Archives

Iyun 23, 2022

Seminar: “Yashil” sohada innovatsiyalarni qo’llagan startaplar

Shanba, 11:00

 

«Lucky Step – Diabetic Shoes» jamoasi bilan intervyu

Iyun 22, 2022

Biz intervyular seriyasini davom ettiramiz va «Lucky Step – Diabetic Shoes» jamoasi bilan tanishamiz.

1. Bizga loyihangiz haqida so’zlab bering. Nima ishlab chiqarishni rejalashtiryapsiz? Sizning startapingiz g’oyasi qachon paydo bo’lgan?

Ushbu g’oya jamoamiz azolaridan biri Mirvoxid Mirakbarovichda paydo bo’lgan, ular ko’p yillar davomida ortoped-travmatolog bo’lib faoliyat yuritganlar va tajribalar davomidi juda ham ko’plab qandli diabet oqibatida oyoq soxasida uchraydigan turli xil nuqsonlarni uchratganlar. Kunlarning birida, meni konstruktor-texnolog sifatida diabetik oyoqli bemorlar uchun maxsus poyabzal ishlab chiqish g’oyasi bilan murojaat qildilar. Biz birgalikda poyabzal modelini ishlab chiqdik va ishlab chiqarish uchun xom ashyolar tanladik. Bizning loyihamiz qandli diabet kasalligida uchraydigan oyoq soxasidagi nuqsonlarni oldini olish va mavjud bo’lgan nuqsonlarni barqarorlashtirishga mo’ljallangan.

2. Jamoangizda qanday mutaxassislar bor?

Bizning jamoa loyihamiz uchun zarur bo’lgan tajriba va yo’nalishga ega bo’lgan 4 mutaxassisdan iborat:

Mirzaraximov Mirvohid – oliy toifali ortoped-travmatolog

Sheraliyev Sharifjon – Respublikada charm attorlik va poyabzal soxasi bo’yicha yetuk mutaxassis

Mirakbarova Omina – poyabzal va charm attorlik bo’yicha konstruktor-texnolog va modeler

Sheraliyev Shuxratjon – marketing va IT bo’yicha mutaxassis

3. Ortopedik poyabzal – nima uchun va kimga kerak?

Bizning mahsulot birinchi navbatda, qandli diabet va diabetic oyoq panjasi sindromi bilan og’riganlar, shuningdek, oyoq panjasida og’rig’i bo’lgan keksa odamlar uchun mo’ljallangan. Biz ishlab chiqqan poyabzallarning vazifasi qandli diabetning oqibatlarini oldini olish, diabetik oyoqning holatini barqarorlashtirish, yurishni osonlashtirish, harakatlanayotganda oyoqlarda og’riqni kamaytirish va oyoq panjasiga og’irlikni to’g’ri taqsimlashdir. Bularning barchasi odamlarning hayot sifatini yaxshilash uchun.

4. Qandli diabet bilan og’rigan odamlar uchun ortopedik poyabzal – bu toifadagi odamlar uchun poyabzalning xususiyatlari qanday?

Bozorlarda va do’konlarda sotiladigan qandli diabetga chalinganlar uchun poyabzallarning xususiyatlari quyidagilardir:

– teriga salbiy ta’sir ko’rsatmaydigan tabiiy va xavfsiz materiallardan tayyorlangan;

– oyoq panjasini mahkam qoplaydi va shu bilan shikastlanish xavfini yo’q qiladi;

– og’irlikni to’g’ri taqsimlanishini ta’minlaydigan ortopedik ichki pataklarga ega;

– panja iziga moslashuvchanligi;

– harakat davomida og’irlikka bardoshliligi;

– yengil va uzoq vaqt kiyish uchun qulay bo’lishi mumkin.

5. Ortopedik poyabzal inson salomatligiga zarar yetkazishi mumkinmi?

Ha, lekin buning bir qancha sabablari bor: agar u umumiy qabul qilingan talablarga javob bermaydigan materiallardan tayyorlangan bo’lsa, ortopedik poyabzalning tag qismi va tumshuq qismi juda qattiq bo’lsa, noto’g’ri o’lchovlar olingan bo’lsa, oyoqning aylana o’lchami sozlanmaydigan bo’lsa, chok izlarini qalinligi va tor qolipdagi bo’lsa.

6. Sizning mahsulotingiz bozordagi boshqalardan nimasi bilan farq qiladi? Sizning ortopedik poyabzal modelingiz qanday xususiyatlarga ega?

Biz ishlab chiqqan modellar jamiyatda foydalanuvchilar uchun har tomonlama qulaylikni ta’minlab beradi. Boshqa ishlab chiqaruvchilarning ortopedik poyabzallaridan farqli o’laroq, bizning poyabzalimiz zamonaviy ko’rinishga ega va zamonaviy talablar asosida ishlab chiqariladi. Biz oyog’ida nuqsoni bo’lgan ko’plab insonlar bilan suxbatlashganimizda, ular xunuk va qo’pol ko’rinish ega poyabzallardan foydalanishdan uyalishlarini aytgan edilar. Bizning poyabzal modelimiz bu muammoni hal qiladi. Odatda, boshqa ishlab chiqaruvchilar ichki patak uchun porolon yoki rezina materiallardan foydalanganligi sababli, bemorlarda oyoqlari terlashi va shuning oqibatida mavjud bo’lgan yaralarning yomonlashishiga olib keladi. Biz esa ichki pataklar uchun faqat tabiiy xom ashyodan foydalandik, buning natijasida terlashni oldini olish va havo o’tkazuvchanlik hususiyatiga ega pataklarni ishlab chiqdik.

7. Ortopedik poyabzallarni qanchalik tez-tez yangilash kerak? U alohida parvarish talab qiladimi?

Har bir mahsulotning o’z yaroqlilik muddati bor. Ortopedik poyabzallarni quyidagi hollarda yangilash kerak: o’lchamiga mos kelmasa va korrektsiyalovchi xususiyatlari yo’qolganda. Bu poyabzal ham, har qanday sifatli poyabzal kabi parvarish qilinadi yani: maxsus krem ​​va moy bilan tozalash, ehtiyotkorlik bilan kiyish, nam havodan birdaniga issiqda quritish va uni yuvib bo’lmaydi.

8. Sizning hisob-kitoblaringiz bo’yicha mahsulotingiz narxi analoglardan qancha farq qiladi?

Ishlab chiqarilgan poyabzallar narxi, modellarning murakkabligiga qarab 350.000 so’mda 450.000 so’mgacha bo‘ladi. Analoglar bilan taqqoslaganda, bizning poyabzallarimiz o’rtacha narxga to’g’ri keladi.

9. Ilg‘or texnologiyalar markazi laboratoriyalaridan qanday foydalanishni rejalashtiryapsiz?

Ilg’or texnologiyalar markazi olimlari bilan loyihalarimizni yanada takomillashtirish va rivojlantirish uchun hamkorlikda aloqa o’rnatish. Loyihalarni boshqarish strategiyasi bo’yicha tajriba orttirish va kerakli ko’nikmalarga ega bo’lish. Zaruriyatga ko’ra, mahsulotimizning fizik va kimyoviy sinovlarini o’tkazish.

Ijtimoiy tarmoqlarda «Omadli qadam – diabetik poyabzal» loyihasining rivojlanishini kuzatib boring:

Telegram: https://t.me/luckystepuz
Facebook: https://www.facebook.com/luckystepuz/
Instagram: https://instagram.com/lucky_step.uz

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Iyun 21, 2022

Vebinar: Patent huquqi va intellektual mulk

Chorshanba, 17:00

Patent huquqi va intellektual mulk

Iyun 21, 2022

Navbatdagi vebinarimiz 22-iyun chorshanba kuni soat 17:00 da bo’lib o’tadi!

Mavzu: Patent huquqi va intellektual mulk

Spiker: Mo‘minov Yakubjon Vafoevich – O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazining patentshunosi.

Biz quyidagilarni muhokama qilamiz: kim intellektual mulk egasi bo’lishi mumkin, intellektual mulk huquqini qanday olish mumkin, patent huquqlari nimadan iborat va patent olish hozir qancha turadi.

Vazifa: vebinardan oldin barcha jamoalar savollarni tayyorlab, umumiy akselerator guruhiga yuborishlari kerak.

Vebinar Zoom’da o‘tkaziladi, havola boshlanishidan bir soat oldin guruhga yuboriladi.

Hammani chorshanba kuni soat 17:00da kutamiz!

Iyun 16, 2022

Seminar: Jamoa tuzish va startap jamoasida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammolar

Shanba, 11:00

Jamoa tuzish va startap jamoasida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammolar

Iyun 16, 2022

18-iyun kuni Ilg’or texnologiyalar markazida navbatdagi amaliy seminarimiz bo’lib o’tadi.

Mavzu: Jamoa tuzish va startap jamoasida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammolar.

Biz jamoani shakllantirish bosqichlari, rol turlari, samarali jamoaviy ishning asosiy elementlari va muammolarni hal qilish yo’llarini muhokama qilamiz. Har bir loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun qaysi jamoa zarurligini aniqlaymiz.

Sana: 18-iyun, shanba
Vaqt: 11:00
Oʻtkazilish joyi: Ilgʻor texnologiyalar markazi, Toshkent sh.

Toshkent shahri va Toshkent viloyatining barcha jamoalari ishtirok etishi shart!
Hududlardagi jamoalar uchun Zoom’da onlayn translyatsiya mavjud bo’ladi.

C.A.T Science Accelerator 4.0 ishtirokchilari bilan intervyu: «Eko Bubble» jamoasi

Iyun 15, 2022

Biz C.A.T. Science Accelerator 4.0 ishtirokchilari bilan intervyu seriyasini boshlaymiz.

Bugun organik komponentlardan kukun ishlab chiqaruvchi «Eko Bubble» jamoasi o’zlarining startap loyihasi haqida so’zlab beradi.

– Sizning startapingiz g’oyasi qachon paydo bo’lgan va qanday mahsulotlarni taklif qilasiz?
– Mahsulot g’oyasining o’zi tasodifan paydo bo’ldi, 3 yil oldin tashkil etilgan jamoamiz bir vaqtning o’zida turli loyihalar ustida ishlayotgan edi va 2019 yilda biz asta-sekin hipoalerjenik yuvish vositasi tarkibini ishlab chiqishga yaqinlashdik.

– Jamoangizda qanday mutaxassislar bor?
– Jamoamiz turli sohalarda tajribaga ega kimyo-texnologlardan iborat:
• Li Vyacheslav Vladislavovich – yog’-moy sanoati kimyogar-texnologi,
• Sodiqov Samandar Ibrohijon o‘g‘li – “Agro-Kimyo Standart” MChJ test markazi rahbari.

– Ushbu sohada ishlashni boshlashingizga nima turtki bo’ldi?
– Rivojlanishning boshlang’ich nuqtasi ota-onamizning sintetik yuvish vositalariga alerjisi edi.

– Mahsulotingizning qadri va o‘ziga xosligi nimada?
– Mahsulotning qadri shundaki, bugungi kunda O‘zbekistonda bu mahsulotning o‘xshashi yo‘q.

– Mahsulotingiz qanday sinovdan o’tgani haqida gapirib bering.
– Mahsulotni sinovdan o’tkazish sinov va xatolikka asoslangan edi va mahsulotimizning tarkibini hozirgi holatiga moslashtirdi. Kimyoviy-fizikaviy va biologik tahlillar, shuningdek, ko‘ngillilar ustida testlar o‘tkazildi.

– Har kuni loyihangiz ustida ishlashga qancha vaqt sarflaysiz?
– Ushbu loyiha ustida ishlash uchun har kuni o’rtacha bir soat vaqt sarflaymiz.

– Jamoangizning ayni damdagi muvaffaqiyatini qanday ta’riflagan bo’lardingiz?
– Hozircha jamoamiz aytish mumkin bo’lgan katta muvaffaqiyatga erishgani yo’q, ammo bir nechta ko’ngillilardan olingan dastlabki natijalar bizning jamoamizga ushbu yo’nalishda ishlashni davom ettirishga katta turtki beryapti.

– Ilg‘or texnologiyalar markazi laboratoriyalaridan qanday foydalanishni rejalashtiryapsiz?
– Ilg‘or texnologiyalar markazi laboratoriyasidan mahsulotimiz sifati bo‘yicha keng ko‘lamli ma’lumotlarni olish mumkin bo‘lgan platforma sifatida foydalanishni rejalashtirganmiz. Shuningdek, mahsulotimizning reologik xususiyatlarini yaxshilash bo’yicha mutaxassislardan fikr-mulohazalarni olishga umid qilamiz.

Iyun 13, 2022

Vebinar: Customer Development doirasida yechimni taklif etadigan intervyu va boʼlgʼusi mijozlar bilan MVPni testdan oʼtkazish

Chorshanba, 17:00

Customer Development doirasida yechimni taklif etadigan intervyu va boʼlgʼusi mijozlar bilan MVPni testdan oʼtkazish

Iyun 13, 2022

Navbatdagi vebinarimiz 15-iyun chorshanba kuni soat 17:00 da bo’lib o’tadi!

Mavzu: Customer Development doirasida yechimni taklif etadigan intervyu va boʼlgʼusi mijozlar bilan MVPni testdan oʼtkazish.

Yechimni taklif qiladigan intervyu muammoni aniqlaydigan intervyudan nimasi bilan farq qilishini muhokama qilamiz. MVP boʼyicha maqsadli auditoriya bilan teskari aloqaga qanday ega boʼlish haqida gapirib beramiz.

Vebinar Zoom’da o‘tkaziladi, havola boshlanishidan bir soat oldin guruhga yuboriladi.

Barchangizni chorshanba kuni soat 17:00 da kutamiz!

Iyun 10, 2022

Moliyalashtirilgan C.A.T. Science Accelerator loyihalari bilan onlayn uchrashuv

Shanba, 11:00

  • Yangi maqolalar

  • Yangi sharhlar

  • Arxivlar

  • Bo’limlar

  • Meta