Archives

Moliyalashtirilgan C.A.T. Science Accelerator loyihalari bilan onlayn uchrashuv

Iyun 10, 2022

11-iyun kuni moliyalashtirilgan C.A.T. Science Accelerator loyihalari bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tadi!

Akseleratorning o’tgan mavsumlarining finalchilari o’z tajribalari bilan o’rtoqlashadilar va akseleratorda qatnashish ularga qanday yordam berganini aytib berishadi.

Sana: 11-iyun, shanba
Vaqt: 11:00

Barcha jamoalar ishtirok etishi lozim!
Vebinar Zoom’da o‘tkaziladi, havola boshlanishidan bir soat oldin guruhga yuboriladi.

Iyun 6, 2022

Vebinar: Raqamli marketing va ijtimoiy tarmoqlarda rivojlanish
Chorshanba, 17:00

Raqamli marketing va ijtimoiy tarmoqlarda rivojlanish

Iyun 6, 2022

Navbatdagi vebinarimiz 8-iyun chorshanba kuni soat 17:00 da bo’lib o’tadi!

Mavzu: Raqamli marketing va ijtimoiy tarmoqlarda rivojlanish

Keling, mahsulotingizni ijtimoiy tarmoqlarda samarali targ’ib qilish uchun qanday vositalardan foydalanishingiz mumkinligini muhokama qilaylik. Хaridorlarni jalb qilish usullari va zamonaviy marketing vositalari haqida ham so’zlab beramiz.

Vebinar Zoom’da o‘tkaziladi, havola boshlanishidan bir soat oldin guruhga yuboriladi.

Barchangizni chorshanba kuni soat 17:00 da kutamiz!

4 iyun kuni Ilg’or texnologiyalar markazida akselerator startaplarining MVP-ni muhokama qilish bo‘yicha amaliy seminar bo’lib o’tdi

Iyun 4, 2022

Bugun, 4 iyun kuni Ilg’or texnologiyalar markazida akselerator startaplarining MVP-ni muhokama qilish bo‘yicha amaliy seminar bo’lib o’tdi!

Spiker: Akmal Salixov

Spiker haqida:

• mamlakatning yetakchi startap va IT-loyihalarida mentor va treker: «Startap Initiatives», Ucell Mobile Challange, Open Data Challange, IT Park inkubatsiya va akseleratsiya dasturi va boshqalar;

• “VRonica” virtual va kengaytirilgan reallik (VR/AR) formatidagi o’yinlar va B2B loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha kompaniya asoschisi;

• O’zbekistondagi o’yinlarni rivojlantirish bo’yicha birinchi “GameDev Goethe” inkubatorining asoschisi;

• Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetida “O‘yinlarni rivojlantirish” fanidan o‘qituvchi;

• mamlakatda mobil o‘yinlarni rivojlantirish bo‘yicha eng yirik kompaniyalardan biri “Amayasoft” hamkori;

• O‘zbekistonning eng yirik onlayn «Spot» nashrida biznes va startaplarga bag‘ishlangan rukn muallifi – https://www.spot.uz/ru/tag/akmalsalikhov/

Navbatdagi uchrashuvimiz Zoom’da 8-iyun (chorshanba kuni) soat 17:00da bo‘lib o‘tadi.

Iyun 3, 2022

 Akselerator startaplarining MVP-ni muhokama qilish bo‘yicha amaliy seminar

Shanba, 11:00

MVPni muhokama qilish bo‘yicha amaliy seminar bo‘lib o‘tadi.

Iyun 1, 2022

4-iyun kuni Ilg‘or texnologiyalar markazida akselerator startaplarining MVP (minimal yashashga layoqatli mahsulot) muhokama qilish bo‘yicha amaliy seminar bo‘lib o‘tadi.

Spiker: Akmal Salixov – mamlakatning yetakchi startap va IT-loyihalarida mentor va treker: «Startap Initiatives», Ucell Mobile Challange, Open Data Challange, IT Park inkubatsiya va akseleratsiya dasturi va boshqalar.

Vazifa:

Ushbu shanba kuniga jamoalar loyihalari uchun o’zlarining MVP versiyasini ishlab chiqishlari kerak. Interaktiv sessiyamiz davomida Akmal Salixov loyihangizning hayotiyligini tahlil qiladi va mahsulotni bozorga chiqarish bo‘yicha tavsiyalar beradi.

Spiker haqida:

• “VRonica” virtual va kengaytirilgan reallik (VR/AR) formatidagi o’yinlar va B2B loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha kompaniya asoschisi;

• O’zbekistondagi o’yinlarni rivojlantirish bo’yicha birinchi “GameDev Goethe” inkubatorining asoschisi;

• Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetida “O‘yinlarni rivojlantirish” fanidan o‘qituvchi;

• mamlakatda mobil o‘yinlarni rivojlantirish bo‘yicha eng yirik kompaniyalardan biri “Amayasoft” hamkori;

• O‘zbekistonning eng yirik onlayn «Spot» nashrida biznes va startaplarga bag‘ishlangan rukn muallifi – https://www.spot.uz/ru/tag/akmalsalikhov/

 

Sana: 4 iyun, shanba kuni

Vaqt: 11:00

O‘tkazilish joyi: Ilg‘or texnologiyalar markazi, Toshkent sh.

 

Toshkent shahri va Toshkent viloyatining barcha jamoalari ishtirok etishi shart!

Hududlardagi jamoalar uchun Zoom-da onlayn translyatsiya mavjud bo’ladi.

Iyun 1, 2022

Vebinar: MVP, minimal yashashga layoqatli mahsulot

Chorshanba, 17:00

MVP, minimal yashashga layoqatli mahsulot

May 31, 2022

1-iyun kuni navbatdagi vebinarimiz bo’lib o’tadi.

Mavzu: MVP, minimal yashashga layoqatli mahsulot.

MVP (mahsulotning minimal ishchi versiyasi) nima ekani, u tayyor mahsulotdan nimasi bilan farq qilishi haqida gapirib beramiz. Ilmiy startaplarda MVPning qanday variantlari boʼlishini hamda MVPni qanday ishga tushirish va testdan oʼtkazishni muhokama qilamiz.

Sana: 1 iyun, chorshanba kuni

Vaqt: 17:00

Barcha jamoalar ishtirok etishi shart!

Vebinar Zoom’da o‘tkaziladi, havola boshlanishidan bir soat oldin guruhga yuboriladi.

Barchangizni ertaga soat 17:00 da kutamiz!

(Русский) Основы изучения рынка и конкурентов

May 26, 2022

Seminar: Bozorni va raqobatchilarni o‘rganish asoslari

Shanba, 11:00

Bozorni va raqobatchilarni o‘rganish asoslari

May 26, 2022

28-may kuni Ilg‘or texnologiyalar markazida “Bozorni va raqobatchilarni o‘rganish asoslari” mavzusida seminar bo‘lib o‘tadi.

Spiker:
Aziz Rahimov – turli dasturlarning mentori, telekommunikatsiyalar, moliyaviy texnologiyalar va elektron tijorat sohasining mutaxassis, Oʻzbekiston Elektron tijorat assotsiatsiyasi hammuassisi.

Seminarda startaplar bozorni oʼrganishi qay darajada muhim ekani, uni baholash va tahlil qilish metodlari, maʼlumotlar manbalari va raqobatchilarni oʼrganish usullari haqida gaplashamiz.

Sana: 28 may, shanba kuni
Vaqt: 11:00
O‘tkazilish joyi: Ilg‘or texnologiyalar markazi, Toshkent sh.

Toshkent shahri va Toshkent viloyatining barcha jamoalari ishtirok etishi shart!

Hududlardagi jamoalar uchun Zoom-da onlayn translyatsiya mavjud bo’ladi.

  • Yangi maqolalar

  • Yangi sharhlar

  • Arxivlar

  • Bo’limlar

  • Meta