Archives

Akseleratorning mentorlari bilan individual uchrashuvlar

Avgust 4, 2022

Shu shanba, 6 avgust kuni barcha jamoalar uchun akseleratorning mentorlari bilan individual uchrashuvlar o‘tkaziladi.

Har bir jamoa o’z guruhidagi mentorlar bilan uchrashuv tashkil qilishi kerak: qulay vaqt va formatni tanlang (onlayn/oflayn)

Mentorlik uchrashuviga jamoalar quyidagilarni oldindan tayyorlashlari kerak:

– loyihaning mohiyatini batafsil tavsifi;

– mentorlarga savollar;

– hozir qanday muammolarga/qiyinchiliklarga duch kelayotganingizni tavsifi;

– jamoaning avgust oyi uchun rejalari;

– mentoringizdan qanday yordam kutayotganingizni tavsifi.

6 avgust kuni Ilg’or texnologiyalar markazida seminar BO’LMAYDI.

Avgust 4, 2022

Akseleratorning mentorlari bilan jamoalarning individual uchrashuvlari

Feather Protein JAMOASI BILAN INTERVYU

Avgust 4, 2022

Biz intervyularimiz turkumini davom ettiramiz va «Feather Protein» jamoasi bilan tanishamiz

Ushbu loyiha parrandachilik fabrikalari chiqindisi hisoblangan patlarni qayta ishlash orqali chiqindisiz ishlash texnologiyasini yaratib oqsil olishga qaratilgan.

1. Bizga loyihangiz haqida so’zlab bering. Nima ishlab chiqarishni rejalashtiryapsiz? Sizning startapingiz g’oyasi qachon paydo bo’lgan?

«Feather protein» loyihasi parrandachilik fermer xoʻjaliklarida soʻyilgan tovuqlar patidan oqsil moddasini ajratib olishdan iborat. Muammo dolzarb, «Feather protein» loyihasi esa innovatsion yechimni taklif qiladi. Gʻoya ustida 2019-yildan buyon ilmiy izlanishlar olib borilmoqda va bugunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi intelektual mulk agentligi tomonidan DGU 06996 guvohnoma olingan, 10 dan ziyod ilmiy ishlar xalqaro va mahalliy jurnallarda chop etilgan. Bundan tashqari, ommaviy axborot vositalari orqali olib borilayotgan tadqiqotlar yuzasidan bir necha bor chiqishlar qilingan. Ushbu innovatsion gʻoya bilan Dilnozaxon Tursunova «Oʻzbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion gʻoyasi» III Respublika tanlovida va «Mirzo Ulugʻbek vorislari» koʻrik tanlovining hududiy bosqichlarida gʻolib boʻlib, Respublika bosqichida munosib tarzda ishtirok etadi. 2021-yilda ilmiy izlanishlari va jamoatchilikda faolligi uchun bir guruh iqtidorli qizlar qatorida Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga fan yoʻnalishi (kimyo) boʻyicha sazovor boʻldi.

2. Jamoangiz qanday mutaxassislardan iborat?

Jamoa asosan 2 kishidan iborat:
– Ilmiy rahbar: Bobayev Isomiddin Davronovich – Toshkent kimyo texnologiya instituti, «Biotexnologiya» kafedrasi professori, kimyo fanlari doktori.
– Loyiha muallifi: Tursunova Dilnozaxon Isroiljon qizi – Toshkent kimyo texnologiya instituti «Organik moddalar kimyoviy texnologiyasi» kafedrasi magistranti.

3. Nima uchun oqsilning muqobil manbai sifatida parranda patlarini tanladingiz? Ularning xususiyati nimada?

Parrandachilik qoʻllaniladigan tarmoqlar mavjud. Ammo, ulardan ajratib olinadigan patlar ekologik tashlama sifatida chiqindixonalardan joy olib kelmoqda. «Par yostiq sifatida foydalanish mumkin-ku» – deyishingiz tabiiy, lekin bugungi kunda par yostiqlar oʻzida zamburugʻlar saqlagani tufayli talab darajasidagi mahsulot hisoblanmaydi. Bitta tovuqdan taxminan 100 gramm miqdorida pat olinadi. Katta tadbirkorlik subyektlarida oyiga 25 mingdan ziyod tovuqlar soʻyiladi. Bu esa fermer xoʻjaligi oyiga 2,5 tonnadan ziyod patlarni qayta ishlash tizimi yoʻlga qoʻyilmagani tufayli muammolarga duch kelmoqda degani. Patlarning asosiy tarkibi keratin oqsilidan iborat boʻlib, ularni qayta ishlash tizimini yaratish orqali chiqindisiz ishlash texnologiyasini targʻib qilish asosiy maqsad hisoblanadi.

4. Olingan oqsilni qaysi sohalarda ishlatish mumkin?

Olingan mahsulotni oqsillar qoʻllaniladigan barcha sohalarda, jumladan, qishloq xoʻjaligida bioorganik oʻgʻit sifatida, tovuqlar va baliqlar uchun qoʻshimcha ozuqa moddasi sifatida, shuningdek, kosmetika vositalariga keratin sifatida qoʻllash mumkin. Loyiha orqali parrandachilik fabrikalaridagi chiqindini qayta ishlash orqali tadbirkor qoʻshimcha daromad manbaiga ega boʻladi.

5. Mahsulotingizning narxi qancha?

Mahsulot mahalliy chiqindi homashyodan ishlab chiqarilgani sababli, narx jihatidan arzon hisoblanadi. 1kg oqsil olish uchun 15 ming soʻmlik sarf-xarajatlar mavjud. Pat unining narxi esa Rossiyada 80 rubl, jahon bozorida 300g keratin oqsili $73 tashkil etadi.

6. Ushbu sohada bozorda raqobatchilaringiz bormi?

Raqobatchilarimiz barcha oqsil ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi korxonalardir. Asosiy raqiblar Bangladeshdagi bioorganik oʻgʻit ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi KAFCO va pat unini oluvchi Rossiyaning bir qancha korxonalari hisoblanadi.

7. Xalqaro bozorga chiqish rejalaringiz bormi?

Xalqaro bozorga chiqish uzoq muddatli rejalarimizda mavjud. Avvalo Oʻzbekiston sharoitida keyinchalik esa xalqaro miqyosda mijozlarga ega boʻlish va ularning ishonchini oqlash uchun tinimsiz izlanishlar olib boramiz.

8. Ilg‘or texnologiyalar markazi laboratoriyalaridan qanday foydalanishni rejalashtiryapsiz?

Ilgʻor texnologiyalar markazi labaratoriyalarida oʻzimning tadqiqot ishlarimni olib borish orqali ajratib olingan oqsilni tayyor mahsulotga yetkazgunga qadar boʻlgan fizik-kimyoviy tahlil ishlarini olib borish rejalashtirilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda «Feather Protein» loyihasining rivojlanishini kuzatib boring:

Instagram: https://www.instagram.com/p/CezVyuPMli7/?igshid=MDJmNzVkMjY=
Telegram: https://t.me/feather_protein
Linkedin: https://www.linkedin.com/posts/dilnoza-tursunova-b5b282242_technology-project-protein-activity-6942693487788122112-bDl_?utm_source=linkedin_share&utm_medium=android_app

 

Ishlab chiqarish dasturi

Avgust 2, 2022

Biznes-rejalashtirish boʼyicha toʻrtinchi vebinar kelayotgan chorshanba, 3 avgust kuni oʼtkaziladi.

Mavzu: Ishlab chiqarish dasturi

Spiker: Аleksandr Yudakov — OʼzR Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilgʼor texnologiyalar markazining texnologiyalarni tijoratlashtirish va transfer qilish boʼlimi boshligʼi.

Biz ishlab chiqarish quvvatlarini rejalashtirish, xom ashyo, materiallar va uskunalar yetkazib beruvchilarni topish va ishlab chiqarishni tashkil etishning boshqa masalalari haqida gaplashamiz.

Sana: 3 avgust, chorshanba kuni

Vaqt: 17:00

Vebinar Zoom platformasida o’tkaziladi, havola boshlanishidan bir soat oldin guruhga yuboriladi.

Avgust 2, 2022

Vebinar: Ishlab chiqarish dasturi

17:00, chorshanba

30-iyul kuni «Ekvator» oflayn tadbiri bo‘lib o‘tdi

Iyul 30, 2022

30-iyul kuni Ilg‘or texnologiyalar markazida C.A.T. Science Accelerator 4.0. jamoalari uchun «Ekvator» oflayn tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Mentorlar 16 ta akselerator loyihalari taqdimotlarini tinglashdi, barcha ishtirokchilar bilan maslahatlashishdi va Demo Day (ochiq kun) uchun taqdimotlarni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berishdi.

Bugungi uchrashuvning barcha jamoalari va mentorlariga rahmat!

C.A.T. Science Accelerator 4.0. mentorlari

Iyul 28, 2022

30 iyul kuni Toshkentda C.A.T Science Accelerator 4.0 ishtirokchilari uchun Ekvator tadbiri bo’lib o’tadi

Biz sizga shanba kuni loyihalaringizni tinglaydigan va keyin har bir loyiha bilan individual ishlaydigan mentorlarni taqdim etamiz:

– Akmal Salixov – mamlakatning yetakchi startap va IT-loyihalarida mentor va treker: «Startap Initiatives», Ucell Mobile Challange, Open Data Challange, IT Park inkubatsiya va akseleratsiya dasturi va boshqalar.

– Adel Engalichev – tadbirkor, reza-mevalar va sabzavotlarni tuproqsiz va quyosh nurisiz yetishtirish bo’yicha «Bionovatic Food» startapi asoschisi.

– Akrom Ilhomov – o’simlik xomashyosidan yangi ozuqa formulalarini ishlab chiqarish bo’yicha N.E.F. startapi asoschisi.

– Azamat Shamuzafarov – Click kompaniyasining UX (foydalanuvchi tajribasi boʻyicha) mutaxassisi, dizayner, art direktor, «Azamat Today» telegram kanalining muallifi, IT bo’yicha mutaxassis, Gazeta.uz muxbiri.

– Anvar Sariyev – MD, PhD. neyroxirurg, neyrofiziolog, Ilg‘or texnologiyalar markazida kichik ilmiy xodim, Toshkent tibbiyot akademiyasi fiziologiya kafedrasi assistenti.

– Sergey Kim – The MeT (Metodologiya va Texnologiya) startapi asoschisi – agrobiznes uchun sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanadigan integratsiyalashgan metodologiya.

Sana: 30 iyul (shanba)
Vaqt: 11:00
O’tkazish joyi: Ilg’or texnologiyalar markazi, Toshkent sh.
Barcha jamoalarning ishtiroki: shart

30 iyul kuni biz barcha jamoalarni C.A.T Science Accelerator 4.0. Ekvatorida kutamiz

Iyul 27, 2022

Oflayn uchrashuvimiz davomida:
– barcha loyihalar taqdimotlarini tinglaymiz;
– jamoalarning individual murabbiylari bilan tanishamiz.

Eslatib o’tamiz, barcha jamoalarning ishtirok etishi – MAJBURIY hisoblanadi.

Agar biron sababga ko’ra mintaqaviy jamoalarning to’liq jamoasi kela olmasa, unda kamida bitta jamoa a’zosi ishtirok etishi shart va u sizning loyihangizni mentorlar oldida taqdimoti qiladi.

Sana: 30 iyul (shanba)
Vaqt: 11:00
O’tkazilish joyi: Ilg’or texnologiyalar markazi, Toshkent sh.

Natija olmagan yoki akseleratsiya dasturida faol ishtirok etmagan jamoalar qatnashishdan chetlashtiriladi. Shanba kuni dasturning keyingi bosqichiga yo’l olgan jamoalar ro’yxatini e’lon qilamiz.

Demo Kuni uchun taqdimot tayyorlash

Iyul 26, 2022

Kelayotgan chorshanba, 27 iyul kuni «Demo Kuni uchun taqdimot tayyorlash» mavzusida vebinar oʼtkaziladi.

• Biz Demo Kun uchun mo‘ljallangan taqdimot tuzilmasi va investorlar uchun mo‘ljallangan taqdimotlarni tayyorlash qoidalari haqida so‘z yuritamiz.

• Slaydlarda qanday qilib muhim jihatlarga urg‘ularni to‘g‘ri berishni muhokama qilamiz.

• Shanba kungi akseleratorning Ekvatori uchun taqdimot slaydlarini ko’rsatamiz.

Sana: 27 iyul, chorshanba

Vaqt: 17:00

Vebinar Zoom platformasida o’tkaziladi, havola boshlanishidan bir soat oldin guruhga yuboriladi.

Iyul 26, 2022

Vebinar: Demo Kuni uchun taqdimot tayyorlash

17:00, chorshanba

  • Yangi maqolalar

  • Yangi sharhlar

  • Arxivlar

  • Bo’limlar

  • Meta