Archives

15-iyul kuni biznes-reja bo‘yicha uchinchi vebinar o‘tkaziladi

Iyul 14, 2023

Mavzu: Marketing strategiyasi

Spiker: Aleksandr Yudakov, Ilg‘or texnologiyalar markazining Tijoratlashtirish va texnologiyalar transferi bo‘limining boshlig‘i. C.A.T. Science Accelerator rahbari.

Aleksandr marketing strategiyasini rejalashtirish va biznes-rejada ushbu bo‘limga qo‘yiladigan talablar haqida so‘zlab beradi.

Seminar offlayn tarzda o‘tkaziladi! Toshkent jamoalari qatnashishi majburiy! Hududlardagi jamoalar uchun Zoom platformasida onlayn-translyatsiya ochiq bo‘ladi.

Barchani shanba kuni soat 11:00 da kutamiz!

Iyul 11, 2023

Chorshanba, 12-iyul kuni, soat 18:00 da akselerator jamoalari uchun keyingi vebinarimiz o‘tkaziladi.

Chorshanba, 12-iyul kuni, soat 18:00 da akselerator jamoalari uchun keyingi vebinarimiz o‘tkaziladi.

Iyul 11, 2023

Mavzu: Patent huquqi va intellektual mulk

Spiker: Mo‘minov Yoqub Vafoyevich. Ilg‘or texnologiyalar markazining patentshunosi.

Vebinar Zoom platformasida o‘tkaziladi. Jamoalardan spikerga oldindan savollar tayyorlab qo‘yishni so‘raymiz.

Chorshanba, 12-iyul, 18:00

Iyul 6, 2023

Shanba, 8-iyul kuni biznes-reja bo‘yicha ikkinchi seminar o‘tkaziladi.

Shanba, 8-iyul kuni biznes-reja bo‘yicha ikkinchi seminar o‘tkaziladi.

Iyul 6, 2023

Unda biznes-rejaning “marketing tahlili” deb ataluvchi bo‘limi haqida so‘z yuritamiz.

Bozor, raqobatchilar, SWOT-tahlil, yetkazib beruvchilar haqidagi ma’lumotlar qanday rasmiylashtirilishini ko‘rib chiqamiz.

Spiker: Aleksandr Yudakov, Ilg‘or texnologiyalar markazining Tijoratlashtirish va texnologiyalar transferi bo‘limi boshlig‘i. “C.A.T. Science Accelerator” dasturining rahbari.

Seminar offlayn formatda o‘tkaziladi! Barcha Toshkent jamoalari qatnashishi majburiy! Hududlardagi jamoalar uchun Zoom platformasida onlayn-translyatsiya imkonli bo‘ladi.

Hammani shanba kuni soat 11:00 da kutamiz!

“UNISAT 2.0” bitiruv tadbiri 30-may kuni o‘tkazildi, u qanday o‘tganini eslaymiz

Iyul 5, 2023

Iyul 4, 2023

Keyingi seminarimiz chorshanba, 5-iyul kuni soat 18:00 da o‘tkaziladi.

Mavzu: Patent huquqi va intellektual mulk

Keyingi seminarimiz chorshanba, 5-iyul kuni soat 18:00 da o‘tkaziladi.

Iyul 4, 2023

Mavzu: Patent huquqi va intellektual mulk

Spiker: Ibragimov O‘ktamjon – O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligining “Tijoratlashtirish va texnologiyalar transferini rivojlantirish bo‘limi”ning bosh mutaxassisi.

Kim intellektual mulk sohibiga aylanishi mumkinligini, intellektual mulkka bo‘lgan huquqlarni qanday olish mumkinligini, patent huquqlari nimalarni o‘z ichiga olishi va startaplar uchun patent huquqi qay darajada muhimligini muhokama qilamiz.

Vebinar Zoom platformasida o‘tkaziladi, havolani esa vebinar boshlanishidan bir soat oldin guruhga yuboramiz.

Barchani chorshanba kuni soat 18:00 da kutamiz!

Iyun 26, 2023

24-iyun kuni o‘tkazilgan Ekvator tadbiri va jamoalarning taqdimotlari natijalari bo‘yicha mentorlarning jamoalar bo‘yicha taqsimlanishini e’lon qilamiz

24-iyun kuni o‘tkazilgan Ekvator tadbiri va jamoalarning taqdimotlari natijalari bo‘yicha mentorlarning jamoalar bo‘yicha taqsimlanishini e’lon qilamiz

Iyun 26, 2023

Akmal Salixov: Digital Twin, LifeEco va Skin Diseases

Adel Yengalichev: HydroPower va Alter Heating Technologies

Akrom Ilhomov: Agro Insecticide, LactoLife va Vie sans gluten

Anvar Sariyev: VirusTest, Ektoprotez va Distraktor

Barnoxon Ortiqxo‘jayeva: Flawless, Hair Spray va LactoFree

Sergey Kim: Alter Heating Technologies va HydroPower

Sherozbek Dolimov: Agro Insecticide, Oil Bombyx Mori va ProMask

Bugun biz barcha jamoalarga mentorlar bilan ishlash qoidalarini yuboramiz va keyingi muloqot uchun telegram-guruhlarga mentorlarni qo‘shamiz.

  • Yangi maqolalar

  • Yangi sharhlar

  • Arxivlar

  • Bo’limlar

  • Meta