Архив постов: Avgust 2023

Avgust 10, 2023

12-avgust kuni soat 11:00 da akselerator jamoalari uchun navbatdagi vebinar o‘tkaziladi.

Vebinar mavzusi: Sheriklar va yetkazib beruvchilarni izlash

12-avgust kuni soat 11:00 da akselerator jamoalari uchun navbatdagi vebinar o‘tkaziladi.

Avgust 10, 2023

Vebinar mavzusi: Sheriklar va yetkazib beruvchilarni izlash

Spiker: Nora Raximova, aviatsiya, turizm va logistika sohasidagi biznes-loyihalarning rahbari. “Yashil” texnologiyalar sohasidagi loyihalar mentori. Rahbar lavozimlarda 25 yildan ortiq ishlab kelmoqda, biznes-rejalashtirishda va marketing strategiyalarini ishlab chiqishda katta tajribaga ega.

Vebinarda Nora, xususan ishlab chiqarish loyihalari uchun yetkazib beruvchilarni izlash, bo‘lg‘usi sheriklarni siz bilan hamkorlikka qanday qiziqtirish mumkinligi haqida gapirib beradi.

Vebinar Zoom platformasida o‘tkaziladi.

Shanba, 12-avgust, 11:00

C.A.T. Science Accelerator dasturining uchinchi qabuli bitiruvchisi bilan suhbat

Avgust 10, 2023

Adel Yengalichev ma’lumoti bo‘yicha aviadispetcher. Mutaxassisligi bo‘yicha biroz ishlab, tadbirkorlikka o‘tib ketdi – dastavval mamlakatga yog‘och olib kirish bilan shug‘ullandi, parket doskasini ishlab chiqardi, keyin og‘ir sanoatga o‘tdi.

Hamma o‘z uyida o‘tirgan karantin davrida Adel tuproqsiz va quyosh nurisiz sabzavot va reza-mevalarni yetishtirishga urinib ko‘radi.

Buning natijasi qanday bo‘lgani, nega ishni qulupnay yetishtirishdan boshlagani, davlatdan qanday qilib 300 mln so‘m miqdorida grant olgani hamda bu texnologiyani qayerda qo‘llash mumkinligi haqida “Bionovatic Food” loyihasining asoschisi Adel Yengalichev so‘zlab beradi.

Suhbatni to‘liq You-Tube platformasida tomosha qiling: https://youtu.be/blHqSDjCvwA

Suhbatning matnli versiyasi: https://www.spot.uz/ru/2023/08/09/bionovatic-food/

Avgust 8, 2023

9-avgust kuni investitsiyalar bo‘yicha seminarga taklif etamiz.
O’zbekistonda qanday venchur fondlari borligini, ular qanday loyihalarni moliyalashtirishini va investorlar bilan uchrashuvga qanday tayyorgarlik ko‘rish lozimligini muhokama qilamiz.

9-avgust kuni investitsiyalar bo‘yicha seminarga taklif etamiz

Avgust 8, 2023

Unda investitsiyalarning turlarini va startapni moliyalashtirish bosqichlarini ko‘rib chiqamiz. Investorlar uchun nimalar muhimligi haqida so‘z yuritamiz. O’zbekistonda qanday venchur fondlari borligini, ular qanday loyihalarni moliyalashtirishini va investorlar bilan uchrashuvga qanday tayyorgarlik ko‘rish lozimligini muhokama qilamiz.

Seminar 9-avgust kuni soat 18:00 da Zoom platformasida o‘tkaziladi.

Avgust 3, 2023

Keyingi seminarimiz shanba kun, 5-avgust kuni soat 11:00 da o‘tkaziladi.

Mavzu: Patent huquqi va intellektual mulk

Keyingi seminarimiz shanba kun, 5-avgust kuni soat 11:00 da o‘tkaziladi.

Avgust 3, 2023

Mavzu: Patent huquqi va intellektual mulk

Spiker: Ibragimov O‘ktamjon – O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligining “Tijoratlashtirish va texnologiyalar transferini rivojlantirish bo‘limi”ning bosh mutaxassisi.

Kim intellektual mulk sohibiga aylanishi mumkinligini, intellektual mulkka bo‘lgan huquqlarni qanday olish mumkinligini, patent huquqlari nimalarni o‘z ichiga olishi va startaplar uchun patent huquqi qay darajada muhimligini muhokama qilamiz.

Vebinar Zoom platformasida o‘tkaziladi, havolani esa vebinar boshlanishidan bir soat oldin guruhga yuboramiz.

Barchani shanba kuni soat 11:00 da kutamiz!

Jamoa bilan intervyu: «Digital Twin»

Avgust 1, 2023

Startapingizning asosiy missiyasi nimadan iborat, qanday maqsadlarga erishmoqchisiz?

«Digital Twin» startapining asosiy missiyasi korxonalar va bizneslarning raqamli “egizaklarini” yaratishdan iborat. Biz ushbu korxonalarda ishlab chiqarish va logistika jarayonlarini optimallashtirish va takomillashtirishga erishish uchun harakat qilyapmiz. Maqsadimiz – ishlab chiqarish jarayonlarini monitoring qilish va optimallashtirish, resurslarni boshqarish va ish samaradorligini yaxshilash uchun  ularga vositalarni taqdim etish.

 

Biz bizneslarga o‘z mahsuldorligini yaxshilashga, chiqimlarni kamaytirishga va mahsulotlar yoki xizmatlar sifatini oshirishga yordam beradigan innovatsion yechimni yaratishni istaymiz. Pirovardida, biz barcha korxonalar va bizneslar o‘z salohiyatini oshirishi va yuqori natijalarga erishishi uchun raqamli “egizaklardan” foydalana olishlariga intilyapmiz.

 

Raqamli “egizaklar” texnologiyasi qaysi sohalarda qo‘llanishi haqida gapirib bersangiz

Hozirda raqamli “egizaklar”ni rivojlantirishning bir nechta yo‘nalishlarini belgilash mumkin:

Ishlab chiqarish: Raqamli “egizaklar” ishlab chiqarish tizimlari, uskunalar va jarayonlarning virtual modellarini yaratish uchun foydalaniladi. Ular virtual testdan o‘tkazish va optimallashtirish imkonini beradi, bu esa samaradorlikning oshishiga va xarajatlarning kamayishiga olib keladi. Masalan, raqamli “egizaklar” avtomobil sanoatida avtomobillarni modellashtirish va ularning ko‘rsatkichlarini yaxshilash uchun foydalaniladi.

 

Arxitektura va qurilish: Bu sohada raqamli “egizaklar” binolar va infratuzilmaning virtual modellarini yaratishga yordam beradi. Ular arxitektorlar va muhandislarga virtual loyihalash, loyihalarni jismoniy amalga oshirishdan oldin tahlil qilish va testdan o‘tkazish imkonini beradi. Bunga Parijdagi Bibi Maryam ibodatxonasining qayta tiklanishini misol sifatida keltirish mumkin. O‘shanda Ubisoft kompaniyasi o‘zi avval yaratgan o‘yin yordamida ibodatxonaning raqamli nusxasini taqdim etgandi. Aynan shu UNESCO yodgorligining tarixiy qiyofasini tiklashning yagona imkoniyatiga aylandi.

 

Sog‘liqni saqlash. Raqamli “egizaklar” tibbiyotda bemorlar va tana a’zolarining virtual modellarini yaratish uchun qo‘llanadi. Ular shifokorlarga operatsiyalarni virtual modellashtirish va rejalashtirish hamda yangi davolash metodlarini testdan o‘tkazish imkonini beradi. Masalan, raqamli “egizaklar” jarrohlikda murakkab operatsiyalardan oldin virtual mashq qilish uchun yoki jarrohlik aralashuvini individual rejalashtirish uchun qo‘llanadi.

 

Transport va logistika: Bu yerda raqamli “egizaklar”dan transport tarmoqlari, transport vositalari yoki yuklarning virtual modellarini yaratish uchun foydalaniladi. Ular yo‘nalishlarni optimallashtirish, yetkazib berish samaradorligini yaxshilash va logistika jarayonlarini boshqarish imkonini beradi. Masalan, raqamli “egizaklar”dan logistikada ombor amaliyotlarini virtual optimallashtirish yoki yetkazib berishlar zanjirini yaxshilash uchun foydalaniladi.

 

Energetika: Raqamli “egizaklar” energetika tizimlari va tarmoqlarining virtual modellarini yaratish uchun energetika tarmog‘ida ham qo‘llanadi. Ular energiya sarfini optimallashtirish, yuklamani prognozlash va energetika jarayonlarini boshqarish imkonini beradi. Masalan, raqamli “egizaklar”dan quyosh panellarining joylashuvini optimallashtirish va ularning unumdorligini prognozlash uchun quyosh energetikasida ham foydalaniladi.

Startapni ishga tushirish jarayonida siz duch kelgan eng katta to‘siqlar nimadan iborat bo‘ldi, ularni qanday yengib o‘tdingiz?

Har bir startapda yengib o‘tilishi kerak bo‘lgan to‘siqlar bo‘ladi, biz duch kelgan to‘siqlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, o‘quvchilarni hayron qoldirishimiz dargumon, lekin asosiylari – bu:

 

Jamoangizning har bir a’zosi loyihada qanday rol o‘ynaydi? Ular loyihaga qanday ko‘nikmalar va tajribani olib kirmoqda?

Jamoada hozircha 4 kishi bor:

1) Ozodbek – ishlab chiquvchi. U loyihaning texnik tomonini yaratish va qo‘llab-quvvatlash uchun mas’ul, DT dasturlashtiradi va uni ishlab chiqadi, ma’lumotlar bazalari bilan ishlaydi. U loyihaning funksi onalligi va uning texnik jihatdan amalga oshirilishi uchun javob beradi.

2) Ilhom – grafik dizayner. Uning vazifasi — loyihaning vizual tarkibiy qismini yaratish. U vizual dizayn va grafik redaktorlar bilan ishlash ko‘nikmalariga ega. U maksimal o‘xshash virtual olamni yaratadi, u o‘zi yaratgan teksturadagi har bir tirnalgan joy va g‘adir-budirlikni biladi.

3) Oqmurod – marketolog. U loyihani ilgari surish va foydalanuvchilarni jalb qilish uchun mas’ul. U raqamli marketing, bozor tahlili, iste’molchilar auditoriyasini tadqiq qilish, marketing strategiyalarini ishlab chiqish va reklama kampaniyalarini boshqarish bo‘yicha ekspert. U loyihaning marketing strategiyasini yaratish va amalga oshirish uchun javob beradi.

4) Ivan – menejer. U jamoa faoliyatini umumiy muvofiqlashtirish va loyihani boshqarish uchun mas’ul. Uning faoliyat sohasi ishni tashkillashtirish, rejalashtirish va kommunikatsiyalardan iborat. U muddatlar va ustuvorlikni belgilash, vazifalarni taqsimlash, buyurtmachilar bilan muloqot qilish va loyiha oldiga qo‘yilgan vazifalarning bajarilishini nazorat qilish uchun javob beradi.

 

Akselerator mentorlari bilan qanday ishlayotganingiz va jamoaga mentorlikdan qanday yordam kerakligi haqida gapirib bersangiz?

Biz loyihamizni rivojlantirishni tezlashtirish maqsadida qimmatli maslahatlar, rahbarlik va ekspertiza olish uchun akselerator mentorlari bilan ishlaymiz. Biz loyihaning barcha mentorlari tadbirkorlik, texnologiyalar va biznes sohasida boy tajribaga ega ekanidan va ularning bilimlari bizga to‘siqlarni yengib o‘tishga hamda strategik qarorlarni qabul qilishga yordam berayotganidan mamnunmiz.

 

Mentorimiz — Akmal Salixov, unga minnatdorchilik bildiramiz, u bizga quyidagilar borasida yordam bermoqda.

Birinchidan, bozorni va biz faoliyat ko‘rsatayotgan tarmoqni yaxshi tushunishimizga yordam berdi. Ikkinchidan, muvaffaqiyatga olib boruvchi ustuvorliklarni belgilashga ko‘maklashdi. U o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashib, bizga qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun amaliy maslahatlarni taqdim etdi.

 

Umuman olganda, mentorlardan olinayotgan yordam – bebaho. Biz mentorlarimizning ekspertizasini qadrlaymiz, ular bizga loyihamizni rivojlantirishga va barqaror o‘sishga erishishimizga yordam bermoqda.

 

Raqamli “egizaklarni” yaratish texnologiyangiz nimasi bilan bozorda faoliyat ko‘rsatayotgan mavjud shunday yechimlardan farq qiladi?

Raqamli “egizaklar”ni yaratish texnologiyamiz boshqa yechimlardan bir nechta muhim jihati bilan farq qiladi.

 

Birinchidan, biz modellashtirishning haqqoniyligi va aniqligiga urg‘u beramiz. Jamoamiz obyektlar va tizimlarni diqqat bilan o‘rganadi, xatti-harakatlarni aniq aks ettiruvchi  batafsil modellarni yaratadi. Biz real ma’lumotlarni tahlil qilamiz va obyektlarning virtual ishini aks ettirish uchun ilg‘or algoritmlardan foydalanamiz. Bu bizga xatti-harakatlarni real vaqtda yuqori darajada haqqoniylik bilan bashorat qilish va modellashtirish imkonini beradi.

Ikkinchidan, biz platformamiz moslashuvchan va kengayuvchan bo‘lishiga intilamiz. Dasturiy ta’minotimiz modulli arxitekturaga ega bo‘lib, bu uni boshqa tizimlar bilan oson integratsiyalashni va uning funksi onalligini kengaytirishni ta’minlaydi. Shuningdek, biz platformamiz dolzarb va samarali bo‘lib qolishi uchun raqamli “egizaklar” sohasidagi eng yangi texnologiyalarni faol tadqiq qilamiz va joriy etamiz.

 

Va nihoyat, biz foydalanuvchilik tajribasiga katta e’tibor qaratamiz. Dasturiy ta’minotimiz intuitiv tarzda tushunarli interfeysga ega bo‘lib, vizuallashtirish va ma’lumotlarni tahlil qilish uchun mo‘ljallangan vositalarning keng to‘plamini taqdim etadi. Shuningdek, biz mijozlarimiz texnologiyamizdan maksimal samarali foydalana olishi uchun ularga ta’lim va ko‘mak xizmatlarini taqdim etamiz.

 

Ushbu omillarning hammasi birgalikda raqamli “egizaklar”ni yaratish texnologiyamizni bozorda raqobatbardosh qiladi va bizga boshqa yechimlar oldida ustunlikni ta’minlaydi.

 

O‘z faoliyatida raqamli “egizaklar”dan foydalanadigan kompaniyalar konkret qanday afzalliklarga ega bo‘ladi?

Raqamli “egizaklar”dan foydalanadigan kompaniyalar olishi mumkin bo‘lgan bir nechta konkret afzallik mavjud:

1) Yangi mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazishga ketadigan vaqt va xarajatlarning kamayishi. Raqamli “egizaklar” turli stsenariylarni modellashtirish va simulyatsiyalash imkonini beradi, bu esa kompaniyalarga ehtimoliy muammolarni oldindan ko‘ra olishga va mahsulotlarni ishlab chiqish bosqichida optimallashtirishga yordam beradi.

2) Ishlab chiqarish jarayonlari va amaliyotlari samaradorligining oshishi. Kompaniyalar muammoli joylarni aniqlashi va ish jarayonlarini optimallashtirishi mumkin bo‘ladi.

3) Mijozlik tajribasining yaxshilanishi. Raqamli “egizaklar” mijozlarning ehtiyojlarini oldindan bilib olish va ularga qo‘shimcha mahsulotlar yoki xizmatlarni taklif etish imkonini beradi, bu esa xizmat ko‘rsatish darajasini va mijozlarning qoniqish darajasini yaxshilaydi.

4) Xavfsizlikning yaxshilanishi va muammolarning aniqlanishi. Raqamli “egizaklar” kompaniyalarga ehtimoliy zaifliklarni real amaliyotlarni to‘xatib qo‘yish zaruratisiz aniqlash imkonini beradi. Shu tarzda kompaniyalar muammolarga tezroq javob reaktsiyasini ko‘rsatishi va xavfsizlikni oshirish uchun choralar ko‘rishi mumkin.

5) Xatarlarning sezilarli darajada kamayishi. Raqamli “egizaklar” kompaniyalarga turli tajribalar va simulyatsiyalarni o‘tkazish imkonini beradi, bu esa ehtimoliy muammolarni oldindan ko‘ra bilishga va bo‘lg‘usi qarorlar yoki startegiyalar bilan bog‘liq xatarlarni baholashga yordam beradi.

 

Umuman olganda, kompaniyalar faoliyatida raqamli “egizaklar”dan foydalanish ularga o‘z jarayonlarining samaradorligini, innovatsionliligini va xavfsizligini oshirish hamda vaqt va moliyaviy xarajatlarni kamaytirish imkonini yaratadi.

 

Yaqin kelajakda raqamli “egizaklar” texnologiyasi qanday rivojlanadi deb o‘ylaysiz, uni yaxshilash va kengaytirish borasida kompaniyangizning qanday rejalari bor?

Yaqin yillarda raqamli “egizaklar” texnologiyasining rivoji juda tez va shiddatli bo‘ladi. AR va VR tizimlarining rivojlanishi hamda yirik kompaniyalarning o‘zaro munosabatlar vositalarini va qo‘llash muhitini yaratishdan manfaatdorligi bu soha va bozorning rivojlanishini tezlashtiradi xolos.

 

Biz raqamli “egizaklar”ni yaratish jarayonini yaxshilashga, uni aniqroq va samaraliroq qilishga intilyapmiz. Biz professional jihatdan o‘sishga va jamoani kengaytirishga harakat qilyapmiz, bu kelgusida raqamli “egizaklar”dan foydalanish chegaralarini kengaytirishimizga, ularni turli sohalarga joriy etishimizga yordam beradi. Shuningdek, biz raqamli “egizaklar” bilan oson va intuitiv tarzda o‘zaro aloqa qilish uchun foydalanuvchilik tajribasini va iloji boricha foydali ma’lumotlarni olishni yengillashtirishga intilyapmiz. Kelgusida raqamli “egizaklar” faoliyatiga sun’iy intellektni va mashina ta’limini joriy etish ham ustuvor yo‘nalishimizga aylanadi.

Maqsadimiz — tashkilotlarga o‘z faoliyatida ushbu texnologiyani joriy etishda innovatsion yechimlarni taklif qilgan va bu borada yordam bergan holda, raqamli “egizaklar”ning yetakchi ishlab chiquvchilari va yetkazib beruvchilaridan biriga aylanish.

  • Yangi maqolalar

  • Yangi sharhlar

  • Arxivlar

  • Bo’limlar

  • Meta