Архив постов: Iyul 2022

Biznesda geymifikatsiya. Startaplarni ilgari surish uchun Growth Hacks.

Iyul 18, 2022

Kelayotgan chorshanba, 20 iyul kuni 2 mavzuda vebinar oʼtkaziladi:

– Biznesda geymifikatsiya;
– Startaplarni ilgari surish uchun Growth Hacks.

Vebinarda biz geymifikatsiya nima ekani, startaplar qanday qilib bu texnikani qoʼllashi mumkinligi va Growth Hacks oʼzi nima ekani (nostandart ilgari surish metodlari va oson joriy etiladigan va samaradorlikni oshiradigan kichikroq yechimlar) haqida gapirib beramiz.

Sana: 20 iyul, chorshanba
Vaqt: 17:00

Vebinar Zoom platformasida o’tkaziladi, havola boshlanishidan bir soat oldin guruhga yuboriladi.

Iyul 18, 2022

Vebinar: Biznesda geymifikatsiya; Startaplarni ilgari surish uchun Growth Hacks.

Chorshanba, 17:00

HEALTHYPERS jamoasi bilan intervyu

Iyul 15, 2022

Biz intervyular seriyasini davom ettiramiz va «HEALTHYPERS» jamoasi bilan tanishamiz.

1. Sizning startapingiz g’oyasi qachon paydo bo’lgan va qanday mahsulotlarni taklif qilasiz?

Bizning startap g’oyamiz oilamizdagi farzandlarimiz kiygan pamperslar muammolari tufayli teri qizarishi, toshmalar va yaralar paydo bo‘lishi natijasida yuzaga keldi, bu esa yechim izlashimizga asosiy sabab bo‘ldi. Aslida oddiygina ko’rinadigan bu kichik muammo 99,9 foiz yosh bolali oilalarda uchraydi. Hamma yechim izlaydi, kimdir dorilardan foydalanadi, kimdir upalar ishlatadi, kimdir esa tabiiy usullardan foydalanadi. Aslida birgina yechim ushbu muammoni hal qiladi va biz bu yechimni topdik, aynan 2-si 1-da pamperslarini ishlab chiqdik. Biz HEALTHYPERS jamoasi davolovchi hususiyatga ega bo’lgan pamperslarni Respublikamizdagi barcha kichik bolajonlar uchun taklif etamiz. Zero ularning kichik tanlari ozorsiz, ko’zlari namsiz ulg’aysin. Farzandlarimiz bizning kelajagimizdir.

2018 yilda faqatgina g’oya sifatida o’ylab, pampers ishlab chiqarish bo’yicha patentlarni topib o’rganib chiqib, intelektual mulk agentligiga murojaat etib, foydali model sifatida patent olish uchun hujjatlarni tayyorladik. Vaqt o’tib 2021-yil oktyabr oylarida yangi jamoa shakllantirdik. Va bu g’oya uchun Mirzo Ulug’bek vorislari Respublika tanlovida viloyat va shaxar bosqichi g’olibi bo’lib pul mablag’i bilan taqdirlandik.

2. Jamoangizda qanday mutaxassislar bor?

Jamoamiz to‘rt nafar mutaxassisdan iborat:

– Tairova Dilobar Baxtiyarovna – biotexnolog;

– Shermatova Iroda Baxtiyarovna – marketolog, texnolog;

– Shakarboyeva Havasoy Faxriddin qizi – g’oya muallifi, talaba;

– Yakubov Shaxzodbek Uktamovich – sotuv ishlari bo’yicha maslahatchi.

3. Ushbu sohada ishlashni boshlashingizga nima turtki bo’ldi?

Zamonaviy bolalarni pamperslarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Bu pamperslarni foydasi bo’lganidek zarari ham ko’p. Misol uchun bolalar ostida aynan pamperslar tufayli kelib chiqadigan allergic toshmalar. Bu toshmalarga vaqtida e’tibor ko’rsatilmasa oddiy toshmalar katta yaralarga olib kelishi mumkin va bu onani va albatta bolajonni ancha qiynab qo’yadi.

4. Mahsulotingizning qadri va o‘ziga xosligi nimada?

Mahsulotimizni o’ziga hosligi shundaki bunda pamperslar sizga bolaning faqat quruqligini emas balki sog’lom terisini ham ta’minlaydi. Allergiyaga boshqa yechimlarga qaraganda HEALTHYPERS pamperslari 2tasi 1ta yechim hisoblanadi. Maz, har hil o’simlik damllamalarini ishlatganingizda siz pamperslardan foydalana olmaysiz. Bunda esa ko’p vaqt yo’qotasiz. Bizning yechimda hammasi bir vaqtda.

5. Tagliklaringizning fito-tarkibiga qanday dorivor o’tlar kiradi?

Bizning mahhsulot tarkibiga eng samarali va allergiya chaqirish hususiyati deyarli yo’q bo’lgan dorivor o’tlar kiritilgan.

– shalfey;
– romashka;
– rozmarin;
– lavanda.

Bu o’simliklar yaralar va toshmalar biytishini tezlashtiradi, terini tinchlantiradi, bola terisini avaylaydi.

6. Sizning hisob-kitoblaringiz bo’yicha mahsulotingiz tannarxi bozordagi oddiy tagliklardan qanchalik farq qiladi?

Bizning hisob-kitobimizga ko’ra bozorda o’rtacha pamperslar narxi 2500 so’mni tashkil etsa. Bizning mahsulot tannarxi o’rtacha 3500-4000 so’mni tashkil qiladi.

7. Ilg‘or texnologiyalar markazi laboratoriyalaridan qanday foydalanishni rejalashtiryapsiz?

Biz Ilg’or texnologiyalar markazi labaratoriyasidan pampersimizga kerak bo’ladigan gidrogel tasmachani olish uchun foydalanmoqchimiz.

 

Biznes-rejalashtirish boʼyicha Ikkinchi vebinar

Iyul 12, 2022

Biznes-rejalashtirish boʼyicha Ikkinchi vebinar kelayotgan chorshanba, 16 iyul kuni oʼtkaziladi.

Spiker:

Аleksandr Yudakov — OʼzR Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilgʼor texnologiyalar markazining texnologiyalarni tijoratlashtirish va transfer qilish boʼlimi boshligʼi.

Vebinar avval berilgan topshiriqlarni ko‘rib chiqish bilan boshlanadi, so‘ngra “Marketing tahlili” mavzusiga o‘tamiz.

Sana: 16 iyul, shanba kuni

Vaqt: 11:00

Vebinar Zoom platformasida o’tkaziladi, havola boshlanishidan bir soat oldin guruhga yuboriladi.

Iyul 12, 2022

Vebinar: Biznes-rejalashtirish

Shanba, 11:00

«Smart Bunker» JAMOASI BILAN INTERVYU

Iyul 5, 2022

Biz intervyular seriyasini davom ettiramiz va «Smart Bunker» jamoasi bilan tanishamiz.

1. Bizga loyihangiz haqida so’zlab bering. Nima ishlab chiqarishni rejalashtiryapsiz? Sizning startapingiz g’oyasi qachon paydo bo’lgan?

Hozirgi kunda don (bug’doy, paxta) va barcha seyalkalardagi bunkerlarda ekiladigan mahsulotlar va shu bilan birga mahsulotlarga o’g’it sepish uchun aqilli tizim ya’ni Smart Bunker loyihasini ishlab chiqdik. Bu tizim quyidagi mummolarga yechim topadi:

‐ mashinistning jismoniy toliqishi;

‐ yoqilg’ining sarf bo’lishi;

‐ vaqtning behuda sarf bo’lishi;

‐ yillik hosildorlikning kamayishini bartaraf etadi.

Qishloq xo‘jaligidagi texnikalarini, yani seyalkalarda bunkerga solingan maxsulotni satxini nazorat qiluvchi qurilmani chiqarish rejalashtirilgan.

Startap g’oya qishloq xo’jaligidagi eski tizmni kuzatgandan so’ng bu holatni yaxshilash maqsadida yangi avtomatlashgan tizimni «Smart Bunker» qurilmasini ishlab chiqish g’oyasi paydo bo’lgan.

Smart Bunker mahsuloti:

2. Jamoangizda qanday mutaxassislar bor?

Jamoadagi mutaxassislar:

3. Aqlli urug’ sepuvchi – u boshqa turdagi urug’ sepuvchilardan nimasi bilan farq qiladi?

Firma nomi Texnika va qurilma narxi (so‘m) Afzalliklari Kamchiliklari
1 JOHN DEERE 1590 663.000.000 -Ko’p funksiyalarga ega,
-Ko’p parametrlarga ega,
-Masofadan boshqarish rejimi.
– Narxi bo’yicha, fermerlar uchun qimmat
2 AGROS 145.000.000 -Don sathi avtomatlashtirilgan tizimi mavjud. – Narxi bo’yicha, fermerlar uchun qimmat,
– Ekspulatatsiyaga yaroqsiz.
3 MONOSEM 8 rangs 114.200.000 -Don sathi avtomatlashtirilgan tizimi mavjud. – Narxi bo’yicha, fermerlar uchun qimmat,
– Ekspulatatsiyaga yaroqsiz.
4 MONOSEM 4 rangs 110.700.000 -Don sathi avtomatlashtirilgan tizimi mavjud. – Narxi bo’yicha, fermerlar uchun qimmat,
– Ekspulatatsiyaga yaroqsiz.
5 SMART BUNKER 8.000.000 -Don sathi avtomatlashtirilgan tizimi mavjud,
-Ekspulatatsiya jihatidan qulay,
-Elektr energiya tejamkorligi,
-Tizim mukammal, ishonchli va puxta,
-Narxi jihatdan arzon.
-Masofadan boshqarilmaydi,
-Ko’p funksiyaga hali ega emas.

4. Qaysi donlarni saralash uchun ushbu ixtirodan foydalanish mumkin? Cheklovlar bormi?

Seyalkalardagi bunkeriga solib ekiladigan barcha maxsulotlar uchun bu qurilmadan foydalanish mumkin.

5. Bunday texnologiyaning samaradorligi va «umr ko’rish muddati» qancha?

O‘zbekiston Respublikasida seyalkalar soni 3.200 dan ortiq. Bu qurilma  ishdan chiqsa, servis xizmatini uzimiz kursatamiz. Bu loyixa maqsadi va akselerator yordamida qishloq texnikasini avtomatik qurilmalarini rivojlantirish, yani Smart Bunker qurilmasida tuxtab qolish emas.

6. Hisob-kitoblaringiz bo’yicha, sizning aqlli ixtiroingiz narxi an’anaviy urug’ sepuvchilardan qancha farq qiladi?

Bu ishlab chiqilgan Smart Bunker qurilmasi 8 mln so’mni tashkil qiladi. O’zbekistonda eski seyalkalarda bu qurilma hali ishlab chiqilmagan. Yangi ishlab chiqarilgan texnikalarda bu funksiya mavjud, lekin texnikani sotib olish qimmatga aylanadi.

7. Loyihani amalga oshirish uchun sizga qancha boshlang’ich kapital kerak?

20.650.000 so‘m

8. Ilg‘or texnologiyalar markazi laboratoriyalaridan qanday foydalanishni rejalashtiryapsiz?

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti qoshidagi «AUTONOMOUS» ilmiy-amaliy laboratoriyasida amalga oshiriladi.

Smart Bunker jamoasi ish jarayonida:

Biznes-rejalashtirish boʻyicha seminarlar seriyasi

Iyul 4, 2022

Biz C.A.T. Science Accelerator 4.0 jamoalari uchun biznes-rejalashtirish boʼyicha seminarlar ruknini boshlayapmiz.

Birinchi sessiya kelayotgan chorshanba, 6 iyul kuni soat 17:00 da oʼtkaziladi.

Spiker:

Аleksandr Yudakov — OʼzR Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilgʼor texnologiyalar markazining texnologiyalarni tijoratlashtirish va transfer qilish boʼlimi boshligʼi.

Аleksandr qator seminarlarni oʼtkazadi, ularda Innovatsion rivojlanish vazirligining investitsiyalariga ega boʼlish maqsadida oʼtkaziladigan tanlovda qatnashish uchun biznes-rejada nimalar boʼlishi kerakligi va biznes-reja qanday standartlarga muvofiq boʼlishi lozimligi haqida batafsil soʼzlab beradi.

Vebinar Zoom platformasida o’tkaziladi, havola boshlanishidan bir soat oldin guruhga yuboriladi

Iyul 4, 2022

Vebinar: Biznes-rejalashtirish

Chorshanba, 17:00

  • Yangi maqolalar

  • Yangi sharhlar

  • Arxivlar

  • Bo’limlar

  • Meta