsa, boshqa ranglarda ishlab chiqarish mumkin.

6. Bunday plitkalarni qo’llash sohalari haqida so’zlab bering. Ular ichki yoki tashqi makonlarni bezatish uchun ham mo’ljallanganmi?

Plitkalar asosan zal, oshxona, basseyn va yuvinish xonalarida qo’llaniladi. Ichki makonlarni bezatish uchun mo’ljallangan.

7. Sizning hisob-kitoblaringiz bo’yicha, mahsulotingiz tannarxi oddiy plitkalardan qancha farq qiladi?

Bizning hisob-kitoblarimizga bo’yicha, mahsulot tannarxi 20-25 ming so’m, boshqa oddiy plitkalardan 20-25 ming farq qiladi.

8. Mahsulotlarni eksport qilish rejalaringiz bormi?

Albatta, oldin ichki bozorda keyin esa tashqi bozorga eksport qilish rejamizda bor.

9. Ilg‘or texnologiyalar markazi laboratoriyalaridan qanday foydalanishni rejalashtiryapsiz?

Mahsulotning yuqori effekti jihatidan va uning kamchiliklarini aniqlash maqsadida Ilg’or texnologiyalar markazi laboratoriyalaridan foydalanishni rejalashtirganmiz.

Ijtimoiy tarmoqlarda «Stile MosaiC» loyihasining rivojlanishini kuzatib boring:

Telegram: https://t.me/stile_mosaic_channel
Facebook: https://www.facebook.com/profile.php?id=100080679984396

 

“Yashil” sohada innovatsiyalarni qo’llagan startaplar

Iyun 23, 2022

25-iyun kuni Ilg’or texnologiyalar markazida navbatdagi amaliy seminarimiz bo’lib o’tadi.

Mavzu: “Yashil” sohada innovatsiyalarni qo’llagan startaplar

Atrof-muhitga zararni minimallashtirishga qaratilgan biznes loyihalarni ishlab chiqishdagi dolzarb masalalarni muhokama qilamiz. Seminarning maqsadi, jamoalarni «yashil» innovatsiyalar va ijtimoiy mas’uliyatli biznes haqida o’ylashga yo’naltirishdir, agar ularning loyihalari boshqa sohalarda bo’lsa ham.

Spiker: Alisher Yusupov – Brand.uz IT-kompaniyasi direktori, Startup Mix loyihasi tashabbuskori, O’zbekiston IT bozorida shaxsiy va mijoz loyihalarini ishga tushirish bo’yicha 21 yillik tajribaga ega

Sana: 25-iyun, shanba

Vaqt: 11:00

Oʻtkazilish joyi: Ilgʻor texnologiyalar markazi, Toshkent sh.

Toshkent shahri va Toshkent viloyatining barcha jamoalari ishtirok etishi shart!

Hududlardagi jamoalar uchun Zoom’da onlayn translyatsiya mavjud bo’ladi.

Iyun 23, 2022

Seminar: “Yashil” sohada innovatsiyalarni qo’llagan startaplar

Shanba, 11:00

 

«Lucky Step – Diabetic Shoes» jamoasi bilan intervyu

Iyun 22, 2022

Biz intervyular seriyasini davom ettiramiz va «Lucky Step – Diabetic Shoes» jamoasi bilan tanishamiz.

1. Bizga loyihangiz haqida so’zlab bering. Nima ishlab chiqarishni rejalashtiryapsiz? Sizning startapingiz g’oyasi qachon paydo bo’lgan?

Ushbu g’oya jamoamiz azolaridan biri Mirvoxid Mirakbarovichda paydo bo’lgan, ular ko’p yillar davomida ortoped-travmatolog bo’lib faoliyat yuritganlar va tajribalar davomidi juda ham ko’plab qandli diabet oqibatida oyoq soxasida uchraydigan turli xil nuqsonlarni uchratganlar. Kunlarning birida, meni konstruktor-texnolog sifatida diabetik oyoqli bemorlar uchun maxsus poyabzal ishlab chiqish g’oyasi bilan murojaat qildilar. Biz birgalikda poyabzal modelini ishlab chiqdik va ishlab chiqarish uchun xom ashyolar tanladik. Bizning loyihamiz qandli diabet kasalligida uchraydigan oyoq soxasidagi nuqsonlarni oldini olish va mavjud bo’lgan nuqsonlarni barqarorlashtirishga mo’ljallangan.

2. Jamoangizda qanday mutaxassislar bor?

Bizning jamoa loyihamiz uchun zarur bo’lgan tajriba va yo’nalishga ega bo’lgan 4 mutaxassisdan iborat:

Mirzaraximov Mirvohid – oliy toifali ortoped-travmatolog

Sheraliyev Sharifjon – Respublikada charm attorlik va poyabzal soxasi bo’yicha yetuk mutaxassis

Mirakbarova Omina – poyabzal va charm attorlik bo’yicha konstruktor-texnolog va modeler

Sheraliyev Shuxratjon – marketing va IT bo’yicha mutaxassis

3. Ortopedik poyabzal – nima uchun va kimga kerak?

Bizning mahsulot birinchi navbatda, qandli diabet va diabetic oyoq panjasi sindromi bilan og’riganlar, shuningdek, oyoq panjasida og’rig’i bo’lgan keksa odamlar uchun mo’ljallangan. Biz ishlab chiqqan poyabzallarning vazifasi qandli diabetning oqibatlarini oldini olish, diabetik oyoqning holatini barqarorlashtirish, yurishni osonlashtirish, harakatlanayotganda oyoqlarda og’riqni kamaytirish va oyoq panjasiga og’irlikni to’g’ri taqsimlashdir. Bularning barchasi odamlarning hayot sifatini yaxshilash uchun.

4. Qandli diabet bilan og’rigan odamlar uchun ortopedik poyabzal – bu toifadagi odamlar uchun poyabzalning xususiyatlari qanday?

Bozorlarda va do’konlarda sotiladigan qandli diabetga chalinganlar uchun poyabzallarning xususiyatlari quyidagilardir:

– teriga salbiy ta’sir ko’rsatmaydigan tabiiy va xavfsiz materiallardan tayyorlangan;

– oyoq panjasini mahkam qoplaydi va shu bilan shikastlanish xavfini yo’q qiladi;

– og’irlikni to’g’ri taqsimlanishini ta’minlaydigan ortopedik ichki pataklarga ega;

– panja iziga moslashuvchanligi;

– harakat davomida og’irlikka bardoshliligi;

– yengil va uzoq vaqt kiyish uchun qulay bo’lishi mumkin.

5. Ortopedik poyabzal inson salomatligiga zarar yetkazishi mumkinmi?

Ha, lekin buning bir qancha sabablari bor: agar u umumiy qabul qilingan talablarga javob bermaydigan materiallardan tayyorlangan bo’lsa, ortopedik poyabzalning tag qismi va tumshuq qismi juda qattiq bo’lsa, noto’g’ri o’lchovlar olingan bo’lsa, oyoqning aylana o’lchami sozlanmaydigan bo’lsa, chok izlarini qalinligi va tor qolipdagi bo’lsa.

6. Sizning mahsulotingiz bozordagi boshqalardan nimasi bilan farq qiladi? Sizning ortopedik poyabzal modelingiz qanday xususiyatlarga ega?

Biz ishlab chiqqan modellar jamiyatda foydalanuvchilar uchun har tomonlama qulaylikni ta’minlab beradi. Boshqa ishlab chiqaruvchilarning ortopedik poyabzallaridan farqli o’laroq, bizning poyabzalimiz zamonaviy ko’rinishga ega va zamonaviy talablar asosida ishlab chiqariladi. Biz oyog’ida nuqsoni bo’lgan ko’plab insonlar bilan suxbatlashganimizda, ular xunuk va qo’pol ko’rinish ega poyabzallardan foydalanishdan uyalishlarini aytgan edilar. Bizning poyabzal modelimiz bu muammoni hal qiladi. Odatda, boshqa ishlab chiqaruvchilar ichki patak uchun porolon yoki rezina materiallardan foydalanganligi sababli, bemorlarda oyoqlari terlashi va shuning oqibatida mavjud bo’lgan yaralarning yomonlashishiga olib keladi. Biz esa ichki pataklar uchun faqat tabiiy xom ashyodan foydalandik, buning natijasida terlashni oldini olish va havo o’tkazuvchanlik hususiyatiga ega pataklarni ishlab chiqdik.

7. Ortopedik poyabzallarni qanchalik tez-tez yangilash kerak? U alohida parvarish talab qiladimi?

Har bir mahsulotning o’z yaroqlilik muddati bor. Ortopedik poyabzallarni quyidagi hollarda yangilash kerak: o’lchamiga mos kelmasa va korrektsiyalovchi xususiyatlari yo’qolganda. Bu poyabzal ham, har qanday sifatli poyabzal kabi parvarish qilinadi yani: maxsus krem ​​va moy bilan tozalash, ehtiyotkorlik bilan kiyish, nam havodan birdaniga issiqda quritish va uni yuvib bo’lmaydi.

8. Sizning hisob-kitoblaringiz bo’yicha mahsulotingiz narxi analoglardan qancha farq qiladi?

Ishlab chiqarilgan poyabzallar narxi, modellarning murakkabligiga qarab 350.000 so’mda 450.000 so’mgacha bo‘ladi. Analoglar bilan taqqoslaganda, bizning poyabzallarimiz o’rtacha narxga to’g’ri keladi.

9. Ilg‘or texnologiyalar markazi laboratoriyalaridan qanday foydalanishni rejalashtiryapsiz?

Ilg’or texnologiyalar markazi olimlari bilan loyihalarimizni yanada takomillashtirish va rivojlantirish uchun hamkorlikda aloqa o’rnatish. Loyihalarni boshqarish strategiyasi bo’yicha tajriba orttirish va kerakli ko’nikmalarga ega bo’lish. Zaruriyatga ko’ra, mahsulotimizning fizik va kimyoviy sinovlarini o’tkazish.

Ijtimoiy tarmoqlarda «Omadli qadam – diabetik poyabzal» loyihasining rivojlanishini kuzatib boring:

Telegram: https://t.me/luckystepuz
Facebook: https://www.facebook.com/luckystepuz/
Instagram: https://instagram.com/lucky_step.uz

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Iyun 21, 2022

Vebinar: Patent huquqi va intellektual mulk

Chorshanba, 17:00

  • Yangi maqolalar

  • Yangi sharhlar

  • Arxivlar

  • Bo’limlar

  • Meta