
Hurmatli finalchilar, sizni C.A.T. Science Accelerator 4.0 ochilishiga taklif qilamiz!
Biz akseleratorda ishlash qoidalari, jamoalarni shakllantirish tartibi haqida gapirib beramiz va faoliyatingizni kuzatib borish imkonini beradigan onlayn-platforma bilan tanishtiramiz.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatining barcha jamoalari ishtirok etishi shart! Hududlardagi jamoalar uchun esa onlayn translyatsiya mavjud bo’ladi.
Shuningdek, oʻzlashtirish reyting bilan birga oflayn va onlayn seminarlarda qatnashish ballari hisobga olinadi va sizning reytingingizga ta’sir qiladi.

Tanlovdan o‘tgan ishtirokchilar ro‘yxatini e’lon qilamiz:
1. Abdullaev Hamidjon, Farg’ona sh. (»Ta’limda 3D»: tibbiy 3D simulyator)
2. Abduqodirov Ilhomjon, Toshkent sh. (BFQ, buyrak toshlariga qarshi ekstrakt ishlab chiqarish)
3. Abduraimov Sanjar, Toshkent sh. (“yashil” vodorod generatorlar ishlab chiqarish)
4. Bakiyev Qudrat, Toshkent sh. (Tuproq va suv tahlili uchun tezkor test to’plamini yaratish)
5. Botirova Xurshida, Jizzax sh. (aseton sinovi, atsetonni aniqlash uchun maxsus indikator ishlab chiqarish)
6. Choriyev Azimjon, Qarshi sh. (“Yashil” texnologiya yordamida karbonat angidrid asosida yangi organik birikmalarni olish texnologiyasi)
7. Dilmurodov Ma’rufjon, Toshkent sh. (tish shifokorlari uchun gemostatik gel)
8. Jo‘rayev Mirjalol, Termiz sh. (Mahalliy xomashyolardan erto’la va bino tomlari uchun harorat saqlovich geomembranlarni olish va qo‘llash texnologiyasi)
9. Ilesaliev Dauren, Toshkent sh. («yashil» logistika)
10. Kamolova Yulduzxon, Toshkent sh. (koxlear implantlar, eshitish va nutqida zaifligi mavjud bolalar uchun dasturiy ta’minot va qurilma yaratish)
11. Qo‘shbakov Kamolidin, Toshkent sh. (ishlatilgan plastikdan plitkalar ishlab chiqarish)
12. Li Vyacheslav, Toshkent sh. (organik komponentlardan kukun ishlab chiqarish)
13. Mirakbarova Omina, Toshkent sh. (qandli diabetga chalinganlar uchun ortopedik poyabzal ishlab chiqarish)
14. Muzaffarova Gavhar, Toshkent sh. (IT texnologiyalaridan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi uchun urug‘ sepuvchi)
15. Norqo‘ziyeva Nozima, Toshkent sh. (tuproqni tahlil qilish qurilmasi)
16. Normurotov Jahongir, Termiz sh. (gidrogel, polimer komplekslari yordamida tuproq sho‘rlanishining oldini olish va uni bartaraf etish texnologiyasini ishlab chiqish).
17. Ramazonova Kamola, Toshkent sh. (tibbiy sovun ishlab chiqarish)
18. Ravshanov Samandar, Toshkent sh. (Aminalab loyihasi, raqamli tibbiyot)
19. Shakarboeva Xavasoy, Toshkent sh. (tibbiy jarohatlangan tagliklar)
20. Sirojova Husniya, Guliston sh. (qishloq xo‘jaligida qushlarni qo’rqituvchi)
21. To‘rayeva Gulandon, Qarshi sh. (sabzavot vegetativ texnologiyasi)
22. Tursunova Dilnozakson, Farg‘ona sh. (parrandachilik xo‘jaliklarida ekologik chiqindilar hisoblangan patlarni qayta ishlashning chiqindisiz texnologiyasi)
23. Umaraliyev Sherzodbek, Farg‘ona sh. (ko‘rish diagnostikasi qurilmasi)
24. Usmonov Islombek, Farg‘ona sh. («MILK SILK» sut oqsilidan (kazein) tola ishlab chiqarish)
25. Usmonov Furqat, Farg‘ona sh. (bolalar uchun STEM robototexnika to‘plamini ishlab chiqish)
26. Xudoyberdiev Doniyorbek, Toshkent sh. (Robot w: oyna tozalash)
27. Sharipova Dilnora, Buxoro sh. (meva quritgichning takomillashtirilgan versiyasini ishlab chiqish)
28. Yekaterina Yun, Toshkent sh. (bioxaklash loyihasi)
Barcha jamoalarni tabriklaymiz! Oldinda – 6 oylik faol ish.
Bir necha kundan keyin akseleratorning uchrashuv va seminarlari boshlanadi. Yangiliklarimizni kuzatib boring!
Ikkinchi saralash bosqichi yakunlandi. Natijalar ijtimoiy tarmoqlarda va akseleratorning veb-saytida 16 aprelgacha e’lon qilinadi.

Ekspert komissiyasi 16 aprelgacha qaror qabul qiladi. Natijalar ijtimoiy tarmoqlarda va akseleratorning veb-saytida e’lon qilinadi.
Hammaga omad! Yangiliklarni kuzatib boring!
13 aprel kuni Ilg’or texnologiyalar markazida oflayn taqdimot uchun ro’yxatdan o’tgan barchani soat 10:00 dan 17:00 gacha kutamiz

Manzil: Ilg’or texnologiyalar markazi;
Mo’ljal: OʻzMU ichida (O’zbekiston Milliy universiteti), Beruniy m. Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 174.
Vaqt: 10:00 – 17:00
Google xaritasi: https://goo.gl/maps/geJn13LYgsm
Yandex xaritasi: https://yandex.uz/maps/-/CCUUyYG08C

Elektron pochtangizga birinchi tanlovdan oʻtganingiz yoki oʻtmaganligingiz haqida xabar yuborildi.
Tanlovning birinchi bosqichidan o‘tgan jamoalar o‘z g‘oyalarini ekspert komissiyasiga taqdim etish uchun taklif etiladi. Hududlardan kelgan jamoalar uchun ekspert komissiyasi oldida taqdimot onlayn tarzda o’tkaziladi. Har bir jamoaga taqdimot qilish uchun 10 daqiqa vaqt beriladi.
11, 12 aprel kunlari – onlayn taqdimot
13 aprel kuni – oflayn taqdimot
Barcha tafsilotlar Telegram-kanalimizda bo’ladi.
Tanlovning birinchi bosqichidan o‘tgan jamoalar o‘z loyihalarini ekspert komissiyasiga taqdim etish uchun 13 aprel kuni taklif etiladi. Hududlardan kelgan jamoalar uchun ekspert komissiyasi oldida taqdimot 11-12 aprel kunlari onlayn tarzda o’tkaziladi.

G’oyadan muvaffaqiyatli biznesni amalga oshirishgacha birga yo’lni bosib o’tamiz!
Biz 3 ta akselerator to’plamini o’tkazdik va startaplarimiz natijalari ajoyib!
N E F: o‘simlik xomashyosidan yangi ozuqa retsepturalarini ishlab chiqish;
ONSITE: mahalliy xomashyodan pektin ishlab chiqarish;
LiPatch: suyuq plastir ishlab chiqarish;
Tumor On Target: shish kasalliklari diagnostikasi;
Aico Cybernetics: ishlab chiqarish korxonalari uchun uskunalar monitoringi tizimi;
Oral Plast: stomatitni davolash uchun plastinalar;
Barkhan biotech: termitlar va boshqa zararli hashoratlarga qarshi kurashish uchun biopreparatlar.
10 martgacha akselerator veb-saytida ariza topshirishga shoshiling: http://www.cat-sa.uz/

Akseleratorda ishtirok etish uchun quyidagi sohalar bo’yicha mutaxassislar taklif etiladi:
C.A.T. Science Accelerator 4.0 ning 3 finalchisi quyidagi mukofotlarga ega bo’ladi:
Akseleratorda qatnashish BEPUL!
Arizalar 10-martgacha www.cat-sa.uz sayti orqali qabul qilinadi.