Viloyatlaridan jamoalari
individual mentorlik sessiyalariga yoziling.
Siz bilan uchrashuvlar 11 va 13 may kunlari payshanba va shanba kunlari) ZOOM da onlayn tarzda o’tkaziladi. Kun va vaqtni tanlang va ro’yxatdan o’ting.
Chorshanba, 10-may kuni soat 18:00 da navbatdagi seminarimiz o‘tkaziladi
Mavzu: Bozorni o‘rganish va raqobatchilarni tahlil qilish.
Mavzu: Bozorni o‘rganish va raqobatchilarni tahlil qilish.
Seminarda startaplar bozorni o‘rganishi muhim ekani, bozorni baholash va tahlil qilish usullari, ma’lumotlar manbalari va raqobatchilarni tahlil qilish usullari haqida so‘z yuritamiz. Shuningdek, bu mavzu marketing strategiyasini va biznes-rejani ishlab chiqish uchun muhim bo‘ladi.
Spiker: Barno Isomiddinova, biznes-trener, startap-dasturlar va treninglar mentori va koordinatori, Chevening-2021 dasturi (UK) doirasida biznes, innovatsiyalar va raqamlashtirish bo‘yicha magistr, Uzbekistan Business Leaders Program dasturining (AQSH) bitiruvchisi. 2017-yildan buyon Farg‘ona vodiysida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va ular uchun treninglar o‘tkazish dasturlarida qatnashib keladi.
Seminar Zoom platformasida o‘tkaziladi (10-may, soat 18:00).
Первая менторская встреча состоится 6 мая в Центре передовых технологий. С командами из регионов мы организуем онлайн Zoom-встречу на следующей неделе.
Har bir jamoada oyda bir necha marta professionallarning ko‘magini olish, o‘z loyihasining kuchli va zaif tomonlarini aniqlash va istalgan savollarni berish imkoniyati bo‘ladi.
Mentorlar jamoasi Ilg‘or texnologiyalar markazining olimlaridan va boshqa sohalarning mutaxassislaridan (startaplar, yashil texnologiyalar, marketing va boshqalar bo‘yicha) tashkil topgan.
Birinchi mentorlik uchrashuvi 6-may kuni Ilg‘or texnologiyalar markazida o‘tkaziladi. Hududlardagi jamoalar bilan keyingi haftada onlayn Zoom-uchrashuvni tashkil qilamiz.
Jamoalar mentorlar bilan uchrashuvlarga oldindan tayyorlanishi zarur bo‘ladi:
– akselerator koordinatorlariga savollar;
– laboratoriyada ishlashga arizalar, ishingiz uchun sizga qanday reaktivlar kerak;
– qanday qiyinchiliklar bor, loyihaning ushbu bosqichida nimalarni uddalay olmayapsiz;
– jamoaning 6 oylik rejasini muhokama qilamiz.
Vazifalarni muhokama qilish uchun har bir jamoada 30 daqiqa bo‘ladi, yozilish uchun jadvalni akselerator telegram-guruhiga yuboramiz.
4-may kuni soat 19:00 da o‘tgan mavzular va vazifalar bo‘yicha jamoalar bilan savol-javoblar sessiyasini o‘tkazamiz.
Mijozlar bilan muammoni aniqlaydigan suhbat uchun savollar tuzishga va uni o‘tkazish metodikasiga alohida to‘xtab o‘tamiz.
Trenerlarimiz va koordinatorlarimizga savollaringizni tayyorlang!
📌 Payshanba, 4-may, 19:00, Zoom