Biz “C.A.T. Science Accelerator 5.0” jamoalari uchun biznes-rejalashtirish bo‘yicha seminarlar seriyasini boshlaymiz
Birinchi sessiya shanba, 17-iyun kuni soat 11:00 da bo‘lib o‘tadi.
Birinchi sessiya shanba, 17-iyun kuni soat 11:00 da bo‘lib o‘tadi.
Mavzu: Biznes-rejalashtirishga kirish. Biznes-loyiha haqida axborot va rezyume
Spiker:
Aleksandr Yudakov — Ilg‘or texnologiyalar markazining tijoratlashtirish va texnologiyalar transferi bo‘limining boshlig‘i. “C.A.T. Science Accelerator” dasturining rahbari.
Aleksandr seminarlar seriyasini o‘tkazadi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining startaplar uchun grantlar tanlovida qatnashish uchun biznes-rejangizda nimalar bo‘lishi kerakligi va u qanday standartlarga muvofiq bo‘lishi lozimligi haqida batafsil gapirib beradi.
Seminar offlayn tarzda o‘tkaziladi! Toshkent jamoalari qatnashishi majburiy! Hududlardagi jamoalar uchun Zoom platformasida onlayn-translyatsiya imkonli bo‘ladi.
Hammani shanba kuni soat 11:00 da kutamiz!
Kelayotgan chorshanba, 14-iyun kuni 2 ta mavzuda vebinar o‘tkaziladi:
-Biznesda geymifikatsiya;
-Startaplarni ilgari surish uchun Growth Hacks.
Kelayotgan chorshanba, 14-iyun kuni 2 ta mavzuda vebinar o‘tkaziladi:
Geymifikatsiya nima, startaplar qanday qilib bu texnikani qo‘llashi mumkin va Growth Hacks nimadan (nostandart ilgari surish metodlari hamda oson joriy etiladigan va samaradorlikni oshiradigan kichik yechimlar) iborat ekani haqida so‘z yuritamiz.
Sanasi: 14-iyun, chorshanba
Vaqti: 18:00
Vebinar Zoom platformasida o‘tkaziladi, havolani vebinar boshlanishidan bir soat oldin guruhga yuboramiz.
10-iyun kuni C.A.T. Science Accelerator 5.0 jamoalari uchun akseleratorning 1 va 3-qabuli bitiruvchilari Akrom Ilhomov i Adel Yengalichev mehmon sessiya bilan chiqishdi.
Tadbirkorlar o‘z loyihalari qanday rivojlanayotgani, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligidan olgan grantlari va biznesni ishga tushirish va yuritishda duch kelgan qiyinchiliklari haqida gapirib berishdi.
Adel va Akromga o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashishga tayyorligi uchun minnatdorchilik bildiramiz!
10-iyun kuni startap-akselerator jamoalari uchun quyidagilar mehmon sessiyani o‘tkazadi Adel Yengalichev va Akrom Ilhomov.
Adel Yengalichev: tadbirkor, reza mevalar va sabzavotlarni tuproqsiz va quyosh nurisiz yetishtirish bo‘yicha Bionovatic Food startapining asoschisi;
Akrom Ilhomov: o‘simlik xomashyosidan yemlarning yangi retseptlarini ishlab chiqish va ishlab chiqarish bo‘yicha N.E.F. startapining asoschisi;
Adel va Akrom C.A.T. Science Accelerator tanlovining ishtirokchisi, ular finalgacha yetib borib, Innovatsion rivojlanish vazirligining investitsiyalariga ega bo‘lishgan, hozir ular o‘z loyihalarini ishga tushirgan.
Seminar offlayn rejimda o‘ktaziladi! Toshkent jamoalari unda qatnashish majburiy! Hududlardagi jamoalar uchun Zoom platformasida onlayn-translyatsiya imkonli bo‘ladi.
Barchani shanba kuni soat 11:00 da kutamiz!
Keyingi seminarimiz payshanba, 8-iyun kuni, soat 18:00 da o‘tkaziladi.
Mavzu: O‘zbekistonda kichik biznes uchun elektron to‘lov tizimlari.
Mavzu: O‘zbekistonda kichik biznes uchun elektron to‘lov tizimlari.
Elektron tijorat haqida suhbatlashamiz: qanday qilib onlayn sotish va to‘lovlarni qabul qilish mumkin, biznesni qanday qilib turli to‘lov tizimlarida ro‘yxatdan o‘tkazish hamda saytlar, ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda onlayn-to‘lovlarni qabul qilishni sozlash mumkin.
Seminar Zoom platformasida o‘tkaziladi. Barcha jamoalarni payshanba, 8-iyun kuni soat 18:00 da kutamiz.