29-iyul kuni “C.A.T. Science Accelerator 4.0” jamoalari uchun biznes-reja bo’yicha beshinchi vebinar o’tkaziladi.
Mavzu: Moliya

Mavzu: Moliya
Spiker:
Aleksandr Yudakov — Ilg‘or texnologiyalar markazining Tijoratlashtirish va texnologiyalar transferi bo‘limi boshlig‘i. “C.A.T. Science Accelerator” dasturining rahbari.
Aleksandr korxonani moliyaviy rejalashtirishning asosiy tushunchalari, biznes-rejaga kiritilishi kerak bo’lgan moliyaviy shakllar, moliyaviy-iqtisodiy rejalar va byudjetlar haqida so’zlab beradi.
Sana: 29-iyul, shanba
Vaqt: 11:00
Vebinar Zoom platformasida o’tkaziladi, havola boshlanishidan bir soat oldin guruhga yuboriladi.
26-iyul kuni soat 18:00 da Yevgeniya Son bilan ikkinchi vebinar o‘tkaziladi

Mavzu: Tannarx va narxni shakllantirish
Spiker: Yevgeniya Son, “Yaran Consulting” kompaniyasining rahbari
✅ Vebinarda sizga quyidagilar kerak bo‘ladi:
✓ startapingizning barcha xarajatlari ro‘yxati;
✓ kalkulyator va Excel, kichikroq amaliy mashg‘ulot ham rejalashtirilgan;
✓shuningdek, jamoalar o‘tgan seminarda berilgan vazifani bajarishi kerak.
Sana: 26-iyul
Vaqti: 18:00
🖥 Vebinar Zoom platformasida o‘tkaziladi.
22-iyul kuni biznes-rejalashtirish bo‘yicha to‘rtinchi vebinar o‘tkaziladi.
Mavzu: Ishlab chiqarish-logistika dasturi

Mavzu: Ishlab chiqarish-logistika dasturi
Spiker:
Aleksandr Yudakov — Ilg‘or texnologiyalar markazining Tijoratlashtirish va texnologiyalar transferi bo‘limi boshlig‘i. “C.A.T. Science Accelerator” dasturining rahbari.
Vebinarda ishlab chiqarish quvvatlarini rejalashtirish, xomashyo, materiallar va uskunalarni yetkazib beruvchilarni izlash hamda ishlab chiqarish va logistikani tashkillashtirish va boshqa masalalar haqida suhbatlashamiz.
Seminar offlayn rejimda o‘tkaziladi! Toshkent jamoalari uchun vebinarda qatnashish majburiy! Hududlardagi jamoalar uchun Zoom platformasida onlayn-translyatsiya ochiq bo‘ladi.
Barchani shanba kuni soat 11:00 da kutamiz!
19-iyul kuni soat 18:00 da Yevgeniya Son bilan vebinar o‘tkaziladi

Unda 2 ta mavzuni ko‘rib chiqamiz:
– Kompaniyani yaratish: tashkiliy-huquqiy shakli va soliqqa tortish turlari.
– Investor bilan kelishuv: nimalarga e’tibor berish kerak
Spiker: Yevgeniya Son.
Yevgeniya buxgalterlik hisobi va audit sohasida 15 yillik ish tajribasiga ega. U Yaran Consulting kompaniyasining hamkori, “O‘z faoliyatini endigina boshlagan tadbirkorlar uchun ish daftari” kitobining muallifi, shaxsiy mablag‘lar bo‘yicha kurs muallifi, tadbirkorlar uchun @yaran_uz telegram-kanalini yuritadi.
Yevgeniya Toshkent moliya institutini tamomlagan, milliy buxgalter sertifikatiga, milliy auditor sertifikatiga va xalqaro buxgalter sertifikatiga ega.
Jamoalardan spikerga savollarni oldindan tayyorlab qo‘yishni so‘raymiz!
Seminar 19-iyul kuni soat 18:00 da Zoom platformasida o‘tkaziladi.

Seminarlarni o‘tkazib yuborgani, mentorlar bilan uchrashuvlarda faollik yo‘qligi va vazifalar bajarilmagani uchun jamoalaringiz akseleratordan chiqarib yuboriladi!
Barcha jamoalarga akseleratsiya dasturida faol ishlash va qatnashish zarurati haqida eslatib o‘tamiz. Demo kunga faqat o‘zining akseleratordagi faoliyati natijalarini ko‘rsata olgan jamoalar yetib boradi.
15-iyul kuni biznes-reja bo‘yicha uchinchi vebinar o‘tkaziladi.
Mavzu: Marketing strategiyasi