Архив постов: Avgust 2022

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan startaplar tanloviga ariza tayyorlash

Avgust 15, 2022

C.A.T. Science Accelerator 4.0 jamoalari uchun biznes-reja bo’yicha oltinchi vebinar 17 avgust kuni o’tkaziladi.

Mavzu: Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan startaplar tanloviga ariza tayyorlash.

Spiker: Аleksandr Yudakov — OʼzR Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilgʼor texnologiyalar markazining texnologiyalarni tijoratlashtirish va transfer qilish boʼlimi boshligʼi.

Aleksandr sizga ariza topshirish uchun vazirlikning barcha talablari haqida soʻzlab beradi. Arizani va barcha hujjatlarni qanday to’ldirishni ko’rsatadi.

Sana: 17 avgust, chorshanba kuni
Vaqt: 17:00

Vebinar Zoom platformasida o’tkaziladi, havola boshlanishidan bir soat oldin guruhga yuboriladi.

Avgust 15, 2022

Vebinar: Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan startaplar tanloviga ariza tayyorlash

Chorshanba, 17:00

“Barkhan biotech” MChJ Xorazm teleradiokanalining “Reportaj” dasturida

Avgust 12, 2022

Xorazm teleradiokanalining “Reportaj” dasturida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan 2021 yilda moliyalashtirilgan Gurlan innovatsion hududidagi loyihalar haqida so‘zlab berildi.

Loyihalar orasida C.A.T. Science Accelerator Biotech 3.0 dasturimizning so‘nggi to‘plamining finalchilari bo‘lgan “Barkhan biotech” MChJ ham bor.

“Barkhan biotech” MChJ tomonidan biologiya, ekologiya fanlarini o‘rganish va zararli hasharotlarga qarshi kurashish chora-tadbirlarini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Kompaniya termitlar va boshqa zararli hasharotlar bilan kurashish uchun biologik mahsulotlar ishlab chiqdi.

Shuningdek, ularni joriy oyda Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) mamlakatlari tadbirkorlari ishtirokida oʻtkazilgan Biznes-forumda ishtirok etgani haqida xabar berildi.

Ularning biopreparati qanday ishlab chiqilgani, qo’llanilishi va zararkunandalarga qanday ta’sir qilishi haqida video reportajni tomosha qiling:

Manba: Innovatsion rivojlanish vazirligi

 

Avgust 11, 2022

Vebinar: Tannarx va narxlash

Shanba. 11:00

Tannarx va narxlash

Avgust 11, 2022

13 avgust kuni soat 11:00 da Evgeniya Son bilan vebinar bo’lib o’tadi

Mavzu: Tannarx va narxlash

Spiker: Evgeniya Son

Evgeniya buxgalteriya hisobi va audit sohasida 15 yillik tajribaga ega. U Yaran Consulting kompaniyasining hamkori, «Рабочая тетрадь для начинающих предпринимателей» (Boshlang’ich tadbirkorlar uchun ish kitobi) muallifi, shaxsiy moliya bo’yicha kurs muallifi va tadbirkorlar uchun @yaranuz telegram kanalini yuritadi.

Evgeniya Toshkent moliya institutini tamomlagan, milliy buxgalter sertifikati, milliy auditor sertifikati va xalqaro buxgalter sertifikatiga ega.

Vebinar uchun sizga quyidagilar kerak bo’ladi:
✓ startapingizning barcha xarajatlari ro’yxati;
✓ Kalkulyator va Excel, chunki kichik amaliy ish rejalashtirilgan;

Sana: 13-avgust
Vaqt: 11:00

Vebinar Zoom platformasida o’tkaziladi, havola boshlanishidan bir soat oldin guruhga yuboriladi.

«HEMO DENT» jamoasi bilan intervyu

Avgust 10, 2022

Biz intervyularimiz turkumini davom ettiramiz va «HEMO DENT» jamoasi bilan tanishamiz

1. Bizga loyihangiz haqida so’zlab bering. Nima ishlab chiqarishni rejalashtiryapsiz? Sizning startapingiz g’oyasi qachon paydo bo’lgan?

Bizning loyihamiz qon to’xtatuvchi gel dori pereparatlarini ishlab chiqarish. Bizning qon to’xtatuvchi gelimiz stomatologiya, onkologiya, dermotologiya, kosmetologiya sohalarida keng qo’llash mumkin.

Bizda ushbu g’oya aynan mening o’zimda stomatologiya muolajasidan keyin paydo bo’lgan. Misol uchun, stomatologlar implantatsiyadan yoki boshqa muolajalardan keyin jarohatdan ketayotgan qonni to’xtatish maqsadida sterilizatsiya qilingan paxta va salfetka (bint)lardan foydalanadilar, bu esa bemorga ham, shifokorga ham bir qancha noqulayliklarni keltirib chiqaradi va ko’pincha bu usul samarasiz bo’ladi. Yoki bemor stomatologik muolajadan keyin uyga qaytganda jarohatdan qon ketishi mumkin, bu esa bemorning hayoti uchun xavfli. Agar qon tezda to’xtatilmasa bemorning ahvoli og’irlashishi mumkin. Bizning gel dori pereparatimizni uy sharoitida va shifokor retseptisiz qo’llash mumkin, u mutlaqo zararsiz.

2. Jamoangiz qanday mutaxassislardan iborat?

Bizning jamoa 2 mutaxassisdan iborat:

– Loyiha raxbari: Dilmurodov Ma’rufjon Elmurodovich – Farmatsevtika ta’lim va tadqiqod instituti 2-kurs talabasi.

– Yordamchi texnolog: Baxtiyorov Diyorbek Ixtiyorovich – Farmatsevtika ta’lim va tadqiqod instituti 2-kurs talabasi.

3. Sizning yechimingiz boshqa mavjud stomatologik gemostatik vositalardan nimasi bilan farq qiladi?

Bunday gel vositasi Respublikamiz hudida ishlab chiqarilmaydi. Bizning qon to’xtatuvchi gel pereparatimiz shifokorlarga ham bemorlarga ham bir qancha qulayliklarni yaratib beradi. Qon ketishini to’xtatishning boshqa usullaridan yuqori samaradorlik va foydalanish qulayligi bilan ajralib turadi. Turli xil nojo’ya ta’sirlari yoq.

4. Gemostatik gel qanday va qanchalik tez ishlaydi?

Bizning qon to’xtatuvchi gel pereparatimiz bir vaqtning o’zida ham jarohatdan qon ketishini to’xtatadi va og’riqni ham qoldiradi. O’rtacha hisobda bizning dori vositamiz 3-4 minut davomida jarohatdan ketayotgan qonni to’xtatadi va og’riqsizlantiradi.

5. U boshqa maqsadlarda, masalan, kesilish va yaralar kabi yuzaki jarohatlarda qon ketishini to’xtatish uchun ishlatilishi mumkinmi?

Qon to’xtatuvchi gel dori vositasi har qanday tashqi qon ketishda qo’llash mumkin. Ushbu dori vositasini uy sharoirida qo’l va boshqa tana a’zolari jarohatlanganda yoki yosh bolalarda sut tishlari tushgan vaqtda jarohatdan qon ketganda qo’llash mumkin. Uy sharoitida qo’llash oson bo’lishligi uchun gelimizning idishida maxsus dazatorlari mavjud. Ushbu gel pereparati turli xildagi idishlarda ishlab chiqariladi va har bir dori qadog’i ichida maxsus nasadkalar va maxsus sterilizatsiya qilingan salfetkalar bo’ladi.

6. Bozor va iste’molchi tadqiqotlari qanday natijalarni ko’rsatdi?

Yuqorida aytib o’tganimizdek, mamlakatimizda bunday dori-darmonlarni boshqa hech kim ishlab chiqarmaydi va bugungi kunda uni qo’llash ijobiy natijalarni ko’rsatmoqda. Bizning dori-darmonlarni iste’molchilarning yoshi 6 yoshdan 70 yoshgacha.

7. Xalqaro bozorga chiqish rejalaringiz bormi?

Jamoamiz bilan keyinchalik ushbu gel dori vositasining ustida ishlab tarkibini yanada mukamallashtirib va boshqa yangi qo’shimchalar kiritib neyroxirurgik va mikro xirurgik operatsiyalarda ham qo’llaniladigan shaklda ishlab chiqarish va ushbu mahsulotlarni xalqaro bozorga chiqarishni oldimizga reja qilib qo’yganmiz.

8. Ilg‘or texnologiyalar markazi laboratoriyalaridan qanday foydalanishni rejalashtiryapsiz?

Gel tarkibidagi aminokapron kislota va lidokain tahlil usullarini ishlab chiqish va sifatini baholash uchun yuqori samarali suyuqlik xromatografiya uskunasidan foydalanmoqchimiz.

Biznes-reja bo’yicha beshinchi vebinar: Moliya

Avgust 8, 2022

C.A.T. Science Accelerator 4.0 jamoalari uchun biznes-reja bo’yicha beshinchi vebinar 10 avgust kuni o’tkaziladi.

Mavzu: Moliya

Spiker:
Аleksandr Yudakov — OʼzR Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilgʼor texnologiyalar markazining texnologiyalarni tijoratlashtirish va transfer qilish boʼlimi boshligʼi.

Aleksandr korxonani moliyaviy rejalashtirishning asosiy tushunchalari, biznes-rejaga kiritilishi kerak bo’lgan moliyaviy shakllar, moliyaviy-iqtisodiy rejalar va byudjetlar haqida so’zlab beradi.

Sana: 10 avgust, chorshanba kuni
Vaqt: 17:00

Vebinar Zoom platformasida o’tkaziladi, havola boshlanishidan bir soat oldin guruhga yuboriladi.

Avgust 8, 2022

Vebinar: Moliya

Chorshanba, 17:00

Akseleratorning mentorlari bilan individual uchrashuvlar

Avgust 4, 2022

Shu shanba, 6 avgust kuni barcha jamoalar uchun akseleratorning mentorlari bilan individual uchrashuvlar o‘tkaziladi.

Har bir jamoa o’z guruhidagi mentorlar bilan uchrashuv tashkil qilishi kerak: qulay vaqt va formatni tanlang (onlayn/oflayn)

Mentorlik uchrashuviga jamoalar quyidagilarni oldindan tayyorlashlari kerak:

– loyihaning mohiyatini batafsil tavsifi;

– mentorlarga savollar;

– hozir qanday muammolarga/qiyinchiliklarga duch kelayotganingizni tavsifi;

– jamoaning avgust oyi uchun rejalari;

– mentoringizdan qanday yordam kutayotganingizni tavsifi.

6 avgust kuni Ilg’or texnologiyalar markazida seminar BO’LMAYDI.

Avgust 4, 2022

Akseleratorning mentorlari bilan jamoalarning individual uchrashuvlari

  • Yangi maqolalar

  • Yangi sharhlar

  • Arxivlar

  • Bo’limlar

  • Meta