Akselerator juda foydali vebinarlari bilan yordam berdi, mentorlar Alisher aka, Yelena Seleznyova, Volodya va boshqalar biz uchun har doim ochiq va yordam berishga tayyor turishdi. Ishdagi ishtiyoqingiz, bizga sarflagan kuch-quvvatingiz, rejalashtirish, biznesni yuritish sohasidagi bilimlaringiz uchun sizga katta rahmat aytamiz. Ulkan mehnatingiz uchun tashakkur!
Biz CAT akselerator yordamida tajriba to‘pladik, biznes-reja yozishni o‘rgandik, o‘z g‘oyamizni qanday taqdim etish kerakligini, nimalarga e’tibor qaratish zarurligini, ko‘proq nimalar ustida ishlash lozimligini o‘rgandik.
Akseleratorning juda bilimli, aqlli, yuqori malakali mutaxassislari bor, ular startaplarimizga taalluqli barcha masalalar bo‘yicha yordam berishga tayyor turishdi. Ular biz uchun eng ilg‘or mutaxassislarni va tajribali tadbirkorlarni topishdi. Biz o‘z g‘oyamizni, maqsadlarimiz, vazifalarimiz va yechimlarimizni to‘g‘ri bayon etishimiz uchun har bir vebinar to‘g‘ri va qiziqarli tanlandi . Mentorlarimizga katta tashakkur aytamiz.
C.A.T. Science Accelerator jamoamizga barcha bosqichlarda 6 oy davomida yordam berdi. Akselerator direktori va uning barcha xodimlari “tilla” odamlar ekaniga ishonch hosil qildik. Ular kunduzni-kunduz, kechani-kecha demasdan, bizga yordam kerak bo‘lsa, hech qanday muammosiz yordam berishdi. Jamoamiz va butun institut nomidan sizlarga tashakkur bildiramiz.
Hammasi uchun rahmat. Yordam uchun, o‘qish uchun, shunday ajoyib loyihani tashkil qilganingiz uchun. Zaminimiz mehnat, insoniylik va ezgulikni puldan ko‘ra ustun qo‘yadigan sizlarga o‘xshagan insonlar borligi uchun ham hali uzoq turadi. Olloh sizlarni o‘z panohida asrasin. Chuqur ta’zimimizni qabul qiling.
Fotoalbom Demo Dnya C.A.T. Science Accelerator 2.0 Demo-Kuni bo‘yicha foto-albom
Tadbirni ochib berishdi:
️ Azimjon Nazarov, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari
️ d-r Shaxlo Turdiqulova, Ilg‘or Texnologiyalar Markazining direktori
️ Vladimir Soy, akselerator direktori
12 ta loyiha 6 oylik faoliyat natijalarini taqdim etdi:
————
Loyihalarni baholagani uchun ekspert-hakamlarga minnatdorchilik bildiramiz:
️ Jamol Boboxonov, O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligining texnologiyalarni tijoratlashtirish va transfer qilish boshlig‘i;
️ Tatyana Shalunova, Profi Training biznes-maktabining asoschisi va uning rivojlanish bo‘yicha direktori;
️ Usmon Raximjonov, «Startap Tashabbuslar» loyihasining koordinatori;
️ Amir Obidov, olim, Lotus Engineering va CleanBox startaplarining asoschisi
————-
Hakamlar hay’ati versiyasi bo‘yicha eng yaxshi loyihalar:
1-o‘rin — 2 ta jamoa: DefuseIt (qishloq xo‘jaligi uchun masofadan boshqariladigan suv tozalash filtrlari) va TumorOnTarget (PZR asosida HER2 onkomarkeri maqomini aniqlash metodi)
2-o‘rin — 2 ta jamoa: Logos (insultdan keyingi bemorlarning nutqini tiklash bo‘yicha o‘zbek tilidagi mobil ilova) va Innocense Bio (zararkunandalarga va o‘simlik kasalliklariga qarshi kurashish uchun biopreparatlar)
3-o‘rin — «Tish farishtalari» («Зубные феи») (bolalarda tish emali kasalliklari asoratlarining oldini olish uchun gel)
————
Akselerator mentorlarining versiyasi bo‘yicha TOP-3 talik loyihalari:
1️⃣ DefuseIt
2️⃣ TumorOnTarget
3️⃣ BioCentric (okso-bioparchalanadigan plastikni ishlab chiqarish) va Innocens bio
————-
Jamoalarni yana bir bor Demo-Kundagi g‘alabasi bilan muborakbod etamiz! 12 ta jamoaning hammasini, finalgacha yetganlarning barchasini tabriklaymiz! Barcha jamoalar sertifikatlarga ega bo‘ldi.
Biz loyhialaringizni rivojlantirishda davom ettirishingizga hamda barqaror biznesni yaratib, uni ko‘lamlashtirishingizga umid qilamiz!
Endi — Innovatsion rivojlanish vazirligining startaplar tanloviga ariza berishga tayyorgarlik ko‘ramiz (tanlov doirasida 1.5 mlrd so‘mgacha grant olish mumkin). Barcha loyihalarga omad!
Sanoqli soatlardan so‘ng (soat 14:00 da) C.A.T. Science Accelerator demo-kuni boshlanadi!
Bugun 12 ta jamoa Ilg‘or Texnologiyalar Markazining olimlari va akselerator mentorlari bilan ishlagan olti oylik faoliyat natijalarini namoyish etadi. Qayd etib o‘tamiz, ularning orasida Qozog‘iston, Buyuk Britaniya va AQSHdan taklif qilingan mentorlar ham bor edi.
Demo-kun Innovatsion rivojlanish vazirligining yangi binosida yopiq rejimda o‘tkaziladi. Ilg‘or Texnologiyalar Markazi tufayli barcha ishtirokchilarning xavfsizligini ta’minlash uchun hamma qatnashchilar COVID-19 ga test topshirdi.
Sizlar onlayn translyatsiyani tomosha qilishingiz mumkin, YouTube da chiqishlar videosi va fotohisobotlar tadbir yakunlanishi bilanoq e’lon qilinadi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi yangiliklarimizni bugun soat 14:00 da kuzatib boring.
Jamoalar Demo Kunning sovrinli o‘rinlari uchun kurashadi, keyinchalik esa Innovatsion rivojlanish vazirligining startap-loyihalar uchun 1.5 mlrd so‘mlik grantlariga da’vogarlik qilishlari mumkin!
Jamoalarga omad tilaymiz!
25 сентябрь куни, яъни саноқли кунлардан сўнг C.A.T. Science Accelerator Демо Куни ўтказилади!
Тадбир Инновацион ривожланиш вазирлигининг янги биносида бўлиб ўтади. Тадбирларни ўтказишга қўйиладиган талабларни ҳисобга олган ҳолда тадбир якунида фақат акселератор жамоалари, ҳайъат аъзолари ва менторлари иштирок этади.
Сиз Демо Кун видеолавҳасини YouTube ва Facebook да кўришингиз мумкин.
Демо-кунда жамоалар ўз лойиҳаларини тақдим этади, MVP ни кўрсатади, ҳайъат аъзоларининг саволларига жавоб беради.
Шунингдек бу йил акселератор жамоалари Инновацион ривожланиш вазирлигининг стартаплар танлови доирасида инвестициялар олишга ариза беришлари мумкин. Грант миқдори 1.5 млрд сўмгача бўлган маблағни ташкил этади!
Жамоаларга омад тилаймиз!