Archives

Jamoalar uchun final topshiriq: Demo kun uchun pitch-video va taqdimot tayyorlash

Sentyabr 21, 2023

Jamoalar uchun final topshiriq: Demo kun uchun pitch-video va taqdimot tayyorlash

Jamoalar uchun final topshiriq: Demo kun uchun pitch-video va taqdimot tayyorlash (hozircha demo kun belgilangani yo‘q).

Sentyabr 21, 2023

 

1. Pitch-videoda 5 daqiqa davomida loyihangizni taqdim qilishingiz kerak (jamoangizga qulay bo‘lgan o‘zbek yoki rus tillarida). Taqdimotingizni gapirib berishingiz va buni 5 daqiqa ichida qilishingiz kerak.

Videoda siz + taqdimotingiz ko‘rinib turishi lozim.

Siz chiqishingizni Zoom’da yoki o‘zingizga qulay bo‘lgan istalgan boshqa usulda yozishingiz mumkin. Taqdimotni yoqasiz va videoga yozib olasiz.

2. Taqdimot siz oldin olgan ekspertlarning sharhlari bo‘yicha to‘g‘irlab chiqilgan bo‘lishi zarur.

3. Tayyor video pitchni YouTube yoki Google Drive’ga yuklaysiz va havolani saytning LOYIHA bo‘limida chop etasiz.

Biz barcha videolarni ko‘rib chiqamiz hamda pitch va taqdimot bo‘yicha sharhlar beramiz. Loyiha uchun siz maksimal 60 ball olishingiz mumkin (har bir koordinator 1 dan 10 ballgacha ball qo’yadi).

❗️Topshiriq muddati: 24 sentyabr

Loyihaga misoli (videoda taqdimotni ham, shaxsni ham ko’rishingiz mumkin): https://drive.google.com/file/d/1qX3N77ZiCbX3DMtNM42ocH4c-Qs1LT5k/view

Jamoa bilan intervyu: «Dr. Snails»

Sentyabr 18, 2023

Startapingizning asosiy maqsadi nima, uning yordamida nimaga erishmoqchisiz?

Startapimizning maqsadi shilliqqurtlardan krem va ko‘piklar yaratishda foydalanish. O‘zbekiston aholisining 10 foizi teri muammolari bo‘yicha mutaxassislarga murojaat qilishini hisobga olgan holda, biz yiliga 20 mingdan 100 minggacha mahsulot ishlab chiqarish, ish o‘rinlari yaratish va mahsulotlar turini kengaytirishni rejalashtirmoqdamiz.

Startapingiz bozordagi raqobatchilarnikidan nimasi bilan farq qiladi? Raqobatbardosh ustunligingizni qanday saqlab qolishni rejalashtiryapsiz?

Bizning asosiy raqobatchilarimiz Janubiy Koreya, AQSh, Fransiya va Rossiyada ishlab chiqariladigan, tarkibida shilliqqurtlar tuxumi va shilimshig‘i mavjud bo‘lgan krem va ko‘piklar hisoblanadi. Biz ularga nisbatan tabiiy, arzon hamda har qanday teri turi uchun mos keladigan, yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega, vitaminlarga boy mahsulotlarni taklif etish orqali o‘z ustunligimizni saqlab qolmoqchimiz.

Shilliqqurtlar kremi har xil teri turlariga, jumladan ta’sirchan va muammoli teriga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Bizning shilliqqurtlar shilimshig‘idan yaratilgan kremimiz 99% kollagenni saqlaydi, bu esa terining tarangligi va yosharishiga yordam beradi. Unda shuningdek AHA (alfa-gidroksikislota), BHA (beta-gidroksikislota) va PHA (poligidroksikislota) mavjud bo‘lib, ular teriga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Mahsulot samarali namlantiradi, yuzdagi ajinlarni yo‘qotadi (shu jumladan uzum kislotasidagi AHA orqali), terining chuqur qatlamlariga kirib yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi (atsetilsalitsil kislotadagi BHA orqali), shuningdek qarishni sekinlashtiradi va glyukon kislotasi orqali terini tiniqlashtirishga yordam beradi.

Shilliqqurtlar kremining ta’sirini kuchaytirish uchun qanday tabiiy komponentlardan foydalanmoqchisiz?

Biz o‘z kremimizni uzum urug‘ining yog‘i va bodom yog‘idan iborat aralashma, shuningdek suv kabi tabiiy komponentlar asosida tayyorlaymiz. Muhim qo‘shimchalar qatorida A va E vitaminlari hamda yallig‘lanishga qarshi xususiyatga ega bo‘lgan atsetilsalitsil kislota mavjud. Ana shu tabiiy komponentlar va vitaminlarning noyob kombinatsiyasi bizning kremimiz samarasini oshiradi va tezlashtiradi.

Kremimiz tabiiy komponentlardan foydalanilgani uchun hidsiz. Turli xil aromatizatorlar keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan allergik reaktsiyalarni inobatga olgan holda, biz tabiiy bodom essentsiyalaridan foydalanamiz.

Mahsulotingizdan foydalanish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazdingizmi, foydalanuvchilar bilan teskari aloqani yo‘lga qo‘ydingizmi?

Bizda mahsulot ishlab chiqarish va undan foydalanish bo‘yicha 5 yillik boy tajriba mavjud. Hozirda faxrlanib aytishimiz mumkinki, mahsulotimiz bir qator teri muammolarini hal qilishda o‘z samaradorligini isbotladi. Mijozlarimiz ushbu mahsulotni ayniqsa yuzdagi akneni davolashda, tug‘ruqdan so‘ng paydo bo‘ladigan pigment dog‘larni yo‘qotishda va quyosh nuri ta’siridagi pigmentlanishni bartaraf etishda, shuningdek mimik ajinlarni qisqartirishda juda foydali deb hisoblashmoqda.

Mahsulot sifatining muhim ko‘rsatkichlaridan biri shuki, bir marta sinab ko‘rgan mijoz, unga qayta-qayta murojaat qilmoqda.

Shilliqqurtlar ekstraktini yig‘ish va qayta ishlash jarayoni haqida ma’lumot bera olasizmi? Bu jarayonning axloqiy va barqaror tomonlarini qanday ta’minlayapsiz?

Biz “Achatina retlika” turidagi uy shilliqqurtlarini juftlikda muvaffaqiyatli tarzda ko‘paytirmoqdamiz va ular uchun qulay yashash sharoitlarini yaratib beryapmiz. Ularning oziqlanish ratsioniga qovun, bodring, banan, salat va gammaruslar kiradi. Sog‘ligini saqlash maqsadida ularga muntazam ravishda kaltsiy berib boramiz. Shuningdek, haftasiga ikki marta shilliqqurtlar suviga profilaktik maqsadda trixopol va metronidazol bilan ishlov beramiz. Bu shilliqqurtlarda paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan kasalliklarning oldini olishga yordam beradi, chunki bunday kasalliklar ishtaha yo‘qolishi va tuxum qo‘yish qobiliyatining pasayishi ko‘rinishida namoyon bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, tabiiy sharoitdagi kabi hamda maxsus sharoitlar yaratib, yangi naslni tuxumdan ko‘paytirish haqida ham qayg‘uryapmiz.

Mijozlarga mahsulotingizning samaradorligini qanday isbotlaysiz? Klinik tadqiqotlar o‘tkazdingizmi yoki foydalanuvchilar bilan qanday teskari aloqani oldingiz?

Biz mahsulotlarimizning tabiiy va xavfsiz ekanini tasdiqlaymiz. Hozirgacha 2800dan ortiq mijozimiz mahsulotlarimizni baholashga ulgurdi. 5 yillik ish tajribamiz davomida yuqori ta’sirchanlikka ega bo‘lgan mijozlarda ham shilliqqurtlar ekstraktidan tayyorlangan kremimiz ijobiy samara ko‘rsatishini isbotladik, ya’ni quruqlik va qichishish yo‘qoldi. Yetkazilgan zarar haqida hech qanday ma’lumot olmadik. Mahsulotlar klinikagacha bo‘lgan tadqiqotlardan o‘tkaziladi, ular tashqi qo‘llash uchun mo‘ljallangan.

Startapni ishga tushirish jarayonida qanday qiyinchiliklarga duch keldingiz va ularni qanday yengib o‘tdingiz?

Startapni ishga tushirishda C.A.T. Science Accelerator ustozlarining yordami juda katta bo‘ldi. Barcha paydo bo‘lgan qiyinchiliklarni o‘zaro maslahatlashib hal qildik. Shuning uchun buni eng katta qiyinchilik deb aytib bo‘lmaydi. Ularning yordamida firma belgisini tanladik, yanada ko‘proq mijozlarni jalb qildik, mahsulot dizaynini yaxshiladik. Hozirda mahsulotni nafaqat Toshkentga, balki Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlariga ham yetkazib bermoqdamiz.

Jamoangizning har bir a’zosi loyihada qanday rol o‘ynaydi? Ular loyihaga qanday ko‘nikma va tajribalarni olib kirmoqda?

Bizning jamoamiz uch kishidan iborat:

Ilg‘or Texnologiyalar Markazi laboratoriyalaridan qanday foydalanishni rejalashtiryapsiz?

Biz tayyorlangan krem va ko‘piklar sifatini baholash uchun uskunalardan foydalanishni rejalashtirganmiz. Sababi, kremlar tarkibida vitaminlar, glitserin va atsetilsalitsil kislota mavjud. Ularning sifati va miqdorini aniqlash muhim.

Akselerator mentorlari bilan qanday ishlayapsiz, jamoangizga qanday mentorlik  yordami kerak?

Endi akselerator ustozlari tufayli mahsulotimizni rivojlantirish uchun ko‘proq bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldik. Shuningdek, kelajakda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligidan grant mablag‘larini olishni rejalashtiryapmiz. Ushbu mablag‘larni ishlab chiqarish jarayonini yo‘lga qo‘yish va mahsulotimizni targ‘ib qilish uchun sarflaymiz.

Kelajakda startapingiz uchun qanday rejalaringiz bor? Qanday yangi mahsulotlarni joriy qilishni rejalashtiryapsiz?

Kelgusida shilliqqurtlarning tuxumi va shilimshig‘idan tayyorlangan plastirlar, niqoblar, namlantiruvchi dokachalar, spreylar, losyonlar va toniklar ishlab chiqarishni rejalashtirganmiz.

 

Sentyabr 11, 2023

Joriy haftada, 13 va 16 sentyabr kunlari, Demo Kunga taqdimotlar repetitsiyasini o‘tkazamiz.

Joriy haftada, 13 va 16 sentyabr kunlari, Demo Kunga taqdimotlar repetitsiyasini o‘tkazamiz

Sentyabr 11, 2023

Har bir jamoa 5 daqiqa ichida o‘z loyihasining taqdimotini o‘tkazishi kerak.

Akselerator koordinatorlari sizning chiqishlaringiz bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildiradi. Iltimos, tayyorgarlik ko‘ring va repetitsiya qiling.

Hududlardagi jamoalar uchun repetitsiya chorshanba, 13-sentyabr kuni onlayn formatda o‘tkaziladi.

Toshkent jamoalarini shanba, 16-sentyabr kuni Ilg‘or texnologiyalar markazida kutamiz.

Jamoa bilan intervyu: «ProMask»

Sentyabr 7, 2023
  1. Sizning matoli niqoblaringiz bozorda taqdim etilgan boshqa turdagi niqoblardan nimasi bilan farq qiladi?

Bizning niqoblarimizda turli foydali xususiyatlarga ega probiotiklar (foydali bakteriyalar) mavjud. Bu bakteriyalar yuz terisining mikroflorasini normallashtirishga ko‘maklashadi, qarishni sekinlashtiradi va yuz terisi qurib ketishining oldini oladi.

  1. Niqoblarni ishlab chiqarishda qaysi asosiy materiallar va texnologiyalardan foydalanasiz?

Bizning matoli niqoblarimiz ip-gazlamadan tayyorlanadi. Ishonchli o‘ramni ta’minlash uchun zip-fayllardan foydalanamiz. Bundan tashqari, biz biologik xavfsiz va kimyoviy jihatdan neytral materiallardan foydalanamiz. Mahsulot iloji boricha saqlanishi uchun biz vakuumli o‘rash mashinasini qo‘llaymiz.

  1. Matoli niqoblarning sifati va xavfsizligini qanday ta’minlaysiz?

Biz bir necha yondashuv yordamida matoli niqoblarimizning yuqori sifati va xavfsizligini ta’minlaymiz. Birinchi navbatda, biz foydalanuvchilarda allergik reaksiyalarni keltirib chiqarish ehtimoli kam bo‘lgan tabiiy matolarni tanlaymiz. Mahsulotning sterilligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ishlab chiqarish jarayonimiz steril ishlash standartlariga qattiq rioya qiladi.

  1. Boshqa turdagi niqoblar bilan solishtirganda foydalanuvchi uchun matoli niqoblardan foydalanishning qanday ustun tomonlari bor?

Niqobimiz bir vaqtning o‘zida terining normal mikroflorasini yaxshilaydi, yuzning quruqligini bartaraf etadi va terining qarishini sekinlashtiradi.

  1. Mahsulot assortimentini kengaytirish yoki yangi innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqish bo‘yicha rejalaringiz qanday?

Undan keyin biz namlantiruvchi va shifobaxsh kremlarni ishlab chiqarmoqchimiz. Taxminan yaqin 2 yil ichida.

  1. Sizda hozir niqobning tayyor prototipi bormi? Prototipni sinovdan o‘tkazgandan keyin mahsulotga qanday o‘zgartirishlarni kiritishni rejalashtiryapsiz?

Prototip tayyor, biz unda sinovlar o‘tkazdik va kimyoviy moddalarni, laktobakteriyalarning faolligini ushlab turuvchi parfyumeriya ekstraktlarini qo‘shdik.

  1. Startapingizning asosiy missiyasi nimadan iborat, uning yordamida nimaga erishmoqchisiz?

Asosiy missiya – NATIJA.

Sifatli mahsulot, mijozlarning ko‘pligi va yuqori daromad (foyda).

  1. Startapni ishga tushirishda qanday to‘siqlarga duch keldingiz, ularni qanday yengib o‘tdingiz?

Ayrim mahsulotlarni topishga qiynaldik, biroq mentorimiz ularni topishga yordam berdi, biz ularni maxsus saytlar orqali topdik.

  1. Jamaongiz a’zolari loyihada qanday rol o‘ynaydi? Ular loyihaga qanday ko‘nikma va tajribani olib kirmoqda?

Loyiha rahbari, g‘oya muallifi – Soxibnazarova X. A., u vazifalarni taqsimlaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi.

Reyimbergenova Z.A. – laboratoriya va taqdimot faoliyati bilan shug‘ullanadi.

Ermatova X. – Vazifalarni bosqichlar bo‘yicha joylashtiradi va nazorat qiladi, raqobatchi firmalar (brendlar)ning marketing monitoringini o‘tkazadi va ularning ishini o‘rganadi.

Sh. U. Urmanalieva va Yu. Abduvoxidova statistika, buyurtmachilar,  stajirovkalarda vazifalarning amaliy bajarilish jihatlari va laboratoriya ishlari  bilan shug‘ullanadi.

  1. Ilg‘or texnologiyalar markazining laboratoriyalaridan qanday foydalanishni rejalashtirgansiz?

Biz mahsulotni ilmiy markazimizning mikrobiologiya laboratoriyasida  ishlab chiqarmoqchimiz. Ishlab chiqarish jarayoni maxsus steril qutilarda amalga oshiriladi, o‘rash ishlari esa laboratoriyaning o‘zida bajariladi.

  1. Akselerator murabbiylari bilan qanday ishlayapsiz, jamoangizga qanda y murabbiylik ko‘magi zarur?

Mentorimiz, Sherozbek Dolimov, bizning tajribamizni yanada boyitgan holda o‘zining qimmatli tavsiyalari va bilimlari bilan o‘rtoqlashmoqda. Har hafta faoliyatimiz haqida hisobot taqdim etamiz, g‘oyalarni muhokama qilamiz va qo‘shimcha materiallar bo‘yicha maslahatlar olamiz. U strategik rejani yaratishga yordam berdi va mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni o‘rgatdi. Seminarlarda natijalar muvaffaqiyatli chiqishi uchun tashabbusning, tadbirkorlikning va mo‘ljalni mijozga yo‘naltirishning muhimligini doim ta’kidlaydi. Sherozbek Dolimovning ishidan mamnunmiz.

 

Sentyabr 7, 2023

9-sentyabr kuni C.A.T. Science Accelerator jamoalari uchun o‘z loyihalarining taqdimoti va pitching ko‘nikmalari bo‘yicha seminar o‘tkaziladi.

9-sentyabr kuni C.A.T. Science Accelerator jamoalari uchun o‘z loyihalarining taqdimoti va pitching ko‘nikmalari bo‘yicha seminar o‘tkaziladi.

Sentyabr 7, 2023

Spiker: Diyas Mutalov, tadbirkor, Go2.uz tursitik loyihasining asoschisi, O‘zbekiston-Yaponiya markazining «Professional menejment dasturi» o‘qituvchisi.

Diyas jamoalar pitching paytida yo‘l qo‘yadigan keng tarqalgan xatolar haqida, omma oldida chiqish qilayotgan paytdagi qo‘rquv va uni qanday yengib o‘tish haqida gapirib beradi.

Shuningdek, spiker chiqish paytida nimalarga urg‘u berish kerakligi, hayajonni qanday yengish mumkinligi, taqdimotni qanday rasmiylashtirish va auditoriyaning “ilmoqli” savollariga qanday javob berish haqida ham so‘z yuritadi.

Seminar offlayn tarzda o‘tkaziladi! Toshkent jamoalari qatnashishi majburiy! hududlardagi jamoalar uchun Zoom platformasida onlayn-translyatsiya imoknli bo‘ladi.

Shanba kuni hammani soat 11:00 da kutamiz!

C.A.T Science Accelerator sizlarni O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni bilan samimiy muborakbod etadi!

Sentyabr 1, 2023

Har biringiz startaplarni yaratgan va tadbirkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqargan holda, mamlakatimiz rivojiga o‘z hissangizni qo‘shyapsiz.

Ushbu ajoyib kunda ijodingizga ilhom, yangi yutuqlar va jamoaviy yakdillikni tilaymiz. Yo‘lingiz doim muvaffaqiyatlar bilan yorishsin, har bir boshlagan ishingiz esa sizga quvonch, ravnaq va faoliyatingiz mevalarini keltirsin

Jamoa bilan intervyu: «Flawless Team»

Avgust 29, 2023
  1. Startapingizning yaratilish tarixi qanday, uning asosida qanday qadriyatlar yotadi?

Biz startapni mahalliy brend ostida tabiiy sifatli kosmetikani ishlab chiqish va ishlab chiqarish maqsadida yaratdik. Asosiy qadriyatimiz – mijozlarga quruq iqlim sharoitlarida samarali namlanishni ta’minlaydigan tabiiy komponentlardan iborat sinovdan o‘tgan mahsulotlarni taqdim etish. Biz qalbaki mahsulotlar uchraydigan onlayn-xaridlarga ishonchli muqobilni taqdim etishga harakat qilyapmiz.

  1. Kremlaringiz uchun tabiiy komponentlarni qanday tanlaysiz? Xomashyoni tanlashda qaysi mezonlarni inobatga olasiz?

Biz kremlarimiz uchun tabiiy komponentlarni puxtalik bilan tanlaymiz, yuqori standartlarga muvofiq bo‘lish uchun ularning kelib chiqishi va sifatiga alohida e’tibor qaratamiz. Mahsulotning xavfsizligi birinchi darajali ahamiyatga ega, shu bois biz ehtimoliy allergenlarni va nojo‘ya samaralarni juda puxtalik bilan tahlil qilamiz.

  1. Kremingizni ishlab chiqarish jarayoni haqida gapirib bera olasizmi? Ushbu jarayon qanday qadamlarni o‘z ichiga olgan?

    1. Komponentlarni tanlash: Dastavval retsept bo‘yicha biz barcha kerakli komponentlarni tanlaymiz. Bu moylar, vitaminlar va terini parvarish qilish uchun boshqa mahsulotlar bo‘lishi mumkin.
    2. Aralashtirish: So‘ngra barcha komponentlarni aralashtiramiz3.
    3. Issiqlik: Aralashtirgandan keyin aralashmani biroz qizdiramiz. Bu komponentlarga birlashish va teri uchun foydaliroq bo‘lishga yordam beradi.
    4. Sovutish: Keyin aralashma sovutiladi. Bu krem foydalanish uchun tayyor bo‘lishi maqsadida qilinadi.
    5. Tekshirish va tuzatish: Aralashma sovuganidan keyin kremni tekshiramiz. Agar qandaydir kamchilik bo‘lsa, uni tuzatamiz, o‘zgartirishlar kiritamiz.
    6. O‘rami: Jarayon yakunida kremni qulay o‘ramga joylashtiramiz.

  2. Sizda mahsulotning tayyor test namunalari bormi, kremni sinovdan o‘tkazganmisiz? 

Biz mahsulotimizni ikki xil testdan o‘tkazamiz:

  1. Kremingiz bozordagi shunga o‘xshash mahsulotlardan nimasi bilan farq qiladi?

       Iqlimga moslashtirilgan: Mahalliy komponentlardan foydalangan holda ishlab chiqilgan kremimiz terining samaraliroq namlanishini ta’minlaydi.

 Mahalliy komponentlar: Mahalliy komponentlardan foydalanish kremga mintaqa o‘simliklarining xarakteristikalariga asoslangan noyob xususiyatlarni beradi.

Ekologiklik va noyoblik: Mahalliy komponentlardan ishlab chiqarish nafaqat ekologiyani va mahalliy iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlaydi, balki kremga mahalliy madaniyat va qadriyatlarga mos keladigan noyoblikni ham taqdim etadi.

  1. Startapni ishga tushirish jarayonida siz duch kelgan eng katta to‘siq nimadan iborat bo‘ldi, uni qanday yengib o‘tdingiz?

    Startapni ishga tushirish boshida moliyaviy cheklovlar yuzaga keldi. Yechim – investitsiyalarni jalb qilish, venchur kapital yoki davlat ko‘magi edi.

Bu bosqichda mahsulot prototipi yoki namunalarini ishlab chiqish muhim vazifa edi, ular kremning qimmatli ekanini ehtimoliy investorlarga namoyish etish imkonini berardi.

  1. Jamoaning har bir a’zosi loyihada qanday rolni bajaradi? Ular startapga qanday ko‘nikma va tajribani olib kiryapti?

Bizning ambitsioz startap-loyihamizni amalga oshirishda muhim rol o‘ynayotgan jamoamizning ishtirokchilarini taqdim etaman.

Jamoa yetakchisi va loyihaning bosh rahbari – men, Akramova Malika. Mening vazifam butun jarayonni muvofiqlashtirish va jamoa a’zolari orasida o‘zaro yaqin aloqalarni ta’minlashdan iborat. Mening rahbarlik va strategik rejalashtirish bo‘yicha tajribam  tufayli loyihamizga aniqlik, yo‘nalish va muvaffaqiyatga erishish uchun ilhom beraman.

Loyihaning bosh marketologi va iqtisodchisi Shahzoda Abdukarimova jamoamizning muhim tadqiqotchi bo‘g‘ini hisoblanadi. Uning bozorni tahlil qilish, trendlarni prognozlash va biznes-strategiyalarni ishlab chiqish ko‘nikmalari bizni qimmatli axborot bilan ta’minlaydi, muvaffaqiyatli biznes-rejamiz ham ana shunga asoslanadi.

Ilmiy va ijodiy tafakkurni birlashtirgan Maftuna Akramova mahsulotni ilgari surish borasida muhim rol o‘ynaydi. U brendimizga va mahsulotimizga turli onlayn-platformalarda va ulardan tashqarida e’tiborni jalb qilgan holda ijtimoiy media bo‘yicha strategiyalarimizni boshqaradi.

  1. Ilg‘or texnologiyalar markazining laboratoriyalaridan qanday foydalanishni rejalashtirgansiz?

    Biz Ilg‘or texnologiyalar markazining laboratoriyasidan murakkab kimyoviy tahlillar va tadqiqotlarni o‘tkazish uchun foydalanishni rejalashtirganmiz, chunki bizga, masalan, komponentlar tarkibini va mahsulot tuzilmasini tahlil qilish uchun ixtisoslashgan uskunalar kerak bo‘ladi.

  2. Akselerator mentorlari bilan qanday ishlayapsiz, jamoaga mentorlikdan qanday yordam zarur?

    Mentorimiz – Barno Ortiqxo‘jayeva, boy tajribaga ega o‘z kasbining ustasi, u jamoamizda muhim rol o‘ynaydi. Uning qimmatli maslahatlari va ekspert fikri bizga xatolardan qochish va samaraliroq strategiyani ishlab chiqishda yordam beryapti. Biz o‘zining bebaho bilimlari bilan o‘rtoqlashayotgani va qiyinchiliklarni yengib o‘tishga yordam berayotgani uchun undan juda minnatdormiz.

  3. Startapingizning kelajak rejalari qanday? Qanday yangi mahsulotlarni yoki funksiyalarni joriy etishni rejalashtiryapsiz?

Istiqbolda – jadal parvarish metodlariga e’tibor qaratgan holda assortimentni kengaytirish hamda foydalanish qulay va samarali bo‘lishi uchun o‘ramlarimizni takomillashtirish. Maqsadimiz mijozlarga teri parvarishi hamda uning salomatligi va go‘zalligini saqlash uchun eng yaxshi imkoniyatlarni taqdim etishni davom ettirish uchun muntazam ravishda innovatsiyalarga e’tibor qaratish bo‘lib qoladi.

 

  • Yangi maqolalar

  • Yangi sharhlar

  • Arxivlar

  • Bo’limlar

  • Meta