Barcha jamoalar 2 ta vazifani bajarishlari kerak:
1) startap hal qiladigan muammolarni shakllantirish va muammolar bilan ishlash uchun «canva»ni to’ldirish;
2) 6 oylik ish rejasini to’ldirish.
Topshirish muddati: 7 may (shu jumladan)

Xayrli tong! Hammani bugun, 4-may kuni vebinarimizda kutamiz!
Hududlardagi jamoalar, №1 uy vazifasini muhokama qilish uchun soat 16:30 da qo’shiling.
Vazifa haqida eslatma — har bir jamoa taqdimotning 1-2 slaydlarini tayyorlashi kerak, ular quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak:
+ loyiha nomi;
+ logotip;
+ saytda jamoa yaratganmisiz;
+ loyihangizda qanday innovatsiyalar bor / bo’ladi;
+ loyihangizda qanday IT texnologiyalari bor / bo’ladi.
Soat 17:00 da barcha jamoalar bilan jamoa qurish bo’yicha vebinarga o’tamiz.
Biz shakllanish bosqichlarini, jamoadagi rollarning turlarini va samarali jamoaviy ishning asosiy elementlarini muhokama qilamiz.
Vebinar Zoomda o’tkaziladi. Guruhimizga havolani vebinar boshlanishidan bir soat oldin yuboramiz.
Vebinar: Jamoani shakllantirish
4-may, chorshanba, soat 17:00
Seminar: Lean Startup / Problem Statement Canvas
Shanba, 11:00
Ilg‘or texnologiyalar markazi, Toshkent sh.

Vazifa:
Har bir jamoa 1-2 taqdimot slaydlarini tayyorlashi kerak, ular quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak:
+ loyiha nomi;
+ logotip;
+ saytda jamoa yaratganmisiz;
+ loyihangizda qanday innovatsiyalar bor / bo’ladi;
+ loyihangizda qanday IT texnologiyalari bor / bo’ladi.
Sana: 30 aprel, shanba kuni
Vaqt: 11:00
O‘tkazilish joyi: Ilg‘or texnologiyalar markazi, Toshkent sh.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatining barcha jamoalari ishtirok etishi shart! Hududlardagi jamoalar uchun Zoom-da onlayn translyatsiya mavjud bo’ladi.
Alisher Yusupov bilan “Startap va innovatsiyalar” mavzusida vebinar 27-aprel kuni, soat 17:00 da bo’lib o’tadi

Birinchi vebinarimiz ertaga, 27-aprel kuni, soat 17:00 da bo’lib o’tadi.
Mavzu: Startaplar va innovatsiyalar.
Spiker: Аlisher Yusupov, Brand.uz IT-kompaniyasining rahbari, Startup Mix konferentsiyasining asoschisi, C.A.T. Science Accelerator startap-akseleratori va boshqa startap-loyihalarning mentori.
Аlisher IT (raqamlashtirish, Buyumlar Interneti – IoT, Sunʼiy Intellekt – AI) qanday qilib turli bizneslarda qoʼllanishi mumkinligi haqida gapirib beradi.Iilmiy startaplarning misollarini muhokama qilamiz.
Vebinar Zoomda oʼtkaziladi. Havolani guruhimizga seminar boshlanishidan bir soat oldin yuboramiz.
Eslatib oʼtamiz, qatnashish barcha jamoalar uchun majburiy, biz qatnashishlar davomatini yuritamiz.
Barchangizni ertaga soat 17:00da ZOOM platformasida kutamiz!
Jamoalarni shaxsiy telegram kanalida ro’yxatdan o’tkazish va loyiha nomini yaratish

Toshkent shahridagi jamoalar Ilg‘or texnologiyalar markazida yig‘ildi, viloyatlardagi jamoalar esa onlayn tarzda ishtirok etishdi.
Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Shahlo O‘tkurovna Turdiqulova jamoalarni akseleratoga tanlangani va ish boshlangani bilan tabrikladi. Shahlo O‘tkurovna Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan startaplarni qo‘llab-quvvatlayotgani va oldingi akselerator to‘plamlarida ishtirok etgan jamoalarning muvaffaqiyati haqida gapirib berdi.
C.A.T. Science Accelerator direktori Vladimir Tsoy Ilg‘or texnologiyalar markazi laboratoriyalarini taqdim etdi va akselerator qanday jihozlar, infratuzilma va murabbiylik yordamini (olimlar va biznes vakillar tomonidan) taqdim etishi mumkinligini aytdi.
Startap ekotizimlari va olimlar va tadbirkorlar uchun imkoniyatlar haqida gapirdilar:
• Ne’matzoda Firdavs Ne’matovich, iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i;
• Ilhamov Azizbek Yodgor o‘g‘li, startap ekotizimini shakllantirish va rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i;
• Akbarxon Sobirxonov Aziz-o‘g‘li, Innovatsiyalar va texnologiyalar transferi milliy byurosining tijoratlashtirish va biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktor o‘rinbosari.
6 oy davomida akseleratordagi ishlar qanday olib borilishini akseleratorning ustozi va kuzatuvchilari Alisher Yusupov va Saida Yusupova so’zlab berishdi.
Shuningdek, jamoalarni nomlash usullari bo’yicha qisqa sessiya o’tkazildi.
Tadbirning interaktiv qismida barcha jamoalar Elevator Pitch mashqini bajarishdi (1 daqiqada o‘z loyihasini tomoshabinlarga taqdim etishdi).
Akseleratorning seminarlari va mentorlik mashg’ulotlari 27 aprelda boshlanadi. Yangiliklarni kuzatib boring!
23 aprel kuni Ilg’or texnologiyalar markazida C.A.T Science Accelerator 4.0.-ning ochilish marosimi bo’lib o’tadi