Navbatdagi vebinarimiz ertaga 11-may kuni soat 17:00 da bo’lib o’tadi.
Mavzu: Customer Development: muammoli intervyu, mijozlarni oʼrganish va rivojlantirish
Yaxshi startap maqsadli auditoriyaning yaxshi oʼylangan va aniqlangan muammosidan boshlanadi. Biz ushbu vebinarda boʼlgʼusi isteʼmolchingizning “ogʼriqli joyi”ni qanday topish mumkinligi va nega muammoni izlash yechimni izlash singari muhim ekani haqida soʼz yuritamiz. Mijozlar bilanш muammoni aniqlaydigan va yechimni taklif qiladigan intervyularni muhokama qilamiz.
Vebinar Zoom’da o‘tkaziladi, havola boshlanishidan bir soat oldin guruhga yuboriladi.
Barchangizni ertaga soat 17:00 da kutamiz!
Individual mentorlik sessiyasi
Shanba, 11:00 – 14:00
Oyiga bir necha marta har bir jamoa mutaxassislarning yordamini olish, o’z loyihasining kuchli va zaif tomonlarini tushunish va qaror qabul qilishda xatolikka yo’l qo’ymaslik imkoniyatiga ega bo’ladi.
Bizning mentorlar jamoasi Ilg‘or texnologiyalar markazi olimlari va boshqa sohalar (startaplar, yashil texnologiyalar, marketing va boshqalar) mutaxassislaridan iborat.
Birinchi uchrashuv 7-may kuni Ilg’or texnologiyalar markazida bo’lib o’tadi. Hududlardagi jamoalar bilan onlayn Zoom uchrashuvini tashkil qilamiz.
Barcha jamoalar 2 ta vazifani bajarishlari kerak:
1) startap hal qiladigan muammolarni shakllantirish va muammolar bilan ishlash uchun «canva»ni to’ldirish;
2) 6 oylik ish rejasini to’ldirish.
Topshirish muddati: 7 may (shu jumladan)
Xayrli tong! Hammani bugun, 4-may kuni vebinarimizda kutamiz!
Hududlardagi jamoalar, №1 uy vazifasini muhokama qilish uchun soat 16:30 da qo’shiling.
Vazifa haqida eslatma — har bir jamoa taqdimotning 1-2 slaydlarini tayyorlashi kerak, ular quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak:
+ loyiha nomi;
+ logotip;
+ saytda jamoa yaratganmisiz;
+ loyihangizda qanday innovatsiyalar bor / bo’ladi;
+ loyihangizda qanday IT texnologiyalari bor / bo’ladi.
Soat 17:00 da barcha jamoalar bilan jamoa qurish bo’yicha vebinarga o’tamiz.
Biz shakllanish bosqichlarini, jamoadagi rollarning turlarini va samarali jamoaviy ishning asosiy elementlarini muhokama qilamiz.
Vebinar Zoomda o’tkaziladi. Guruhimizga havolani vebinar boshlanishidan bir soat oldin yuboramiz.
Vebinar: Jamoani shakllantirish
4-may, chorshanba, soat 17:00