2022-yil oktabr oyida C.A.T. Science Accelerator 4.0. ishtirokchilari uchun yakuniy tadbir – Demo kuni – oʻtkaziladi.
Akseleratorning 3 nafar finalchisi 100 million so‘mdan mablag‘ga ega bo’ladi. Shuningdek, barcha finalchilar Innovatsion rivojlanish vazirligi grantiga biznes-reja taqdim etishlari mumkin bo‘ladi.
Demo kunining sanasi yaqin kunlarda e’lon qilinadi.
Yangiliklarini kuzatib boring!
Biz akselerator jamoalari bilan intervyular turkumini davom ettiramiz va bugun “GEOMEMBRANA” jamoasi o‘zlarining startap loyihasi haqida gapirib beradi.
1. Loyihangiz haqida bizga soʻzlab bering. Nima ustida ishlayapsiz?
Mahalliy xomashyolardan erto’la va bino tomlari uchun harorat saqlovich geomembranlarni olish va qo‘llash texnologiyasi ustida ishlayapmiz. Loyihamiz hizirgi kunda laboratoriyada ishlar olib borilmoqda oz miqdorda namunalar olinmoqda va sinov amaliyoti olib borilmoqda.
2. Jamoangiz qanday mutaxassislardan iborat?
Jamomiz 4 nafar mutaxassisdan iborat.
– Loyiha asoschisi va raxbari: Jurayev Mirjalol, mustaqil ilmiy izlanishlar olib borivchi shaxsh.
– Texnolog: Eshqurbonuv Furqat, mustaqil ilmiy izlanishlar olib boruvchi shaxs.
– Labоrant: Sanjar Samatov, “Organik moddalarning kimyoviy texnologiyasi” mutaxassisligi bo‘yicha 2-kurs magistranti.
– Hisobchi: Ilhom Nomozov.
3. Geomembranalar boshqa tom yopish himoya qoplamalaridan qanday farq qiladi?
Bizning geomembranimiz boshqa materiallardan yangi moddaning qo‘shilishi tufayli issiqlik va sovuqqa yuqori chidamliligi bilan ajralib turadi.
4. O‘zbekistonda geomembranlarni o‘rnatishga talab bormi?
O‘zbekistonda geomembranlarga talab bor, chunki geomembrana qishloq xo‘jaligi va qurilish sohosida keng qo‘llaniladi. U sovuq davrlarda issiqlikni saqlash va iqlimning keskin isishi tufayli paydo bo’lgan issiqlikni qaytarish uchun kerak. Geomembrana suvni ham tejash uchun zarur hamoshyo hisoblanadi.
Namligi yuqori bo’lgan joylarda yangi qurilgan uylar tez zak ko’tarilishi tufayli yaroqsiz holga keladi. Buning oldini olish va uylarni uzoq vaqt davomida yaxshi holatda saqlash uchun biz geomembrandan foydalanishimiz mumkin. Misol uchun, agar ko’p qavatli binolardagi har bir xonadon ichidan geomembran bilan qoplangan bo’lsa, u holda suv toshqini paytida pastki qavatlarga suv o’tib ketmaydi.
5. Loyihaning eng qiyin qismi nima deb o’ylaysiz?
Kerakli jihozni olib kelish eng qiyin qismlardan biridir.
6. Loyihangiz qanchalik raqobatbardosh? O’zbekistonda uning analoglari bormi?
Ha, bizning raqobatchilarimiz bor, lekin bizning Geomembranimiz boshqa geomembranlardan uning tarkibiga yangi modda qoshilganligi uchun issiq va soviqa o’ta chidamli bo‘lgani bilan ajralib turadi.
7. Mahsulotingizni ishlab chiqarish uchun iqtisodiy hisob-kitoblarni amalga oshirdingizmi, agar shunday bo’lsa, o’zini oqlash muddati qancha?
Ha, mahsulotimiz ishlab chiqarilgandan keyin 3 yil o’tgach, biz xarajatlarni qoplashni kutmoqdamiz.
8. Ilg‘or texnologiyalar markazi laboratoriyalaridan qanday foydalanishni rejalashtiryapsiz?
Bizda mavjud bo‘lmagan laboratoriya jihozlaridan foydalanmoqchimiz.
“GEOMEMBRANA” jamoasiga intervyu uchun minnatdorchilik bildiramiz va loyihani rivojlantirishda muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Jamoalar uchun yakuniy topshiriq: Demo kuni uchun pitch-video va taqdimot tayyorlash.
Jamoalar yakuniy topshiriqni tayyorlashni boshladilar. Demo kunidan oldin loyiha koordinatorlari va mentorlari barcha videolarni ko‘rib chiqadilar hamda pitch va taqdimot bo‘yicha sharhlar berishadi.
Vazifa topshirish muddati: 5 oktyabr
Hozircha Demo kunining sanasi belgilangani yo‘q.
Jamoalar yakuniy loyihalarini topshirmoqdalar
Dunyo olimlari noqulay o’sish sharoitlarda o‘simliklarni parvarish qilishning yangi texnologiyalarini yaratish ustida ishlamoqda va bu ishga mamlakatimiz olimlari ham katta hissa qo‘shmoqda.
Bugun biz akseleratorimizda ishtirok etayotgan «GIDROGEL» jamoasining ishi bilan tanishamiz.
1. Loyihangiz haqida bizga soʻzlab bering. Nima ustida ishlayapsiz?
Loyihamizning qisqacha mazmuni – biz Hydrogel ishlab chiqarish ustida ishlamoqdamiz, ya’ni bu o’simliklar uchun etarli miqdorda namlikni ta’minlaydigan kimyoviy moddadir.
2. Jamoangiz qanday mutaxassislardan iborat?
Jamoamiz 5 kishidan iborat.
– Loyiha asoschisi: Normurotov Jaxongir Boymurodovich, kimyogar-texnolog, Termiz muhandislik-texnologiya instituti 2-kurs magistranti, “Polimer kopmlekslar yordamida tuproq sho‘rlanishini oldini olish va bartaraf etish texnologiyasini yaratish” mavzusidagi “Bo’lajak olim” tanlovi g‘olibi».
– Texnolog: Tursunov Sarvar, kimyo-texnolog, Termiz muhandislik-texnologiya instituti 2-kurs magistranti.
– Yordamchi texnolog: Poyonov Shahzot, kimyo-texnolog, Termiz muhandislik-texnologiya instituti 4-bosqich talabasi.
– Laborant: Iskandarova Shohodat, TerDU pedagogika instituti 4-kurs talabasi.
– Yordamchi laborant: Davronova Munisa, Termiz muhandislik-texnologiya instituti 2-kurs magistranti.
3. Nima uchun gidrogel o’simliklar uchun foydali?
Gidrogel suv tanqisligi yuqori bo’lgan qurg’oqchil va lalmikor yerlarda namlikni saqlash uchun foydalidir.
4. Gidrogelga qanday o’simliklar ekish mumkin?
Gidrogel barcha bir yillik va ko’p yillik o’simliklar uchun foydali hisoblanadi.
5. Qayerdan sotib olish bo’ladi va yakuniy iste’molchi uchun mahsulotingizning narxi qancha bo’ladi?
Uni gul do’konlarida sotib olish mumkin. Yaqinda yakuniy iste’molchimizga 85 000 (sakson besh ming) so‘mga sotdik.
6. Ilg‘or texnologiyalar markazi laboratoriyalaridan qanday foydalanishni rejalashtiryapsiz?
Ilg‘or texnologiyalar markazi laboratoriyalarida tuproq sho‘rlanishining kelib chiqishi va darajasi bo‘yicha laboratoriya tadqiqotlari natijalarini hamda tuproq namunalarini olishni rejalashtirganmiz.
Oksana Charyshnikova – loyiha menejeri, Ilg’or texnologiyalar markazining Eksperimental biofizika laboratoriyasi rahbari, 2018 yilning C.A.T. Science Accelerator dasturining birinchi ishtirokchilaridan biri.
Oksana va uning jamoasi kindik qoni oʻzak hujayralari milliy bankini yaratish ustida ishlamoqda. Oʻzak hujayralari tanamizdagi barcha hujayralarning boshlangʻich hujayralaridir, shuning uchun ular saraton kasalligiga qarshi kurashda faol qo’llaniladi.
Innovatsiyalar haqida oddiy tilda – Anna Jelixovskayaning Sputnik uchun tayyorlagan reportajida.
Manba: Sputnik Узбекистан
17-sentyabr, shanba kuni Ilg‘or texnologiyalar markazida mehmon spiker bilan seminar bo‘lib o‘tadi
Artur taqdimotni qanday qilib to‘g‘ri o‘tkazish, tinglovchilarga qisqa muddat ichida maksimum axborotni qanday yetkazish va auditoriya oldida o‘zini yo‘qotib qo‘ymaslik haqida gapirib beradi.
Bu seminar juda muhim, chunki sizning taqdimot bo‘yicha ko‘nikmalaringiz juda tez orada – akselerator Demo Kunida zarur bo‘ladi.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatining barcha jamoalari oflayn ishtirok etishi shart!
Boshqa viloyatlardagi jamoalar uchun Zoom’da onlayn translyatsiya mavjud bo’ladi.
Seminar: «Omma oldida chiqish. Omma oldida o‘z startap-loyihangizni taqdim qilish ko‘nikmalari»
Shanba, 11:00
Intervyularimiz turkumini davom ettiramiz. Bugun «Milk Silk» jamoasi o’z loyihasi haqida so’zlab beradi.
Biz hammamiz bilamizki, paxta, jun, ipak va zig’ir tola ishlab chiqarish uchun mashhur tabiiy materiallardan biridir. Ammo «Milk Silk» startap loyihasi sut oqsili (kazein)dan tolalar ishlab chiqarish bilan shug’ullanmoqda.
Keling, ularning ishlari bilan yaqinroq tanishaylik.
1. Loyihangiz haqida bizga soʻzlab bering. Nima ustida ishlayapsiz?
“Milk-Silk” loyihasi istemolga yaroqsiz achib qolgan sutni tarkibidagi (kazein) oqsildan tola olish orqali, sanoatda antibakterial kiyim kechaklar, tibbiyot sohasida bint, ichki va tashqi tikuv uchun jarrohlik iplarni ishlab chiqarish ustida ishlamoqda.
2. Jamoangiz qanday mutaxassislardan iborat?
Jamoamiz 2 nafar mutaxassisdan iborat.
Loyiha asoschisi: Islombek Usmonov Yakubjon o`g`li – iqtisodchi, yurist, mustaqil ilmiy izlanishlar olib boruvchi shaxs, “Milk-Silk” loyihasi bilan “O`zbekiston uchun 100-g`oya” Respublika tanlovi g`olibi.
Yordamchi texnolog: G`ulomova Shahlo Rahmonjon qizi – Toshkent tibbiyot akademiyasi Tibbiy pedagogika fakulteti 6-bosqich talabasi.
“Akademik Abdullaxodjaeva Malika Samatovna” stipendiyasi sohibasi.
3. Kazein tolasini ishlab chiqarish g’oyasi qachon va qanday paydo bo’lgan?
2015-yili internetda Eco-bizneslar haqida ma`lumot o`qib qoldim. 1930-yillarda Italiyada ilk bor sut oqsili (kazein)dan tola ishlab chiqarilganligi to`g`risidagi qisqa ma`lumot e`tiborimni tortdi. Bu ma`lumot menga tanishday tuyildi. Google dan qidirdim ushbu loyiha bo`yicha to`liq ma`lumotlar topilmadi. Keyinchalik turli adabiyotlardan ishlab chiqarish bo`yicha ma`lumotlarni izlab topdim va mustaqil ravishda uy sharoitida tajribalarni boshladim. Dastlabki tajribalar 1 yil o`xshamdi, keyin ko`proq ma`lumotlar to`plab maqsadimga erishdim. 2018-yilning mart oyida Intelektual mulk agentligi tomonidan ilmiy ishimga mualliflik huquqini beruvchi patent oldim.
4. Nima uchun tola ishlab chiqarish uchun kazeinni tanladingiz? Kazein qanday xususiyatlarga ega va undan tola/mato qanday ishlab chiqariladi?
Oqsil tolalar taʼbiy tolalardan koʼpgina afzalliklari bilan farq qiladi.
Birinchidan, oqsil tola ishlab chiqarish uchun ancha kam mehnat sarflanadi. Masalan, gʼoʼzaning ishlovidan tortib to chigitdan bir tonna paxta tolasini ajratib olishga 200 ish kuni, vaholanki bir tonna sutdan tola olish uchun, sutdan (kazein) oqsilini ajratib olishga ketgan mehnatni qoʼshib hisoblaganda koʼpi bilan 20 ish kuni sarf boʼladi.
Ikkinchidan, paxtadan mato ishlab chiqarishga solishtirganda, sutdan mato tayyorlashga oʼn baravar kam suv ketadi; 1 kilogramm mato tayyorlash uchun 30 litr sut va 2 litr suv kerak (solishtirish uchun-paxtadan 1 kilogramm mato tayyorlash uchun 20 ming litr suv sarflash kerak).
Sutdan tola ishlab chiqarishda, bir tomondan, mehnat kam sarflansa, ikkinchi tomondan, oz vaqt ichida koʼp mahsulot tayyorlash mumkin.
Qo’shimcha afzalliklar:
-sutdan tola hosil qilish unchalik koʼp mablagʼ sarflanmaydi va bunday tola ishlab chiqarishni tez yuksaltirish mumkin;
-sut tolasini ishlab chiqarish iqlim, ob-havoning noqulay kelishi va mavsumga bogʼliq emas;
-ularni yil boʼyi ishlab chiqarish mumkin;
-sut tolasidan ipakka oʼxshagan mato tayyorlanadi;
-sutdan yaratilgan kiyim an’anaviy kiyimdan farq qilmaydi.
Dastlab sutni tarkibiga achitqi kiritilib sut achitiladi. Natijada sut tarkibidagi oqsil (kazein) pastga cho`kkanidan so`ng, zardobdan ajratilib 3 marta yuviladi va quritiladi. Tayyor oqsilni eritib cho`ktirish vannasida tola hosil qilinadi. Keyin toladan kiyim kechak va tibbiyot iplari ishlab chiqariladi.
5. Loyihangizning maqsadli auditoriyasini qanday baholayapsiz? Sizning potentsial iste’molchingiz kim?
“Milk-Silk” kompaniyamiz sut oqsili (kazein)dan sanoatda ishlab chiqariladigan kattalar va bolalar uchun antibacterial, inson tanasiga foydali bo`lgan kiyim kechaklarni “Klaster” tizimini joriy qilgan holda ishlab chiqarishni yo`lga qo`ymoqchi. Albatta, bu tizimni joriy qilishdan ko`zlangan maqsad xom-ashyo bazasini shakillantirish orqali mahsulot tan narxini arzonlashishiga ko`mak beradi. Ya`ni, biz o`zimiz sigir sotib olamiz va o`zimiz sutni sog`ib olib, xom-ashyo bazasini shakillantiramiz. Sog`ib olingan sutdan tayyor mahsulot ishlab chiqarib, aholini barcha qatlamiga kiyim kechaklarni E-Commerce online do`kon orqali sotamiz va yetkazib beramiz.
6. Yakuniy foydalanuvchi uchun mahsulotingizning narxi qancha bo’ladi?
O`rtacha narxi $10 bo`ladi
7. Bozorga qanday kirishni rejalashtiryapsiz? Sizda hozirda puxta o’ylangan strategiya bormi?
Biz avval bozorga yosh bolalar uchun tikilgan kiyim-kechaklar bilan kirib kelmoqchimiz. Yangi tug`ilgan chaqaloqlar va 3 yoshgacha bo`lgan bolalarni terisi tasirchan bo`ladi. Ularga tabiiy havo o`tkazuvchi, antiallergik hususiyatiga ega bo`lgan matolarga ehtiyoj tug`iladi. Bozorga kirib olganimizdan so`ng kattalar uchun ishlab chiqarishni boshlaymiz.
8. Ilg‘or texnologiyalar markazi laboratoriyalaridan qanday foydalanishni rejalashtiryapsiz?
Ilg‘or texnologiyalar markazi laboratoriyalarida Milk-Silk loyihamiz tajribalarini o`tkazib kelmoqdamiz. Markaz hodimlari barcha sharoitlarni yaratib berishgan va tajribalarimizda ishtirok etishib amaliy yordam berishmoqda.
Barcha jamoalardan 9-sentabr, juma kuniga qadar o‘z mentorlari bilan yakuniy uchrashuvlarni o‘tkazishlarini so‘raymiz.
Ushbu haftaning chorshanba va shanba kunlari seminarlar boʻlmaydi. Barcha jamoalar mentorlar bilan yakka tartibda uchrashadilar va biznes-reja va MVP topshiriqlari ustida ishlaydilar.
Shanba kuni barcha mentorlar bilan alohida (guruhlarsiz) uchrashamiz va loyihalaringiz ishi haqida fikr-mulohazalarni tinglaymiz.
Kelgusi hafta seminarlarni davom ettiramiz! Barchangizga muvaffaqiyatlar tilaymiz!