Архив постов: Sentyabr 2021

Toza suv (Pure Water)

Sentyabr 20, 2021

6 oy davom etgan C.A.T. Science Accelerator Biotech 3.0. da 4 ta quyidagi asosiy bosqichlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldik:

C.A.T. Science Accelerator Biotech 3.0 ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish va olimlarning biznes bilan aloqasini yo‘lga qo‘yishga yordam berdi. Unda biz biznes sohasida tayanch bilimga ega bo‘ldik. Bu esa startapimiz uchun muhim deb xisoblaymiz.

O‘zbekiston Respublikasi Innovasion Rivojlanish Vazirligi ko‘magida tashkil etilgan loyiha tashkilotchilari va hamkorlari Ilg‘or Texnologiyalar Markazi, StartupFactory.uz va Green Business Innovasion kompaniyalariga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Ularga kelgusi faoliyatida juda ko‘plab biz kabi jamoalarni to‘g‘ri yo‘lga tushib olishlarida yordam berishlaridek ma’sulyatli ishlarida omad tilaymiz.

Hurmat bilan, Toza suv (Pure Water) jamoasi!

BARKHAN BIOTECH

Sentyabr 20, 2021

Akselerator menga va jamoamizga startap loyiha xaqida, uni qanday qilib rivojlantirish, amaliyotga tadbiq etish, maxsulotni bozorga olib kirish, xaqida ma’lumotlar berdi. Bizga 6 oy davomida doimiy seminarlar o‘tkazildi. Seminarlar davomida startap loyihani qanday amalga oshirish va rivojlantirish to‘g‘risida soxaning tajribali mutaxassislarining maslaxat va takliflarini olishga imkoniyat yaratdi.

Biz akselerator orqali olgan ma’lumot va bilimlarimizdan foydalanib startap loyihasini yutishga erishdik, biz akseleratordan minnatdormiz!

Akselerator tashkilotchilari o‘z faoliyatini yaxshi olib bormoqda deb o‘ylayman. Mutaxassislar va seminarlar dizaynelari, vebinar tashkilotchilari, moderatorlar lektorlar juda yaxshi faoliyat olib borishmoqda. Albatta pandemiya tufayli ko‘p darslar onlayn o‘tkazilgan bo‘lsada lektorlarning professional maxrati, tarjimonlarning bo‘lishi o‘tilayotgan mavzuning tushunarli bo‘lishiga yordam berdi. Fikrimcha, akselerator faoliyatini kengaytirib, Respublikamiz bo‘ylab tarqatish lozim, chunki akseleratorda o‘rganiladigan ma’lumotlar juda qimmatli va o‘ta foydali deb xisoblayman.

Akselerator faoliyatiga omad tilaymiz!

IZOFULL

Sentyabr 20, 2021

Moliyaviy va marketing strategiyasini o’rgatdi, shuningdek startup loyihani to’liq shakllantirish va biznes rejani tayyorlashda akseleratorning foydasi juda katta bo’ldi!

Laboratoriyada amaliy ishlar tashkil etilsa yanada yaxshi bo’lardi.

ImmunoTea

Sentyabr 20, 2021

– C.A.T. Science Accelerator bizga malakali biznes-reja tuzish va uni tayyor mahsulotga etkazish haqida bilim berdi.

Bizning taassurotimiz hayratlanarli! Bizningcha, bu loyihaga turli mutaxassislarni jalb qilish kerak. Shuni bilishingizni istaymizki, har bir startapning g’alabasi – sizning xizmatlaringizdir. Murabbiylarga katta rahmat!

– Akselerator tashkilotchilari va murabbiylariga katta rahmat. O’tgan davr mobaynida olimlar  uchun ko’p foydali ko’nikmalarni oldik. C.A.T. Sciencce Accelerator – olimlar va ishbilarmonlar uchun ko’prik. Seminarlar va  uchrashuvlar jarayonida  katta bilim zahirasiga ega bo’lgan turli  odamlar bilan biz haqiqiy bilimlarga ega bo’ldik. Ayniqsa, biz uchun «jamoada ishlash», «statistika» va «brend yaratish» mavzularidagi treninglar juda foydali bo’ldi, shuningdek, , bizning startapimizni qurishda yordam beradigan ko’plab seminarlar o’tkazildi. Eng muhimi, akselerator loyihani «boshqa ko’zlar» bilan ko’rishga yordam berdi.

C.A.T. Sciencce Accelerator – bu ajoyib platforma va professionallardan haqiqiy bilim olish imkoniyati, shuningdek bu ilm -fan, turli ishlanmalar va sarmoyalar bilan shug’ullanadigan odamlar uchun ajoyib loyihadir.

Xudo xohlasa, kelajakda biz siz bilan bo’lamiz!

BIONOVATIC FOOD

Sentyabr 20, 2021

C.A.T. Science Accelerator – biznes kontseptsiyasini to’g’ri va malakali tuzishga va biznes-reja tuzishga yordam berdi. BIONOVATIC FOOD jamoasi nomidan biz butun katta C.A.T. Science Accelerator-ga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz.👍👍👍🥳🥳🥳

15-sentyabr kuni Ilg‘or Texnologiyalar Markazida C.A.T. Science Accelerator Biotech 3.0 dasturining Demo Kuni o‘tkazildi

Sentyabr 16, 2021

Aytish joizki, ilmiy loyihalar startap-akseleratsiyasi dasturi uchinchi bor o‘tkazilmoqda, bu safar e’tibor biotexnologiyalar sohasiga qaratildi.

Demo Kunda Toshkent, Termiz, Farg‘ona, Urganchdan 8 ta startap o‘z loyihasini taqdim etdi. Bugun biz ikki nominatsiya bo‘yicha sovrinlarni topshirdik:

📍Hakamlar hay’atining versiyasi bo‘yicha eng yaxshi loyihalar;
📍Akselerator mentorlarining va akseleratsiya platformasining versiyasi bo‘yicha eng yaxshi loyihalar.

 

G‘oliblarni tabriklaymiz!

Hakamlar hay’atining versiyasi bo‘yicha:

🥇IZOFULL — issiqlikni izolyatsiyalovchi energiya samarali suyuq qoplamalarni ishlab chiqarish;

🥈Ideal-polimer — tuproq sho‘rlanishining oldini olish va uni bartaraf etish uchun mo‘ljallangan polimer kompleks;

🥉Toza suv — suv uchun filtrlar ishlab chiqarish.

Akselerator mentorlarining versiyasi bo‘yicha eng yaxshi loyihalar:

🥇 IMRaDiS — oziq-ovqat mahsulotlarini patogenlar bor-yo‘qligiga tezkor tahlil qilish uchun mo‘ljallangan test-tizimlarni ishlab chiqish;

🥈 BARKHAN BIOTECH — termitlar va boshqa zararli hashoratlarga qarshi kurashish uchun biopreparatlar;

🥉 BIONOVATIC FOOD — reza-mevalar va sabzavotlarni tuproqsiz va quyosh nurisiz yetishtirish.

 

Loyihalarni baholagani va jamoalarga o‘z fikrlarini bildirgani uchun hakam ekspertlarga minnatdorchilik bildiramiz!

🔷 Akmal Salixov, Vronica kompaniyasining asoschisi, startaplar mentori;
🔷 Xusan Xasanov, Islom Taraqqiyot Bankining vakili;
🔷 Barno Ortiqxo‘jayeva, LiPatch startapining asoschisi;
🔷 Alisher Abdullayev, Ilg‘or Texnologiyalar Markazi direktorining o‘rinbosari, biologiya fanlari doktori, professor.

Shuningdek, jamoalar innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari Shahlo Turdiqulovaning ham fikr-mulohazalariga ega bo‘ldi.

Akselerator finaligacha yetib kelgan 8 ta jamoaning hammasini tabriklaymiz, o‘z loyihalaringizni rivojlantirishda davom etishingizga hamda barqaror biznesni yaratib, uni ko‘lamlashtirishga erishishingizga umid qilamiz!

__________

Eslatib o‘tamiz, bugun moliyaviy grantlar o‘ynalgani yo‘q, har bir loyiha Innovatsion rivojlanish vazirligining startaplar uchun grantlar tanloviga alohida ariza beradi.

__________

C.A.T Science Accelerator Biotech 3.0 Demo Kuni tadbiri qanday o‘tgani haqida bizning videoda tomosha qiling!

15-sentyabr kuni Ilg‘or Texnologiyalar Markazida C.A.T. Science Accelerator Biotech 3.0 dasturining Demo Kuni o‘tkaziladi

Sentyabr 12, 2021

Unda dastur finaligacha yetib borgan 8 ta jamoa o‘z loyihalarini taqdim qiladi.

Demo Den “jonli”, ya’ni offlayn-rejimda o‘tkaziladi. Tadbirlarni o‘tkazishga qo‘yiladigan talablarni inobatga olgan holda finalda faqat akselerator jamoalari, hakamlar hay’ati va mentorlar ishtirok etadi.

Hududlar jamoalarini finalga kelishga taklif qilamiz.

Tez orada loyihalarni baholaydigan ekspertlarning ro‘yxatini e’lon qilamiz.

Demo Kundan keyin akselerator jamoalari Innovatsion rivojlanish vazirligining startaplar tanlovi doirasida investitsiyalar olishga ariza berishlari mumkin.

Barcha jamoalarga muvaffaqiyat tilaymiz!

  • Yangi maqolalar

  • Yangi sharhlar

  • Arxivlar

  • Bo’limlar

  • Meta