Archives

Keyingi seminarimiz seshanba, 25-aprel kuni soat 18:15 da o‘tkaziladi

Aprel 24, 2023

Spiker: Akmal Salixov, Vronica kompaniyasining hamasoschisi va kreativ direktori, mamlakatning yetakchi startaplari va IT-loyihalarida mentor va treker (Startap Tashabbuslar, Ucell Mobile Challenge, Open Data Challenge, IT Park inkubatsiya va akseleratsiya dasturi va boshqalar).

Mavzu: Customer Development: muammoni aniqlovchi intervyu, mijozlarni o‘rganish va rivojlantirish

Yaxshi startap maqsadli auditoriyaning yaxshi aniqlangan va ishlangan muammosidan boshlanadi. Biz vebinarda bo‘lg‘usi iste’molchining “og‘riqli joyi”ni qanday topish mumkinligi va nega muammoni izlash yechimni izlash kabi muhim ekani haqida so‘z yuritamiz. Mijozlar bilan muammoni va yechimni aniqlovchi intervyu qanday o‘tkazilishini muhokama qilamiz.

🌐 Vebinar Zoom platformasida o‘tkaziladi, havolani vebinar boshlanishidan bir soat oldin guruhga yuboramiz.

Keyingi C.A.T. Science Accelerator 5.0 seminari seshanba kuni, soat 18-aprelda onlayn-formatda o‘tkaziladi.

Aprel 17, 2023

Keyingi C.A.T. Science Accelerator 5.0 seminari seshanba kuni, soat 18-aprelda onlayn-formatda o‘tkaziladi.

Seminar mavzusi — Lean Startup/ Problem Statement Canvas.

Keyingi C.A.T. Science Accelerator 5.0 seminari seshanba kuni, soat 18-aprelda onlayn-formatda o‘tkaziladi.

Aprel 17, 2023

Keyingi C.A.T. Science Accelerator 5.0 seminari seshanba kuni, soat 18-aprelda onlayn-formatda o‘tkaziladi.

Seminar mavzusi — Lean Startup/ Problem Statement Canvas.

– Biz avval boshidanoq maqsadli auditoriyaning loyihangiz hal qiladigan muammosini aniqlash muhimligi haqida gapirib beramiz va muammoni bayon etish va muammoni tasdiqlash ustida ishlashni boshlaymiz.

– Shuningdek barcha jamoalar uchun akselaratordagi 6 oylik ishlar rejasini muhokama qilamiz.

Seminar soat 17:15 da Zoom platformasida o‘tkaziladi.

Aprel 14, 2023

Shanba, 15-aprel kuni, seminar Ilg‘or texnologiyalar markazida offlayn shaklda o‘tkaziladi. 2 ta mavzuni muhokama qilamiz:
– Loyihalaringiz neymingi;
– Jamoani shakllantirish va startap jamoasidagi ehtimoliy muammolar.

Shanba, 15-aprel kuni, seminar Ilg‘or texnologiyalar markazida offlayn shaklda o‘tkaziladi.

Aprel 13, 2023

2 ta mavzuni muhokama qilamiz:
✅ Loyihalaringiz neymingi;
✅ Jamoani shakllantirish va startap jamoasidagi ehtimoliy muammolar.

Jamoani shakllantirish bosqichlarini, rollarning turlarini, unumli jamoaviy faoliyatning muhim elementlarini va muammolarning taxminiy yechimlarini muhokama qilamiz. Har bir loyihani muavvafiqiyatli amalga oshirish uchun qanday jamoa zarurligini aniqlaymiz.

Sana: 15-aprel, shanba
Vaqt: 11:00
O‘tkazilish joyi: Ilg‘or texnologiyalar markazi, Toshkent sh.

✔️Toshkent shahri va Toshkent viloyatining barcha jamoalari uchun qatnashish majburiy!
🖥 Hududlardagi jamoalar uchun Zoom platformasida onlayn-translyatsiya imkonli bo‘ladi.

Birinchi vebinarimiz ertaga, 12-aprel kuni, soat 18:15 da bo’lib o’tadi.

Aprel 10, 2023

Birinchi vebinarimiz ertaga, 12-aprel kuni, soat 17:00 da bo’lib o’tadi.

Mavzu: Startaplar va innovatsiyalar.

Spiker: Аlisher Yusupov, Brand.uz IT-kompaniyasining rahbari, Startup Mix konferentsiyasining asoschisi, C.A.T. Science Accelerator startap-akseleratori va boshqa startap-loyihalarning mentori.

Аlisher IT (raqamlashtirish, Buyumlar Interneti – IoT, Sunʼiy Intellekt – AI) qanday qilib turli bizneslarda qoʼllanishi mumkinligi haqida gapirib beradi.Iilmiy startaplarning misollarini muhokama qilamiz.

Vebinar Zoomda oʼtkaziladi. Havolani guruhimizga seminar boshlanishidan bir soat oldin yuboramiz.
Eslatib oʼtamiz, qatnashish barcha jamoalar uchun majburiy, biz qatnashishlar davomatini yuritamiz.

Barchangizni 12-aprel kuni, soat 18:15da ZOOM platformasida kutamiz!

Aprel 10, 2023

Barchangizni 12-aprel kuni. Mavzu: Startaplar va innovatsiyalar.

8-aprel kuni Ilg‘or texnologiyalar markazida ilmiy startaplar uchun C.A.T. Science Accelerator 5.0 akseleratorining ochilish marosimi o‘tkazildi.

Aprel 8, 2023

Akseleratorga tanlab olingan va faoliyatini boshlagan jamoalarni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari Shaxlo Utkurovna Turdiqulova tabrikladi.

Ilg‘or Texnologiyalar Markazining direktori Dilbar Dolimova Markazning imkoniyatlari haqida so‘z yuritdi.

Aleksandr Yudakov, C.A.T. Science Accelerator rahbari, ITMning laboratoriyalarini taqdim etdi va akselerator qanday uskunalar, infratuzilma va mentorlik ko‘magini (olimlar va biznes tomonidan) taqdim etishi mumkinligi haqida gapirib berdi.

❇️ Akseleratordagi ishlar natijalari va o‘z loyihalari haqida moliyaviy mablag‘larga ega bo‘lgan avvalgi qabul finalchilari ham gapirib berdi:
– Barno Ortiqxo‘jayeva, birinchi akselerator qabulining finalchisi, LiPatch loyihasi bilan qatnashgan, ayni paytda esa – Innovatsion rivojlanish agentligida startap-loyihalarni tijoratlashtirish bo‘yicha ilmiy-texnikaviy kengash raisi;
– Iroda Shermatova, Oral plast startapi;
– Vyacheslav Li, Eko Bubble loyihasi;
– Omina Mirakbarova, Lucky Step: Diabetic Shoes startapi;
– Kamola Ramazonova, Doc Soap loyihasi.

Akselerator mentorlari va trekerlari Alisher Yusupov va Yelena Seleznyova 6 oy davomida akseleratorda faoliyat qanday olib borilishi haqida so‘z yuritishdi.

✔️ Tadbirning intellektual qismida barcha jamoalar Elevator Pitch bo‘yicha tayyorgarlikni namoyish etishdi (ya’ni auditoriyaga o‘z loyihalarini 1 daqiqa ichida taqdim etishdi).

Akselerator seminarlari va mentorlik sessiyalari 12-apreldan boshlanadi. Yangiliklarni kuzatib boring!

Aprel 6, 2023

8-aprel kuni Ilg‘or texnologiyalar markazida ilmiy startaplar uchun C.A.T. Science Accelerator 5.0 akseleratorining ochilish marosimi o‘tkaziladi.

Ekspertlardan iborat komissiya C.A.T. Science Accelerator 5.0 ishtirokchilarini saralashni yakunladi!

Aprel 4, 2023

📣 Ekspertlardan iborat komissiya C.A.T. Science Accelerator 5.0 ishtirokchilarini saralashni yakunladi!

Suhbatdan o‘tgan barchaga minnatdorchilik bildiramiz va hamma loyihalarga omad tilaymiz!

Akseleratorga 21 ta loyiha qabul qilindi. Ishtirokchilar ro‘yxatini e’lon qilamiz:

1. Imamaliyev Baxtiyor, Viruslarning referent shtammlaridan foydalanmagan holda virusga qarshi faollikni baholash xizmati
2. Novichkova Anna, «Go‘shtsiz go‘sht»
3. Sohibnazarova Xonsuluv, Probiotic mask
4. Kambarova Shaxnoza, Zamonaviy yuqori texnologiya asosida yuz-jag sohasidagi nuqsonlarni ektoprotezlar yordamida tiklash
5. Akramova Malika, Mahalliy xomashyo asosida oziqlantiruvchi krem ishlab chiqarish
6. Nodirbek Qodirov: Tashqi energiyasiz suv oqimida ishlaydigan gidronasos
7. Sadirov Ilhom, Turli obyektlarning raqamli o‘xshashlarini ishlab chiqish
8. O’rinova Barchinoy, Mutsin asosida yuz uchun krem, sovun va ko‘pik tayyorlash
9. Abdunabiyev Azimjon, Lactolife
10. Ismailova Feruza, Ipak qurti g’umbagidan ajratib olingan yog’ asosida yumshoq dori vositasini ishlab chiqish
11. Razzoqova Robiya, «LactoFree: Lactozadan xoli bo’lgan sut va sut maxsulotlari
12. Qodirova Azizabonu, Biologik tabiy soch o’stiruvchi va qalinlashtiruvchi sprey
13. Turaeva Xurshida, Qishloq xo‘jaligi ekinlarini himoya qilish uchun zararkunandalarga qarshi samarali mahalliy preparatlarni ishlab chiqarish
14. Ruzmetov Qudratbek, E-Care (uyda foydalanish uchun tibbiy diagnostika asbobini yaratish)
15. Turdiqulova E’zoza, Muqobil isitish texnologiyalarini ishlab chiqish
16. Qazaqov Xusan, Sholi qobig’idan ekologik toza oziq-ovqat idishlarini ishlab chiqarish
17. Asadullayev Mansurxon, Eshitish qobiliyati buzilgan kishilar uchun loyiha
18. Rayimjonova Odinaxon, Baliqlarni hashoratlar bilan oziqlantirish uchun avtomatlashtirilgan fotoelektrik qurilma
19. Karimova Zarina, Mahalliy xomashyo asosida glyutensiz mahsulotlarni ishlab chiqarish
20. Saparbayev Hakim, Chayon zahrini olish va uni export qilish
21. Abduraxmanov Farrux, Bolalarda qo‘l barmoqlari kontrakturalari takrorlanishining oldini olish uchun distraktsion ortezlardan foydalanish
……..

👏 Barcha jamoalarni tabriklaymiz! Oldinda – 6 oylik faoliyat.

🔜 C.A.T. Science Accelerator 5.0 tadbirining ochilish marosimi kelayotgan shanba, 8-aprel kuni Ilg‘or texnologiyalar markazida o‘tkaziladi. Barcha finalchilarni ochilish marosimida kutamiz!

  • Yangi maqolalar

  • Yangi sharhlar

  • Arxivlar

  • Bo’limlar

  • Meta