Biz startapni mahalliy brend ostida tabiiy sifatli kosmetikani ishlab chiqish va ishlab chiqarish maqsadida yaratdik. Asosiy qadriyatimiz – mijozlarga quruq iqlim sharoitlarida samarali namlanishni ta’minlaydigan tabiiy komponentlardan iborat sinovdan o‘tgan mahsulotlarni taqdim etish. Biz qalbaki mahsulotlar uchraydigan onlayn-xaridlarga ishonchli muqobilni taqdim etishga harakat qilyapmiz.
Biz kremlarimiz uchun tabiiy komponentlarni puxtalik bilan tanlaymiz, yuqori standartlarga muvofiq bo‘lish uchun ularning kelib chiqishi va sifatiga alohida e’tibor qaratamiz. Mahsulotning xavfsizligi birinchi darajali ahamiyatga ega, shu bois biz ehtimoliy allergenlarni va nojo‘ya samaralarni juda puxtalik bilan tahlil qilamiz.
1. Komponentlarni tanlash: Dastavval retsept bo‘yicha biz barcha kerakli komponentlarni tanlaymiz. Bu moylar, vitaminlar va terini parvarish qilish uchun boshqa mahsulotlar bo‘lishi mumkin.
2. Aralashtirish: So‘ngra barcha komponentlarni aralashtiramiz3.
3. Issiqlik: Aralashtirgandan keyin aralashmani biroz qizdiramiz. Bu komponentlarga birlashish va teri uchun foydaliroq bo‘lishga yordam beradi.
4. Sovutish: Keyin aralashma sovutiladi. Bu krem foydalanish uchun tayyor bo‘lishi maqsadida qilinadi.
5. Tekshirish va tuzatish: Aralashma sovuganidan keyin kremni tekshiramiz. Agar qandaydir kamchilik bo‘lsa, uni tuzatamiz, o‘zgartirishlar kiritamiz.
6. O‘rami: Jarayon yakunida kremni qulay o‘ramga joylashtiramiz.
Biz mahsulotimizni ikki xil testdan o‘tkazamiz:
Iqlimga moslashtirilgan: Mahalliy komponentlardan foydalangan holda ishlab chiqilgan kremimiz terining samaraliroq namlanishini ta’minlaydi.
Mahalliy komponentlar: Mahalliy komponentlardan foydalanish kremga mintaqa o‘simliklarining xarakteristikalariga asoslangan noyob xususiyatlarni beradi.
Ekologiklik va noyoblik: Mahalliy komponentlardan ishlab chiqarish nafaqat ekologiyani va mahalliy iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlaydi, balki kremga mahalliy madaniyat va qadriyatlarga mos keladigan noyoblikni ham taqdim etadi.
Startapni ishga tushirish boshida moliyaviy cheklovlar yuzaga keldi. Yechim – investitsiyalarni jalb qilish, venchur kapital yoki davlat ko‘magi edi.
Bu bosqichda mahsulot prototipi yoki namunalarini ishlab chiqish muhim vazifa edi, ular kremning qimmatli ekanini ehtimoliy investorlarga namoyish etish imkonini berardi.
Bizning ambitsioz startap-loyihamizni amalga oshirishda muhim rol o‘ynayotgan jamoamizning ishtirokchilarini taqdim etaman.
Jamoa yetakchisi va loyihaning bosh rahbari – men, Akramova Malika. Mening vazifam butun jarayonni muvofiqlashtirish va jamoa a’zolari orasida o‘zaro yaqin aloqalarni ta’minlashdan iborat. Mening rahbarlik va strategik rejalashtirish bo‘yicha tajribam tufayli loyihamizga aniqlik, yo‘nalish va muvaffaqiyatga erishish uchun ilhom beraman.
Loyihaning bosh marketologi va iqtisodchisi Shahzoda Abdukarimova jamoamizning muhim tadqiqotchi bo‘g‘ini hisoblanadi. Uning bozorni tahlil qilish, trendlarni prognozlash va biznes-strategiyalarni ishlab chiqish ko‘nikmalari bizni qimmatli axborot bilan ta’minlaydi, muvaffaqiyatli biznes-rejamiz ham ana shunga asoslanadi.
Ilmiy va ijodiy tafakkurni birlashtirgan Maftuna Akramova mahsulotni ilgari surish borasida muhim rol o‘ynaydi. U brendimizga va mahsulotimizga turli onlayn-platformalarda va ulardan tashqarida e’tiborni jalb qilgan holda ijtimoiy media bo‘yicha strategiyalarimizni boshqaradi.
Biz Ilg‘or texnologiyalar markazining laboratoriyasidan murakkab kimyoviy tahlillar va tadqiqotlarni o‘tkazish uchun foydalanishni rejalashtirganmiz, chunki bizga, masalan, komponentlar tarkibini va mahsulot tuzilmasini tahlil qilish uchun ixtisoslashgan uskunalar kerak bo‘ladi.
Mentorimiz – Barno Ortiqxo‘jayeva, boy tajribaga ega o‘z kasbining ustasi, u jamoamizda muhim rol o‘ynaydi. Uning qimmatli maslahatlari va ekspert fikri bizga xatolardan qochish va samaraliroq strategiyani ishlab chiqishda yordam beryapti. Biz o‘zining bebaho bilimlari bilan o‘rtoqlashayotgani va qiyinchiliklarni yengib o‘tishga yordam berayotgani uchun undan juda minnatdormiz.
Istiqbolda – jadal parvarish metodlariga e’tibor qaratgan holda assortimentni kengaytirish hamda foydalanish qulay va samarali bo‘lishi uchun o‘ramlarimizni takomillashtirish. Maqsadimiz mijozlarga teri parvarishi hamda uning salomatligi va go‘zalligini saqlash uchun eng yaxshi imkoniyatlarni taqdim etishni davom ettirish uchun muntazam ravishda innovatsiyalarga e’tibor qaratish bo‘lib qoladi.
Kelayotgan chorshanba, 30-avgust kuni «Demo Kun uchun taqdimot tayyorlash» mavzusida vebinar o‘tkaziladi.
• Biz Demo Kun uchun mo‘ljallangan taqdimot tuzilmasi va investorlar uchun mo‘ljallangan taqdimotlarni tayyorlash qoidalari haqida so‘z yuritamiz.
• Slaydlarda qanday qilib muhim jihatlarga urg‘ularni to‘g‘ri berishni muhokama qilamiz.
Sana: 30-avgust, chorshanba
Vaqt: 18:00
Vebinar Zoom platformasida o’tkaziladi, havola vebinar boshlanishidan bir soat oldin guruhga yuboriladi.
23-avgust kuni C.A.T. Science Accelerator jamoalari uchun mehmon spiker ishtirokida vebinar o‘tkaziladi
Mavzu: Omma oldida chiqish qilish va taqdimot ko‘nikmalari
Mavzu: Omma oldida chiqish qilish va taqdimot ko‘nikmalari
Spiker: Artur Pak-Vartanyan, “Growy Me Ltd.” xalqaro kompaniyasining hamta’sischisi va marketing bo‘limining rahbari. UK – AI- xodimlarning samaradorligini oshirish tizimi. “Bitrix24.CRM” tizimini sotish va sozlash bilan shug‘ullanuvchi “Ginza Soft” kompaniyasining hamta’sischisi va direktori
Artur loyihaning taqdimotini qanday o‘tkazish kerakligi, qisqa vaqt davomida qanday qilib tinglovchilarga iloji boricha ko‘proq axborotni yetkazish va auditoriya oldida o‘zini yo‘qotib qo‘ymaslik mumkinligi haqida so‘zlab beradi.
Bu seminar juda muhim hisoblanadi, chunki tez orada – akseleratorning Demo Kunida taqdimotni o‘tkazish bo‘yicha ko‘nikmalaringiz kerak bo‘ladi.
Sana: 23-avgust
Vaqt: 18:00
Seminar Zoom platformasida o‘tkaziladi
19-avgust kuni C.A.T. Science Accelerator 5.0 jamoalari uchun ikki yo‘nalish bo‘yicha mentorlik sessiyalari o‘tkaziladi
Toshkent jamoalari shaxsan qatnashishi lozim, hududlardagi jamoalar esa – onlayn.
Biznes-rejalaringizni hamda akselerator mentorlariga savollaringizni tayyorlang. Shuningdek qanday qiyinchiliklar borligi haqida, loyihalaringizning hozirgi bosqichida nimalarni uddalay olmayotganingiz to‘g‘risida suhbatlashamiz.
Har bir jamoada vazifalarni muhokama qilishga 30 daqiqa bo‘ladi, yozilish uchun jadvalni akselerator telegram-guruhiga yuboramiz.
Keyingi seminarimiz 16-avgust kuni soat 18:00 da o‘tkaziladi.
Vebinar mavzusi: ilmiy startaplar, qishloq xo‘jalik sohasidagi loyihalar, turizm va boshqa tarmoqlar uchun innovatsiyalar, IT va dijitalizatsiya.
Vebinar mavzusi: ilmiy startaplar, qishloq xo‘jalik sohasidagi loyihalar, turizm va boshqa tarmoqlar uchun innovatsiyalar, IT va dijitalizatsiya.
Spiker: Saida Yusupova
– Green Business Innovation kompaniyasining asoschisi va direktori;
– Tech4Impact NNT direktori;
– startaplar, barqaror rivojlanish, innovatsiyalar va yashil texnologiyalar sohasining mutaxassisi;
– SDG and Her tadbirkor ayollar uchun xalqaro tanlov g‘olibasi (tashkilotchilar – jahon banki va BMT);
– TechWomen-2016 xalqaro dasturining bitiruvchisi.
Biz turli sohalardagi (tibbiyot, qishloq xo‘daligi va h.k.) ilmiy loyihalar misolida qanday qilib innovatsiyalarni iqtisodiyotning an’anaviy sektorlariga joriy etishni, qanday qilib axborot texnologiyalari jarayonlarni avtomatlashtirishi yoki jadallashtirishi, mijozlarni jalb qilishi, sotuvlarni yo‘lga qo‘yishi, ma’lumotlarni to‘lashi va tahlil qilishi va hatto loyihalarni ilgari surishi mumkinligini muhokama qilamiz.
Sana va vaqt: 16-avgust, chorshanba, 18:00
Vebinar Zoom platformasida o‘tkaziladi
1. Startapingizning asosiy missiyasi nimadan iborat, qanday maqsadlarga erishmoqchisiz?
Startapimiz missiyasi: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligidan grant olish va gidronasos ishlab chiqarishni boshlash.
2. Startapingiz bozordagi raqobatchilarnikidan nimasi bilan farq qiladi? Raqobatda ustunlikni qanday ushlab turmoqchisiz?
Biz ishlab chiqqan gidronasos oddiy bajarilgan, u elektr va issiqlik energiyasiz suvni 40 metr va undan yuqori balandlikka tortadi. O‘rnatish uchun qo‘shimcha uskunani talab qilmaydi, omilkor va ishonchli. An’anaviy nasoslardan elektrsiz va yoqilg‘isiz (benzin, solyarka) ishlashi bilan farq qiladi. Shu bois gidronasosimiz ekologik hisoblanadi, u o‘zidan gazlar, moylar va hokazolarni ajratmaydi.
3. Mahsulotingizning asosiy iste’molchilari kim, qaysi sohalar?
Asosiy bozorimiz va bo‘lg‘usi mijozlarimiz bu: fermer xo‘jaliklari, davlat kompaniyalari, tomorqachilar va uy xo‘jaliklari.
4. Nasosingizning tajriba namunasi sinovdan qanday o‘tgani, qanday natijalar olingani, yechimda qanday kamchiliklar aniqlangani haqida gapirib bersangiz?
Gidronasosni real sharoitlarda sinovdan o‘tkazayotganimiz haqidagi videoni tomosha qilishni taklif qilamiz. Kamchiligi hozircha bitta – unumdorlik. Joriy laboratoriya namunasining quvvati soatiga 1 tonna. Biroq bizda hozir unumdorligi soatiga 9 tonna bo‘lgan nasosning chizmalari va ishlanmasi bor.
5. Iste’molchilar uchun siz taklif qilayotgan gidronasoslarning asosiy afzalligi va xususiyatlari nimalardan iborat?
Iste’molchi uchun ijobiy tomoni – bu elektr energiyasiga xarajat qilmasdan dalalar, tomorqalarni sug‘orish hamda elektr ta’minoti umuman bo‘lmagan borilishi qiyin bo‘lgan joylardagi ekin maydonlarini sug‘orish. Ma’lumki, qishloq xo‘jalik mahsulotlari tannarxining 30% elektr nasoslari iste’mol qiladigan elektr energiyasini to‘lashga sarflanadi. Xulosa: agar gidronasosimizdan foydalanilsa, qishloq xo‘jalik mahsulotlarining tannarxi 30% ga kamayadi.
6.Startapni ishga tushirish jarayonida siz duch kelgan eng katta to‘siqlar nimalardan iborat bo‘ldi, ularni qanday yengib o‘tdingiz?
Gidronasosimizni ilgari surish usulini tanlashdagi va uni ko‘lamlashtirishdagi noaniqlik eng katta to‘siqqa aylandi. Avval biz bir nechta variantni ko‘rib chiqqandik:
1. Gidronasosdan mini GES uchun asosiy element sifatida foydalanish.
2. Gidronasosdan suv minoralari orqali kichik aholi punktlarini suv bilan ta’minlash uchun foydalanish.
3. Gidronasosdan o‘z maqsadi bo‘yicha foydalanish, ya’ni dalalar, shudgorlangan yerlar va tomorqalarni sug‘orish.
Ushbu vazifa akselerator mentorlari yordamida hal qilindi va biz jamoa bilan 3-variantda to‘xtadik.
7. Ilg‘or texnologiyalar markazining laboratoriyalaridan qanday foydalanishni rejalashtiryapsiz?
ITM laboratoriyalarida bizga mexanika qiziqarli, ya’ni tokarlik va frezerlik dastgohlari.
8. Jamoangizning har bir a’zosi loyihada qanday rol o‘ynaydi? Ular startapga qanday ko‘nikma va tajribani olib kirmoqda?
Gidronasosni ishlab chiqish – bu bizning oilaviy loyihamiz:
Ixtirochi va gidronasos muallifi — dadam Qodirov Ravshan Tursunovich, texnika fanlari doktori, muhandis-konstruktor. U gidronasosning birinchi chizmasi yaratdi.
Kichik ukam, Qodirov Umid Ravshanovich — muhandis-mexanik. U chizmalarga shakl va hayot beradi. Uning yordamida gidronasos qog‘ozdan suv havzasiga o‘tdi…
Qodirov Nodirbek Ravshanovich: g‘oyaviy ilhomlantiruvchi, loyiha rahbari.
9. Akselerator mentorlari bilan qanday ishlayotganingiz va mentorlikdan jamoangizga qanday yordam kerakligi haqida so‘zlab bersangiz?
Jamoamizning 2 ta mentori bor: Adel Yengalichev va Sergey Kim. Biz mentorlar bilan biznes-modelni va loyihamizning bo‘lg‘usi mijozlarini, ilk sotuvlarni, loyiha taqdimotining yangilanishini, nasosni ilgari surish uchun videoga olish ishlarini, ijtimoiy tarmoqlar orqali ilgari surish rejasini muhokama qilamiz. Mentorlarga ajratgan vaqti va qimmatli maslahatlari uchun minnatdorchilik bildiramiz!
10. Startapingizning gidronasoslar borasidagi bo‘lg‘usi rejalaringiz qanday?
Yuqorida aytilganiday, bo‘lg‘usi rejalarimiz – bu unumdorligi soatiga 9 tonna bo‘lgan gidronasosni yaratish va ishlab chiqarishni boshlash uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligidan mablag‘ olish.